Jahon chempionatlari tarixida eng ko'p gol urgan futbolchi kim va nechta gol?
Miroslav Klose (Germaniya), 16 gol
"O'yinchoqlar hikoyasi" (Toy Story) multfilmidagi kovboy qo'g'irchoqning ismi nima?
Vudi
Xo'jalik yurituvchi sub'ektning iqtisodiy xavfsizligi nima?
Korxonaning tashqi va ichki tahdidlarga qaramay barqaror faoliyat yuritishi, rivojlanishi va maqsadlariga erishishini ta'minlovchi himoyalanganlik holati.
"Til yarasi bitmas, ..."
tig' yarasi bitar.
"Alisher Navoiy" tavalludi qaysi shaharda?
Hirot
Birinchi Jahon chempionati (1930) qayerda o'tkazilgan va kim g'olib bo'lgan?
Uruguayda; g'olib ham Uruguay (finalda Argentinani 4:2 hisobida yengdi)
"Garri Potter" seriyasining birinchi filmi qanday nomlanadi?
"Garri Potter va Faylasuf toshi" (2001).
Tahdidlar qanday guruhlarga bo'linadi va ichki tahdidga misol keltiring.
Tashqi va ichki tahdidlarga. Ichki tahdid misoli: xodimlarning o'g'rilik qilishi yoki tijorat sirini oshkor etishi.
"Ko'p yashagan emas, ko'p ko'rgan biladi" maqolida qaysi hayotiy g'oya ilgari suriladi?
Donolik yoshga emas, ko'rgan-kechirgan tajribaga bog'liq.
400 ball
Qaysi sayyora "Qizil sayyora" deb ataladi?
Mars
Jahon chempionati bir o'yinida eng ko'p (5 ta) gol urgan futbolchi kim, qaysi yil va kimga qarshi?
Oleg Salenko (Rossiya), 1994-yil, Kamerunga qarshi (6:1)
"Uzuklar hukmdori" trilogiyasi asosan qaysi mamlakatda suratga olingan?
Yangi zelandiya
Tijorat siri deb nimaga aytiladi?
Uchinchi shaxslarga noma'lumligi tufayli tijorat qiymatiga ega bo'lgan, qonuniy asosda erkin kirish imkoni yo'q va egasi uni saqlash choralarini ko'rgan axborot.
sichqonga o'lim. (Maqolning birinchi qismini toping)
Mushukka o'yin.
5ta chigirtka 5kunda 5kg don yesa 10ta chittak 10 kunda qancha don yeydi
20 kg
Xalqaro terma jamoalar o'yinlari tarixidagi eng katta hisob qanday va qaysi jamoalar o'rtasida?
Avstraliya – Amerika Samoasi
Berlin kinofestivalining bosh mukofoti nima deb ataladi?
Oltin ayiq
Joriy likvidlik koeffitsienti qanday hisoblanadi va odatiy me'yori qancha?
Aylanma aktivlar / qisqa muddatli majburiyatlar. Me'yor odatda 1,5–2,0 oralig'ida.
"Yomg'irdan qochib, do'lga tutilibdi" maqoliga qarama-qarshi ma'noli (ehtiyotkorlikka chorlovchi) maqolni keltiring.
Masalan, "Yetti o'lchab, bir kes" yoki "Ehtiyot bo'lgan ehtiyojdan qutular".
Qaysi hayvonlarning ovozi shu qadar past chastotali (infratovush)ki, ular bir necha kilometr naridan bir-biri bilan aloqa qila oladi?
Fillar
Maykl Felps Olimpiya o'yinlarida jami nechta oltin medal yutgan?
23 ta
"Mahallada duv-duv gap" (1960) o'zbek filmini kim suratga olgan?
(Shuhrat Abbosov)
Kressining "firibgarlik uchburchagi"ni tashkil etuvchi uch element qaysilar?
Bosim (rag'bat), imkoniyat va o'zini oqlash (asoslash).
Turkiy xalqlar maqollari birinchi marta keng jamlangan XI asr asari qaysi va muallifi kim?
"Devonu lug'otit turk", muallifi Mahmud Koshg'ariy.
1370-yilda Amir Temur Balx yaqinida qaysi hukmdorni mag'lub etib, Movarounnahrda yakka hokimlikni qo'lga kiritgan?
Amir husayn