Kuchli va xavfli narkotiklar yaratilishiga nima sabab boʻlgan?
Odamlarni oʻsimlik xom ashyosidan toza kimyoviy moddalarni oʻrganib olishi
Nechanchi asrda koʻplab sintetik narkotiklar yaratilgan?
XX asrda
Ayrim etnik guruhlar boshqalardan koʻproq alkagolga moyil boʻladilar, bu nima bilan bogʻliq?
Avloddan avlodga oʻtuvchi spirtli ichimlik isteʼmol qilish anʼanasi bilan bogʻliq
Oʻzini oʻzi yemiruvchi axloqning eng keskin shakli qanday holatda namoyon boʻladi?
Oʻzini oʻzi asrash instinkti buzilishida
Alkogolizm nima?
Nafaqat jismoniy qaramlik, balki shaxsiyatining chuqur psixologik inqirozi
Shaxs transformatsiyasi nima?
Alkogolizmga qaramlik taʼsirida insonning ruhiy olami, qadriyatlari va xulq atvori tanib boʻlmas darajada oʻzgarishi
Alkogolizmga qaramlikda shaxs tuzilishidagi eng birinchi va xavfli oʻzgarish nima?
Motivatsion sohaning torayishi
Alkogolizmga chalingan shaxslarni psixologik tadqiq qilishda eng katta qiyinchilik nima?
Bemor tomonidan taqdim etilayotgan maʼlumotlarning haqqoniy emasligi
Bemor tomonidan taqdim etilayotgan maʼlumotlarning haqqoniy boʻlmasligi qanday psixologik fenomenlar bilan bogʻliq?
Anozognoziya va psixologik himoya mehanizmlari
Himoya mehanizmi nima?
Insonning ruhiy zo‘riqish, tashvish, qo‘rquv yoki ichki ziddiyatlardan o‘zini himoya qilish uchun ko‘pincha ongsiz ravishda qo‘llaydigan psixologik usullaridir.
Alkagolga qaram shaxs oʻz ishini mantiqiy asoslash uchun qanday himoya mehanizmidan foydalanadi?
Ratsionalizatsiya
Alkagolga qaram shaxs oʻz aybini boshqalarga yuklashda qanday psixologik mexanizmdan foydalanadi?
Proyeksiya
Bemor muammoning borligini umuman tan olmasligi , hatto tibbiy dalillar , tahlillar boʻlsa ham, ularni boshqa narsaga bogʻlashi nima deb ataladi?
Rad etish
Kasallik belgilarini yashirish nima deb ataladi?
Dissimulyatsiya
Alkagolga qaram shaxsning kognitiv sohadagi buzilishlari birinchi navbatda nimalarda namoyon boʻladi?
Diqqat, xotira va mantiqiy fikrlashda
Alkagolni uzoq muddat isteʼmol qilish, miyadagi qanday aloqalarni zaiflashtiradi?
Miya poʻstlogʻida neyronlararo aloqalarni
Bemor uzoq vaqt davomida diqqatini bir joyga jamlay olmasligi nima deb ataladi?
Diqqatning beqarorligi
Qanday turdagi xotiraning pasayishi sababli bemor savollarning boshini oxiriga borguncha unutib qoʻyishi yoki mantiqiy bogʻliqlikni yoʻqotishi mumkin?
Operativ xotira
Alkagolga qaram shaxslardagi qanday xususiyat proyektiv testlar va suhbat natijalarini pasaytiradi?
Fikrlashning rigidligi
Labillik nima?
Psixik holat, emotsiya yoki kayfiyatning tez va oson o‘zgaruvchanligi.
Anozognoziya nima?
Oʻz kasalligini anglamaslik yoki uni butunlay inkor etish holati
Alkagolga qaram shaxslar bilan ishlashda qanday metodikalardan foydalanish tavsiya etiladi?
Proyektiv metodikalar
Obyektiv anamnez yigʻish nima?
Bemorning gaplariga , uning yaqinlari, shifokorlari va ish joyidan olingan maʼlumotlarga tayanish
Alkogolizm bilan ishlashda tadqiqotchi qanday etik meʼyorlarga amal qilishi kerak?
Konfidensiallik, ixtiyoriylik, insonparvarlik, zarar yetkazmaslik
Bemorning qadr-qimmatini kamsituvchi savollar yoki xatti-harakatlar qatʼiyan man etiladi. Bu qaysi etik meyor hisoblanadi?
Gumanizm (Insonparvarlik)