Aqidaparastlik va haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechib, turli fikr va e’tiqodlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ifodalovchi tushuncha nima deb ataladi?
Bag‘rikenglik.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Vijdon erkinligi”ni asosiy inson huquqlaridan biri sifatida belgilovchi 36/55-rezolyutsiya qachon qabul qilingan?
1981-yil 25-noyabr.
2023-yilda yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida davlat qanday ta’riflangan?
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) qachondan BMT huzurida kuzatuvchi tashkilot maqomiga ega bo‘lgan?
1975-yildan.
Ishga tushgan sanasi?
26-iyun, 1945-yil
Borliqdagi narsa va hodisalarni ilmiy asosda o‘rganish natijasida shakllangan qarash qanday ataladi?
Dunyoviylik.
O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?
1991-yil 14-iyun.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida vijdon erkinligi haqida nimalar belgilangan?
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkilotining (ICESCO) yangi nomi qachon tasdiqlangan?
2020-yil 30-yanvar.
BMT iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi raisi
Kollen Wixen Kelapile
Jamiyatda turli g‘oyalar, qarashlar va manfaatlarning bir vaqtda mavjud bo‘lishi hamda siyosiy tizimda turli guruhlar o‘z fikrini erkin ifodalashi qanday falsafiy-siyosiy tushuncha bilan ifodalanadi?
Plyuralizm.
Islom konferensiyasi tashkiloti nomi Islom hamkorlik tashkilotiga qachon o‘zgartirilgan?
2011-yil 28-iyun.
Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4436-son qarori qachon qabul qilingan?
2019-yil 4-sentabr.
Ta’lim, fan va madaniyati bo‘yicha islom tashkilotining (ISESCO) asosiy maqsadlaridan biri a’zo davlatlarning ta’lim tizimlari o‘rtasida qanday jarayonni rivojlantirish hisoblanadi?
Bir-birini to‘ldirish va o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish.
B.M.T ning bosh kotibi
António Guterres
Ma’lum bir din ichidagi alohida yo‘nalish yoki diniy birlashma qanday atama bilan ataladi?
Konfessiya
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) qachon tashkil etilgan?
1969-yil 25-sentabr.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida “diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar” deb belgilangan?
75-modda
Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori?
Doktor Salom Bin Muhammad Al Malik
Markaziy Osiyo davlatlari birinchi bo‘lib mintaqaviy qo‘shma harakatlar rejasini qachon tasdiqlagan?
2011-yil.
Kuchli his-tuyg‘ular orqali insonning salbiy kechinmalardan poklanishi qanday ataladi?
Katarsis.
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) tuzilishiga sabab bo‘lgan Quddusdagi voqea qaysi sanada sodir bo‘lgan?
(Izoh: Quddus shahridagi muborak Aqso masjidiga qilingan yong‘in sabab bo‘ladi)
1969-yil 21-avgust.
“Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, tashkilotni ekstremistik deb topish tartibi belgilangan qonun qachon qabul qilingan?
2018-yil 30-iyunda
Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) yangi ustavi qaysi sammitda qabul qilingan?
2008-yilda Dakarda bo‘lib o‘tgan 11-sammitda.
BMTning Global antiterror strategiyasining quyidagi asosiy yo'nalishlaridan xoxlagan birini aytib bering.
1)terrorizmning tarqalishi uchun qulay sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar,
2)terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish
3)davlatlarning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, BMT tizimining ushbu sohadagi rolini kengaytirish
4)terrorizmga qarshi kurashning asosiy negizi sifatida inson huquqlari va qonun ustuvorligiga umumiy hurmatni ta'minlash.