Davlatning siyosiy funksiyasi nima?
Davlatning siyosiy hayotini boshqarish, davlat organlarini shakllantirish hamda ularni faoliyatini tashkil etishdan iborat
Davlatning tashqi funksiyasilariga nimalar kiradi?
-boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funktsiyasi,
-mudofaa funktsiyasi
Davlat funktsiyalari amal qilish davomiyligi bo'yicha qanday turlarga bo'linadi?
Doimiy va muvaqqat.
Majburlash, Rag'batlantirish va Tavsiya qilish yo'nalishlarining mohiyatini tushunib bering.
Majburlash--kishilarning tanlov huquqini cheklash orqali muayyan faoliyatni to'xtatishga undash.
Raĝbatlantirish-- kishilarning rag'batlantirish tizimi orqali jamiyat va davlat manfaatdor bo'lgan ijtimoiy foydali faoliyat yuritishga undash.
Tavsiya qilish-- kishilarni jamiyat va davlat nuqtayi nazardan istalgan va ijobiy xatti-harakatlarga yo'naltirish
Muvaqqat funktsiyalarga misollar keltiring.
Masalan: -- yong'in xavflari ahamiyatini kamaytirish.
Davlatning Ichki funktsiyasi nima?
Ichki funktsiyalari bu davlatning Ichki vaziyatlarini yechishga qaratilgan bo'lib, davlatning jamiyat hayoti ustidan rahbarlikni amalga oshirishga qaratilgan
Huquqiy tartibotni ta'minlash funksiyasi nima?
Davlatning jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash, inson va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish
Jahonda siyosiy barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash uchun hissa qo'shayotgan xalqaro mintaqaviy tashkilotlar?
Shanxay hamkorlik tashkiloti va Amerika Davlatlari Tashkiloti
Agar davlatning vazifalari jamiyat ehtiyojlari asosida o‘zgarib tursa, davlat funksiyalarini doimiy deb hisoblash mumkinmi yoki ular ham vazifalar bilan birga o‘zgaradimi?
Davlat funktsiyalarini doimo mutlaq deb bo'lmaydi.Jamiyat ehtiyojlari va davlatning vazifalari o'zgargani sari davlat funktsiyalari va ahamiyati ham o'zgarib boradi
Davlat funktsiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakli bo'yicha quyidagilarga bo'lish mumkin: ya'ni
Huquqni ijod qilish, huquqni ijro qilish, huquqni muhofaza qilish
Davlat funksiyalarining faoliyat doirasi bo'yicha qanday funksiyalarga bo'linadi?
Ichki va tashqi funksiyalar.
Davlat funktsiyalarining asosiy maqsadi nima?
Jamiyat va davlat manfaatlarini taminlash
Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funksiyasi nima?
Davlatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatdir.
Davlat funktsiyalari va davlat organlarining funktsiyalari bitta narsami?
Yo'q, albatta!.Har bir davlat organi va tashkilotlari o'z vakolatlari doirasida davlat faoliyatining muayyan sohalarida o'z faoliyatini amalga oshiradi
Davlat funktsiyalarining ijtimoiy ahamiyatga ko'ra turlari?
Asosiy va Asosiy bo'lmagan.
Davlat funktsiyalari asosan nechta guruhda tasniflab o'tilgan
4ta : faoliyat doirasi, amal qilishining davomiyligi, ijtimoiy ahamiyati, amalga oshirish shakllari bo'yicha
Davlat funktsiyalarini amalga oshirishning shakllari nechta?
2ta: 1)Huquqiy, 2) nohuquqiy
Vazifa va funksiyaning o'zaro farqi nimada?
Vazifa — davlat nimani amalga oshirishi kerakligini, ya’ni oldida turgan maqsad va masalani bildiradi.
Funksiya — davlat shu vazifalarni qanday yo‘nalishda va qanday faoliyat orqali amalga oshirishini bildiradi.
Ushbu terminga mos javobini toping:
- muayyan davlatning taraqqiyotidagi keyingi bosqichda erishmoqchi bolgan holati( masalan: demokratik huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish)
Maqsad.
Qaysi funksiya ekanligini toping:
--Davlat tomonidan aholining tinch totuv yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, turli millatlarni va ijtimoiy guruhlarni murosada saqlash, ular orasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolarni oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan.
Tinchlikni ta'minlash funksiyasi
Funksiya so'zini lotinchadan tarjimasi
Faoliyat
Aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, insonlarga munosib turmush tarzini yaratish, ta'lim sohasi, sog'liqni saqlash va madaniyatni rivojlantirish davlatning qaysi funksiyasi?
Ijtimoiy funksiya
Davlatning ekologik funksiyasi amalga oshiriadigan 3 yo'nalish?
1) atrof muhit obyektlarini salqash
2)tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
3)tabiiy resurslarni tiklash
Davlat bir vaqtning o‘zida bir nechta funksiyani amalga oshirganda, funksiyalar o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelishi mumkinmi? Masalan, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bilan ekologik xavfsizlikni ta’minlash o‘rtasida qarama-qarshilik bo‘lsa, davlat qaysi funksiyani ustuvor qo‘yishi kerak?
Albatta, javoblari:
1. Javob:
Davlat funksiyalarini mutlaqo doimiy deb bo‘lmaydi. Jamiyatning ehtiyojlari va davlatning vazifalari o‘zgargani sari davlat funksiyalarining mazmuni va ahamiyati ham o‘zgaradi. Masalan, bugungi kunda ekologik xavfsizlik va axborot xavfsizligi kabi yo‘nalishlar avvalgiga qaraganda muhimroq.
2. Javob:
Ha, davlat funksiyalari o‘rtasida muayyan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda davlat funksiyalarni bir-biriga qarshi qo‘ymasdan, jamiyat va inson manfaatlarini hisobga olgan holda muvozanatni ta’minlashi kerak. Masalan, iqtisodiy rivojlanish bilan ekologik xavfsizlik o‘rtasida muvozanat saqlanishi lozim.
Huquq ijodkorligi va huquqni ijro etish funktsiyalarini ta'riflab bering.
Huquq ijodkorligi bu normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ularni qabul qilish bo'lib, mazkur faoliyatsiz davlatning boshqa funktsiyalarini amalga oshirib bo'lmaydi.
Huquqni ijro etish funksiyasi esa normativ hujjatlarda mustahkamlab qoyilgan qoidalarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir.