Hadisning matnga olib boruvchi yo‘li va roviylar zanjiri nima deb ataladi?
sanad
Isnod nima ma’noni bildiradi?
Hadisni aytuvchisiga ko‘tarish va bog‘lash
Hadisning qaysi qismi sanad tugagan joydan boshlanadi?
Matn
Ilm ar-rijol shakllanishining birinchi bosqichi qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
Sahobalar dav
Sanad so‘zining lug‘atdagi birinchi ma’nosi nima?
Tog‘ yonbag‘ridan tepalikka chiqadigan yo‘l
Muhammad ibn Sirin isnod haqida nima degan?
“Isnod dindandir. Agar isnod bo‘lmaganda har kim xohlagan narsasini gapiraverardi”
“Albatta, amallar niyatga bog‘liqdir …” jumlasi qaysi qismga misol?
Matn
Abu Bakr va Umar ibn Xattob isnod amaliyotini qanday rivojlantirganlar?
Hadislarni eshitgan kishidan guvohlik talab qilish orqali
Sanadning ikkinchi lug‘aviy ma’nosi nima?
Suyanchiq, ishonch manbai
Sufyon Savriy isnodni nima bilan qiyos qilgan?
Mo‘minning silohi
Matn qaysi shaxslarning so‘zlarini o‘z ichiga oladi?
Payg‘ambar ﷺ, sahobalar, tobein, muhaddislar, faqihlar
Tobeinlardan qaysi olim birinchi bo‘lib isnodni tanqidiy o‘rgangan?
Muhammad ibn Sirin
Hadisda “Menga falonchi, u uni falonchidan …” jumlasi qaysi qismga misol bo‘ladi?
Sanad
Ibn Sirin isnodning ahamiyatini qaysi jihatda ko‘rsatgan?
Sahih va zaif hadislarni ajratishda asosiy vosita
Matn va sanad o‘rtasidagi farq nima?
Sanad – rivoyat zanjiri, matn – hadis mazmuni
Isnodsiz rivoyat qilingan hadislar dastlab qabul qilinmagan sabab nima?
Munofiqlar va turli firqalar hadislarni to‘qishgan, shuning uchun sanadsiz hadislar ishonchsiz hisoblangan