Bozor iqtisodiyotining asosiy uchta savoli qaysilar?
Nima ishlab chiqarish? Qanday ishlab chiqarish kerak? Kim uchun ishlab chiqarish kerak?
"Institut" tushunchasi institutsional iqtisodiyotda nimani anglatadi?
Jamiyatdagi o'rnatilgan qoidalar, qonunlar,urf-odatlar, va tashkilotlarni(o'yin qoidalarini) anglatadi.
Bahrayn mamlakatining poytaxti qaysi shaxar?
Manama shaxri.
Fiskal siyosati nima va uni kim amalga oshiradi?
Davlat byudjeti, soliqlar va davlat xarajatlari orqali iqtisodiyotni tartibga solish siyosati. Uni davlat amalga oshiradi(Hukumat/Moliya vazirligi)
Transaksiya xarajatlari nima?
Bozor bitimlarini tuzish, axborot izlash, shartnomalarni rasmiylashtirish va nazorat qilish uchun sarflanadigan xarajatlar.
"Katta dubulg'a" turnirlari qaysi sport turiga tegishli?
Tennis
Nominal va Real YaIM o'rtasidagi farq nimada?
Nominal YaIM joriy narxlarda hisoblanadi, Real YaIM esa doimiy narxlarda hisoblanib, inflyatsiya ta'siri chiqarib tashlanadi.
Mulk huquqi nazariyasining asosiy g'oyasi nimadan iborat?
Resurslardan samarali foydalanish uchun mulk huquqining aniq belgilangan va himoyalangan bo'lishi muhim.
"Padarkush" birinchi o'zbek drammasi muallifi kim?
Mahmudxo'ja Behbudiy
Oligopoliya bozori qanday xususiyatga ega?
Bozorda bir nechta yirik ishlab chiqaruvchi hukmronlik qiladi va ular qaror qabul qilishda bir-birining harakatlarini va reaksiyasini hisobga oladi.
Ronald Kouz qanday muhim tushunchani iqtisodiyotga kiritgan?
Transaksiya xarajatlari va Kouz teoremasini(mulk huquqi aniq bo'lsa, bozor muommolarini o'zi hal qilishi mumkinligini).
6-sayyora qaysi?
Saturn
Iqtisodiy o'sish va Iqtisodiy rivojlanish o'rtasidagi farq nimada?
Iqtisodiy o'sish- YaIM hajmining miqdoriy ko'payishi.
Iqtisodiy rivojlanish- miqdoriy o'sish bilan birga aholi turmush darajasi va iqtisodiy tuzilmaning sifat jihatidan yaxshilanishidir.
Nima uchun institutlar iqtisodiy o'sishdan muhim?
Ular noaniqlikni kamaytiradi ishonchni oshiradi va bozorlarning samarali ishlashini ta'minlaydi.
Aholining o'rtacha bo'yi baland bo'lgan davlat qaysi?
Niderlandiya(Gollandiya)