1947-yilda Sovuq urushning mafkuraviy asosiga aylangan AQSH tashqi siyosat konsepsiyasi qanday atalgan?
Trumen doktrinasi
1949-yilda G‘arb davlatlari tomonidan tashkil etilgan harbiy-siyosiy ittifoq nomi nima?
NATO
Sovuq urush davrida Sharqiy blok davlatlari iqtisodiy hamkorlik tashkiloti qanday atalgan?
SEV(O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi)
1962-yilda dunyoni yadroviy urush yoqasiga olib kelgan inqiroz qanday nomlangan?
Kuba raketa inqirozi
Bipolyar tizim tugaganidan keyin xalqaro munosabatlar nazariyasida AQSHning ustun mavqei qanday tushuncha bilan ifodalangan?
Unipoliyarlik(Bir qutblik)
1991-yilgi Isroil va Falastin mojarosini hal qilish bo'yicha konferensiya qayerda o'tkazilgan?
Madrid
1993-yilgi Isroil va Falastin mojarosini hal qilish bo'yicha konferensiya qayerda o'tkazilgan?
Oslo
Cold War davrida “detant” siyosati nimani anglatgan?
AQSH va SSSR o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish siyosatini.
Germaniya birlashishida "2+4" formatining vazifasi nima edi?
* Javob: Ikki Germaniya davlati va Ikkinchi jahon urushidagi g‘oliblar (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya, Fransiya) Germaniyaning to‘liq suverenitetini tiklash, chegaralarini tasdiqlash va harbiy bloklardagi maqomini kelishib olishdi.
Maastrixt shartnomasi (1992) qanday yangilik olib keldi?
Javob: Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatini Yevropa Ittifoqiga aylantirdi, yagona valyuta (yevro) joriy etishga poydevor qo‘ydi va umumiy tashqi siyosat hamda xavfsizlik asoslarini belgiladi.
1993-yilgi Isroil va Falastin mojarosini hal qilish bo'yicha konferensiyada tinchlik bo'yicha Nobel mukofotini olgan shaxslar kimlar? (3 shaxs)
Isxak Rabin - Isroil bosh vazir
Yosir Arofat - FOT
Shimon Perez - Isroil prezidenti
1991-yilda SSSR parchalanishining huquqiy asosiga aylangan kelishuv nomi nima?
Belovej kelishuvi
Postbipolyar davrda etnik mojarolarning kuchayishiga misol bo‘la oladigan eng yirik Yevropa mojarosi qaysi edi?
Javob:
Yugoslaviya parchalanishi urushlari.
1994-yilda Shimoliy Amerikada erkin savdo hududini yaratgan kelishuv nomi nima?
NAFTA
Qo'shilmaslik harakati qachon va qayerda tashkil topgan?
1961-yil Belgrad (Yugoslaviya)
1975-yilda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha imzolangan yakuniy hujjat nomi nima?
Xelsinki yakunlovchi akti
"Sinai doktrinasi" nima?
* Javob: Bu Mixail Gorbachyov tomonidan 1989-yilda e’lon qilingan siyosat bo‘lib, u SSSRning Sharqiy Yevropa davlatlari (Varshava shartnomasi a’zolari) ichki ishlariga aralashmaslik, ularga o‘z yo‘lini mustaqil tanlash imkonini berishni anglatgan. Bu oldingi "Brejnev doktrinasi" (cheklangan suverenitet)ga chek qo‘ygan.
Qo'shilmaslik harakati asoschilari kimlar?
Iosif Broz Tito - Yugoslaviya bosh vaziri
Javoharlal Neru - Hindiston bosh vaziri
Jamon Abdu Nosir - Misr prezidenti
Ahmad Sukarno - Indoneziya prezidenti
BRETTON-VUDS tizimi:
1944-yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta tizimi. U dollarni oltinga bog‘ladi va xalqaro savdoni tartibga solish uchun Jahon banki va XVJni yaratdi.
Neft inqirozi qachon bo'ldi
1973-yil. Arab davlatlari (OPEK) Isroilni qo‘llagan G‘arb davlatlariga neft yetkazishni to‘xtatdi (embargo). Natijada jahon bozorida neft narxi 4 baravar oshib ketdi.
Domino nazariyasi nima
Agar bir mamlakatda kommunistik rejim o‘rnatilsa, qo‘shni davlatlar ham xuddi yiqilayotgan domino toshlari kabi birin-ketin kommunizmga o‘tadi degan nazariya. Shu sababli AQSH Vyetnamga harbiy kuch kiritgan.
Intifada
Falastinliklarning Isroil bosqiniga qarshi ommaviy qo‘zg‘oloni. Birinchisi (1987) ko‘proq "toshlar urushi" deb atalsa, ikkinchisi (2000) qurolli tusda kechgan.
Xalqaro sudi(ICJ) bilan Xalqaro jinoiy sudi(ICC) bilan farqi
Xalqaro Sud (ICJ) davlatlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘radi. Xalqaro Jinoiy Sud (ICC) esa alohida shaxslarni (genotsid, urush jinoyatlari uchun) sud qiladi.
1999-yilda NATO ning Yugoslaviyaga qarshi harbiy amaliyoti xalqaro huquqda qaysi bahsni kuchaytirdi?
Davlat suvereniteti va gumanitar intervensiya masalasi bahsini.
Kemp-Devid kelishuvlari (1978) qaysi davlatlar o'rtasida bo'ldi
Javob: Isroil bilan tinchlik shartnomasi imzolagan birinchi arab davlati Misr bo‘ldi. Isroil Sinay yarim orolini Misrga qaytardi.