Aktsionerlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruvning eng yuqori organi qaysi?
Aktsionerlar umumiy yig‘ilishi
Audit va buxgalteriya hisobi o'rtasidagi asosiy farq nima?
Buxgalteriya hisobi moliyaviy ma'lumotlarni to'playdi va hisobot tayyorlaydi, audit esa tayyorlangan moliyaviy hisobotning haqqoniyligini mustaqil tekshiradi.
Qaysi narsani sotib olayotganda u qora, ishlatayotganda qizil, tashlab yuborayotganda esa kulrang bo‘ladi?
ko‘mir
Bonus
+100
Rejissyor Kristofer Nolan tomonidan suratga olingan va tushlar ichidagi tushlar haqida hikoya qiluvchi mashhur film nomi nima?
Inception(muqaddima)
Korxona moliyaviy resurslari qanday manbalar hisobiga shakllantiriladi.
O'z va jalb qilingan
Auditorlar nechi yilda malaka oshirish kurslaridan o‘tishi kerak?
1yilda 1marta
Bonus
+200
Futbol tarixida jahon chempionatida bitta o‘yinda eng ko‘p (5 ta) gol urgan rossiyalik futbolchi kim?
Oleg Salenko (1994-yil Kamerunga qarshi o‘yinda).
Minus
-200
Birjada va birjadan tashqarida ham muomilada bo'luvchi hosilaviy qimmatli qog'oz bu?
Opsion
Auditorlik tashkilotlari qanday turidagi auditorlik xizmatlarini ko‘rsatadi?
Auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlari
Bir kechada kuchli yomg‘ir yog‘di. Yuzlab uylarning tomidan suv oqdi, lekin bitta ham odamning sochi ho‘l bo‘lmadi. Nima uchun?
Chunki hamma odamlar uyning ichida (tom ostida) edilar.
Olimpalarning afsonaviy ramzi boʻlmish 5 ta halqa 5 ta qit'ani anglatadi. Yevropa qit'asini qaysi rangdagi halqa ifodalaydi?
Koʻk rang (Moviy).
Misrdagi eng buyuk va eng baland ehrom (piramida) qaysi fir'avnga bag'ishlab qurilgan?
Xeops(xufu)
Moliyaviy rejalashtirishning asosiy ob’ektlariga nimalar kiradi?
Moliyaviy resurslar, moliyaviy ko’rsatkichlar va xo’jalik-moliyaviy faoliyat
Auditorlik to'g'risidagi qonun necha bobdan iborat?
9 bobdan iborat
Bir odam suv ostida 10 daqiqa davomida hech qanday maxsus moslamasiz (akvalangsiz) nafas olmasdan turdi va o‘lmay omon qoldi. U buni qanday uddaladi?
U shunchaki suv to‘la stakanni boshining ustiga qo‘yib turgan edi (u suvning ichida emas edi).
Qaysi sport turida oʻyin davomida eng kam ochko toʻplagan jamoa emas, aksincha, eng koʻp harakat qilib eng kam ochko toʻplagan oʻyinchi gʻolib hisoblanadi va "zarbalar soni" oʻyin natijasini belgilaydi?
Javob: Golf (zarbalar soni qancha kam boʻlsa, shuncha yaxshi).
"Godfather" (Cho'qintirgan ota) trilogiyasida Don Vito Korleone rolini gavdalantirgan afsonaviy aktyor kim?
Marlon Brando
Dividend siyosatida EPS ko‘rsatkichi o‘zida nimani ifodalaydi?
Bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda miqdorini
…………………bu buxgalteriya hisobi va hisobotining to’g’riligini ta’minlashga qaratilgan, hamda korxona resurslaridan maqsadga muvofiq oqilona foydalanishga imkon yaratadigan doimiy, kundalik ishlar majmuidir.
Ichki nazorat tizimi
Dunyoda shunday narsa borki, uni yasagan odamga u kerak emas, sotib olgan odam uni ishlatmaydi, ishlatadigan odam esa uni ko‘rmaydi. Bu nima?
Tobut
Olimpiya o‘yinlari tarixida eng ko‘p oltin medalni (jami 23 ta) qo‘lga kiritgan afsonaviy suzuvchi kim?
Javob: Maykl Felps
Klassik musiqada simfonik orkestr tarkibidagi eng katta va eng past tovush chiqaruvchi puflama cholg'u asbobi nima deb ataladi?
Kontrabas yoki Tubaz (Tuba – puflama cholg'ular ichida eng pasti)