Moliyaviy majburiyatlar
budjet tashkilotlarida va budjet mablagʻlari oluvchilarda ularga pul mablagʻlarini oʻtkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar
Subvensiya
muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari
Tartibga soluvchi daromadlar
budjet tizimi budjetlari oʻrtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan soliqlar, yigʻimlar va davlat bojlari, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlar. Soliq boʻlmagan toʻlovlarga budjet tizimi budjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻlmagan toʻlovlar kiradi
Shaxsiy g’azna hisobvaraqalari
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida ochiladigan, budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan tahliliy hisob registrlari
Subsidiya
tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablagʻlari
Yagona g’azna hisobvaraqalari
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan milliy yoki chet el valyutasidagi maxsus bank hisobvaragʻi
Xarajatlar smetasi
budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar xarajatlar moddalari boʻyicha aks ettiriladigan hujjat
Shtat jadvali
doimiy xodimlar lavozimlari va boʻsh oʻrinlar nomlarining soni va lavozim maoshlarining miqdorlari koʻrsatilgan roʻyxatni oʻz ichiga oladigan, budjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat
Yuridik majburiyatlar
tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlari asosida budjet tashkilotlarida va budjetdan mablagʻ oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar
Xarajatlar moddasi
budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy yoʻnalishi va toʻlovlarning aniq turlari boʻyicha belgilovchi budjet tasnifining bir qismi