undov soʻzlarga misol
Eh,voy dod,uf bay-bay
Juft undov soʻzlarga misol
Voy-ey,oh-voh,eh-he
Takroriy undov soʻzlar qaysilar?
Bay-bay,hay-hay,oh-oh,
Hoy,hay bular qaysi undovlarga misol boʻladi?
Odamlarning diqqatini tortish uchun qoʻllaniladigan undovlarga
Undov belgisi qanday?
! Shunday
His hayajon undovlari qaysilar?
Oʻh-hoʻ,ehe,ha-ya,hay-hay
Buyruq-xitob undovi necha xil boʻladi?
2xil boʻladi
Voy-ey his-hayajon undovining qaysi turiga kiradi?
Shavqat, mehribonlik
Faxrlanish, magʻrurlanish undovlari qaysilar?
E-ha,eh,ha-ya
Qaysi undovlar chiziqcha bilan ajratiladi?
Juft va takror undovlari
Hu,hovv,huv,undovlari qaysi undovga misol boʻladi?
Koʻrsatish undoviga
Undovlar soʻzda gap boʻlaklaridan qanday ajratiladi?
Vergul bilan ajratiladi
Bu yer juda chiroyli ekan,ha-ha judayam chiroyli.Bu gapda qaysi undov soʻz qatnashgan?
Tasdiq, ta'kidlash undovi
Quyidagilardan qaysi biri koʻrsatish undovi?
1)xayr,dod,voy
2)balli,marsh,oʻh-hoʻ
3)bu,huv,hovv
3)hu,huv,hovv
Hayvon va parrandalarni toʻxtatish uchun qoʻllaniladigan undovlar qaysilar?
Ishsh,hoʻk,tak,dirr
His-hayajon undovlari kirish soʻz yoki... nima boʻlib kelishi mumkin?
Soʻz-gap boʻlib kelishi mumkin.
Jim marsh,tss undovlari nima uchun qoʻllanadi?
Ta'kid,buyurish uchun qoʻllaniladi
Juft undov soʻzlar qanday yoziladi?
Chiziqcha bilan ajratib yoziladi
Urf-odat undovlari va nutqiy odat undovlari deb nom olgan undov turi qaysi?
Koʻrsatish ta'kid undovi
Undovlar otlashishi mumkinmi?
Ha mumkin masalan: ularning dod-voyi osmoni falakka yetdi.
Undov nima?
His-hayajon,tuygʻuni bildirgan soʻz.
Undov soʻzlar maʼnosiga koʻra necha guruhga boʻlinadi?
3guruhga his-hayajon, buyruq-xitob, koʻrsatish,ta'kid.
His hayajon undovlari necha guruhga boʻlinadi?
5guruhga:1)shavqat mehribonlik 2) sevinch, xursandchilik, zavqlanish 3) qoʻyil qolish, rohatlanish 4) mamnuniyat, faxrlanish,magʻrurlanish 5)undash ogohlantirish.
Buyruq-xitob undovi necha guruhga boʻlinadi va ular qaysilar?
2guruhga boʻlinadi bular:1)odamlarga qaratilgan undovlar 2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar
Mustaqil soʻzlarga ham yordamchi soʻzlarga ham kirmaydigan ayrim soʻz turkumi qaysi?
Bu undov soʻzlar hisoblanadi