Kalkulyatsiya nima?
Mahsulot yoki xizmat tannarxini hisoblash usuli.
Budjetlashtirish nima?
Kelgusi davr uchun daromad va xarajatlarni rejalashtirish.
Hujjatlashtirish nima?
Xo‘jalik operatsiyalarini tegishli hujjatlarda qayd etish.
Inventarizatsiya nima?
Mavjud mol-mulk va majburiyatlarning haqiqiy holatini tekshirish.
Korxona daromadi 50 million, xarajati 35 million so‘m
15 million so‘m.
Mahsulot tannarxi oshsa, korxona foydasiga qanday ta'sir qiladi?
Sotish narxi va daromad o‘zgarmasa, foyda kamayadi.
Boshqaruv hisobi nima?
Korxona rahbariyatini boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborot bilan ta'minlaydigan hisob tizimi.
Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi nima?
Korxona faoliyatini samarali boshqarish va foydani oshirish.
Boshqaruv hisobi kimlar uchun yuritiladi?
Korxona rahbarlari, menejerlar va bo‘lim boshliqlari uchun.
Boshqaruv hisobining asosiy vazifasi nima?
Rejalashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va qaror qabul qilish.
Boshqaruv hisobi moliyaviy hisobdan nimasi bilan farq qiladi?
Boshqaruv hisobi ichki foydalanuvchilarga, moliyaviy hisob esa ichki va tashqi foydalanuvchilarga axborot beradi.
Uzluksizlik tamoyili nima?
Boshqaruv hisobi korxona faoliyati davomida muntazam yuritilishini.