Harorat biologik jarayonlar tezligiga qanday ta'sir qiladi?
Harorat oshishi bilan ma'lum chegaragacha biologik jarayonlar tezligi ortadi.
Osmotik bosim nima?
Erituvchi molekulalarining yarim o'tkazuvchan membrana orqali eritmaga o'tishini to'xtatish uchun zarur bo'lgan bosim.
Model sistema nima?
Tabiiy biologik jarayonlarni laboratoriya sharoitida o‘rganish uchun yaratilgan sun'iy sistema.
Xlorid kislotaning kimyoviy formulasi qanday?
HCl
Elektrokimyoviy potensial nima?
Zaryadlangan zarrachaning kimyoviy va elektr maydonidagi energiyasini ifodalovchi kattalik.
Harorat koeffitsiyenti (Q10) nima?
Harorat 10°C ga oshganda biologik jarayon tezligi necha marta o‘zgarishini ko‘rsatuvchi kattalik.
Osmotik bosim qanday o‘lchov birligida ifodalanadi?
Paskal (Pa).
Model sistemalarda potensiallar farqi nima sababdan yuzaga keladi?
Ionlarning notekis taqsimlanishi va membrananing ionlarga turlicha o'tkazuvchanligi sababli.
HCl suvda dissotsilanganda qanday ionlarga ajraladi?
HCl-> H++Cl-
Elektrokimyoviy potensial qaysi ikki tarkibiy qismdan iborat?
Kimyoviy potensial va elektr potensial hissasidan.
Harorat koeffitsiyentini hisoblash formulasi qanday?
Q10=(V2/V1)10/T2-T1
Osmotik bosimni hisoblash formulasi qanday?
Paskal=CRT
Biologik membrana qanday vazifani bajaradi?
Moddalarning hujayraga kirishi va undan chiqishini tanlab boshqaradi.
H⁺ va Cl⁻ ionlarining harakatchanligi bir xilmi?
Yo‘q. H⁺ ionining harakatchanligi Cl⁻ ioninikidan yuqori.
Elektrokimyoviy potensialning umumiy formulasi qanday?
μ=μ+zFφ
μ — kimyoviy potensial;
z — ion zaryad soni;
F — Faradey doimiysi;
φ — elektr poten
Harorat 10°C ga oshganda biologik jarayon tezligi 2 marta ortdi. Q10 nechaga teng?
Q10 = 2.
Izotonik, gipertonik va gipotonik eritmalar bir-biridan qanday farqlanadi?
Izotonik — osmotik bosimi teng.
Gipertonik — osmotik bosimi yuqori.
Gipotonik — osmotik bosimi past.
Membrana potensiali nima?
Membrananing ichki va tashqi tomonlari orasidagi elektr potensiallar farqi.
Ikki xil konsentratsiyali HCl eritmalari tutashtirilganda qanday potensial yuzaga keladi?
Diffuzion potensial.
Nernst tenglamasi nima uchun ishlatiladi?
Ionlarning konsentratsiyasi yoki aktivligiga bog‘liq elektrod potensialini hisoblash uchun.
Harorat 20°C dan 30°C gacha oshganda reaksiya tezligi 3 marta ortdi. Harorat koeffitsiyentini aniqlang.
Q10 = 3.
Bardjer-Rast usulining asosiy maqsadi nima?
Osmotik hodisalarni model sistemada o‘rganish va eritmalarning osmotik xususiyatlarini baholash.
Model sistemada ionlar konsentratsiyasi o‘zgartirilsa, potensiallar farqi qanday o‘zgaradi?
Ionlar konsentratsiyasi nisbati o‘zgarishi natijasida potensiallar farqi ham o‘zgaradi.
Potensiallar farqini o‘lchashda qaysi asbobdan foydalaniladi?
Yuqori kirish qarshiligiga ega millivoltmetr yoki potensiometrdan.
Membrana orqali ionlarning harakatlanishiga elektrokimyoviy potensial qanday ta'sir qiladi?
Ionlarning harakat yo‘nalishini kimyoviy konsentratsiya gradienti va elektr potensial gradientining umumiy ta'siri belgilaydi.