Ingredientlar
Ishlab chiqarish va sertu
Farmatsevtika qonunchiligi
Sertifikatlash bosqichlari
Amaliy vaziyatlar
100

Kosmetikada qaysi cho’chqadan olingan ingredientlar mutlaqo taqiqlanadi? Kamida uchtasini ayting.

Yog’, jelatin, kollagen (jadvalda stearin kislotasi ham bor). (4-slayd, 11-slayd)

100

“sertu” atamasi qaysi arabcha so’zdan olingan va nimani anglatadi?

Arabcha “Satr” so’zidan. “Tozalash yoki poklash” degan ma’noni bildiradi. (6-slayd)

100

Farmatsevtika faoliyati yo’nalishlari qaysi qonunning nechanchi moddasida belgilangan?

O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 4 yanvardagi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida”gi qonunining 15-moddasida. (19-slayd)

100

1-bosqichdagi kelishuvning asosiy bandlarini sanang.

Sertifikatlash doirasi, ikki tomonning mas’uliyatlari, sertifikatlash muddati, yangilanish va audit talablari, maxfiylik bandlari. (21-slayd)

100

Yetkazib beruvchi halol sertifikat taqdim eta olmaydi. Slaydga ko’ra u nimani taqdim etishi shart va ingredientlarni topish qanday bo’lishi kerak?

Halolga mos xomashyoni tasdiqlovchi deklaratsiya. Ingredientlarni topish shaffof va kuzatiladigan bo’lishi kerak. (8-slayd)

200

aysi holatda denaturatsiyalangan yoki sintetik spirtlarga ruxsat beriladi?

Faqat cheklangan va asoslangan foydalanishda. Xamr (sharob/pivo) manbasidan olingan etanol ishlatilmaydi. (4-slayd)

200

. Najis al-Mughallazah nima va unga nimalar kiradi?

Najilarning eng yuqori darajasi (og’ir najosat). Cho’chqa va itga oid moddalar kiradi: cho’chqa go’shti, terisi, so’lagi, tana ajralmalari va it tupurgisi. (7-slayd)

200

Qonunga ko’ra farmatsevtika faoliyatining nechta yo’nalishi bor? Ularni sanang.

7 ta: ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish, sifat nazorati, ulgurji realizatsiya, chakana realizatsiya, tayyorlash, dorivor o’simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish. (19-slayd)

200

2-bosqichda to’ldiriladigan tarkibiy jadvalda har bir xomashyo bo’yicha qanday ma’lumotlar ko’rsatiladi?

Xomashyo nomi, material tavsifi, asosiy ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi, kelib chiqish mamlakati, mahsulot spetsifikatsiyalari (kimyoviy, hayvondan olingan va h.k.). (22-slayd)

200

Mahsulotda fermentlar ishlatilgan. Nimani hujjatlashtirish va qanday muhit talab qilinadi?

Fermentatsiya substrati hujjatlashtiriladi. Halolga mos mikroblar yoki o’simlik asosidagi muhitdan olinishi kerak (hayvon/sut mahsulotlari faqat halal bo’lsa). (12-slayd)

300

Ingredientlarning kuzatilishini tasdiqlovchi qaysi ikki hujjat turi talab qilinadi?

COA (tahlil sertifikati) va MSDS. (4-slayd)

300

Sertu bajarilmasa, najis bilan ifloslangan buyum bilan nima bo’ladi?

Buyum ruxsat etilgan (halal) maqomiga qayta erisha olmaydi. (7-slayd)

300

Farmatsevtika faoliyatining qaysi yo’nalishlariga litsenziya talab qilinmaydi?

Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va ulgurji realizatsiya qilish. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari. Dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish. Dorivor o’simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish. (20-slayd)

300

Halal Kafolat Tizimi (HAS) qo’llanmasidagi “HCCP” nimani anglatadi va qo’llanmaga yana nimalar kiradi?

Halal Kritik Nazorat Nuqtalari rejasi. Qo’llanmada yana kompaniyaning halol siyosati, tashkiliy tuzilma, ingredientlarni topish va tekshirish tartibi, xodimlar treningi, hujjatlashtirish va yozuv amaliyotlari bor. (25-slayd)

300

Rang beruvchilar va atirlarga qanday talab qo’yiladi?

Hayvon/musk hosilalari va etanol asosidagi eritkichlardan xoli bo’lishi kerak. Yetkazib beruvchilardan ingredientlar haqida ma’lumot olinadi. (12-slayd; atirlar halal yoki sintetik ekani tasdiqlanadi, 4-slayd)

400

Krem tarkibida lanolin bor. Sertifikatlovchi tashkilot nimani talab qiladi?

Hayvondan olingan ingredientlar (don, lanolin, keratin, kollagen) halal so’yilgan manbalardan bo’lishi kerak. Buning uchun halal sertifikat yoki deklaratsiya olinadi. (11-slayd, 4-slayd)

400

Uskuna cho’chqa go’shti bilan aloqada bo’lgan. Sertu standartiga ko’ra uni necha marta va qanday yuvish kerak?

7 marta yuviladi, shundan 1 marta tuproq/loy bilan. Tozalash SOP’lari tasdiqlangan bo’lishi kerak. (14-slayd)

400

Optika (oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana sotish) faoliyati qanday tartibda amalga oshiriladi?

Litsenziyasiz, belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etgan holda. (20-slayd)

400

Auditdan oldingi tayyorlov yig’ilishi nima uchun o’tkaziladi?

Hujjatlarni ko’rib chiqish bosqichida aniqlangan nomuvofiqliklarni muhokama qilish uchun. Shu orqali inshoot yakuniy auditga to’liq tayyorlanadi. (26-slayd)

400

Halal va no-halal mahsulotlar ishlab chiqarish orasida liniya almashtirilmoqda. Qanday hujjat va protseduralar kerak? Chiqindilar bo’yicha-chi?

Halal va no-halal mahsulotlar o’rtasida hujjatlashtirilgan protseduralar bo’lishi va liniya bo’shligi jurnali yuritilishi kerak. Chiqindilar halol hududlarga tegmasligi kerak, chiqindilarni tashlash bo’yicha SOP joriy etiladi. (16-slayd)

500

Setil yoki stearil spirti ishlatilgan. Bu mast qilmaydigan spirt qanday manbaga ega bo’lishi kerak va tekshiruv ro’yxatida qaysi ikki band bor?

Halal yoki o’simlik asosida bo’lishi kerak. Tekshiruv bandlari: alkogol turi va kelib chiqishini tasdiqlash hamda alkogol hosilalari bo’yicha sharh. (10-slayd)

500

Bir xil liniyada ilgari qayta ishlangan haram/najis mahsulot bo’lgan umumiy uskuna bor. Sertifikatlash uchun nima talab qilinadi va tozalash vositalariga qanday talab qo’yiladi?

Ilgari haram yoki najis mahsulot ishlatilmaganligi tasdiqlanadi va umumiy chiziqlar xaritasi tuziladi. Umumiy uskuna to’g’ri dezinfeksiya (sertu) qilinishi kerak. Tozalash vositalarida haram yoki najis moddalar bo’lmasligi shart. (13-slayd, 5-slayd)

500

Kompaniya dorivor o’simlik xomashyosini qadoqlab ulgurji sotadi va shu bilan birga dori vositalarini chakana sotadi. Qaysi faoliyat uchun litsenziya olish kerak?

Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya kerak. Dorivor o’simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish uchun kerak emas. (19-slayd, 20-slayd)

500

Halal sertifikat odatda necha yil amal qiladi? Sertifikat sizga qanday huquq beradi? 9-slayddagi qaysi talab bu muddatga qiyoslanganda e’tiborni tortadi?

Odatda 1–3 yil. Mahsulot, qadoq va marketing materiallarida halal logotipidan foydalanish huquqini beradi. 9-slaydda esa yillik qayta sertifikatlash va kuzatuv auditi talab qilinadi.

500

Tozalagichlar va dezinfektorlarning tarkibiga, shuningdek xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlashga qanday talablar qo’yiladi?

Tozalagichlar va dezinfektorlar cho’chqa go’shti/don asosidagi sirt faol moddalardan xoli bo’lishi kerak, MSDS va kimyoviy tarkibining halol holati ko’rib chiqiladi. Halal bo’lmagan yoki shubhali materiallardan alohida saqlanadi va saqlash tartibi hujjatlashtiriladi. (15-slayd)

M
e
n
u