2017–2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi qanday nomlanadi?
Harakatlar strategiyasi
Prezidentning virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari qaysi yilda tashkil etilgan?
2017 yil
Ma’muriy sudlar O‘zbekistonda qaysi yilda tashkil etilgan?
2018 yil
“Yoshlar kuni” qaysi sanada nishonlanadi?
30-iyun
Harakatlar strategiyasining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” yo‘nalishi qaysi rang bilan ifodalangan?
Moviy
2017–2021 yillarda virtual va xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar soni qancha?
5,78 milliondan ziyod
Biznes-ombudsman instituti qanday maqsadda joriy etilgan?
Tadbirkorlar himoyasini kuchaytirish
“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” tizimi orqali necha ming kishining bandligi ta’minlandi?
527 ming
“Mard o‘g‘lon” mukofoti qaysi yilda joriy etilgan?
2017 yil
Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik” yo‘nalishi qaysi rang?
Oq
Davlat xizmatlarini olish uchun zarur hujjatlar soni 167 tadan nechtaga qisqartirildi?
79 taga
2017–2020 yillarda biznes-ombudsmanga kelib tushgan arizalar soni?
13,4 ming
2017–2020 yillarda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni necha barobarga oshdi?
2 barobar
Prezident maktablari dastlab qaysi to‘rtta shaharda tashkil etilgan?
Toshkent, Nukus, Namangan, Urganch
Harakatlar strategiyasi doirasida 2017–2020 yillarda nechta samarasiz idoralararo organ tugatildi?
110 ta
Byurokratiyaga qarshi kurash natijasida hujjatlar soni necha barobarga qisqargan?
2 barobar
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
2017-yil 3-yanvar
O‘z-o‘zini band qilgan aholiga soliq imtiyozlari natijasida necha nafar inson rasmiy bandlikka ega bo‘ldi?
500 ming
2024 yilga kelib O‘zbekistonda nechta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatgan?
182 ta
“Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar soni necha barobarga oshdi?
10 barobar
“Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaat qilish qaysi organlarga joriy etilgan?
Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari kengashlari
2019–2020 yillarda ma’muriy sudlar tomonidan nechta hokim qarori noqonuniy deb topilgan?
2600 ta
Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun necha milliard so‘m imtiyozli kredit va subsidiya ajratilgan?
300 mlrd so‘m
2023 yilda ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarining necha foizi OTMga o‘qishga qabul qilingan?
87 foiz