(Blank)
(Blank)
(Blank)
100

AD tenglamasi qanday va uning komponentlari nimani bildiradi?

AD = C + I + G + NX, bunda NX = X − M. C: iste'mol, I: investitsiya, G: davlat xaridlari, X: eksport, M: import, NX: sof eksport. AD berilgan narx darajasida mamlakat ichida ishlab chiqarilgan yakuniy mahsulot va xizmatlarga rejalashtirilgan umumiy talabdir.

100

LRAS qaysi ishlab chiqarish darajasida joylashadi va nimaga bog'liq?

Y = Y* (potensial ishlab chiqarish). Uzoq muddatda ishlab chiqarish narxga emas, resurslar (mehnat, kapital), texnologiya va institutlarga bog'liq, shuning uchun LRAS vertikal.

100

SRAS berilgan holda AD o'ngga siljisa, P va Y qanday o'zgaradi?

Muvozanat yuqoriga-o'ngga ko'chadi: P ↑ va Y ↑.

100

Aholi va korxonalar ko'proq xarid qilishga o'tdi. Bu qaysi shok va P, Y qanday o'zgarishi mumkin?

Talab shoki: C va I oshadi, AD o'ngga siljiydi. Qisqa muddatda mahsulot narxi ham, ishlab chiqarish hajmi ham oshishi mumkin (P ↑, Y ↑). 

200

Narxlar oshganda M/P kamayadi, foiz stavkasi ko'tariladi va investitsiya qisqaradi. Bu qaysi samara? Tushuntiring.

Foiz stavkasi samarasi. P ↑ ⇒ pulning real qoldig'i M/P ↓ ⇒ pulga talab oshib, foiz stavkasi r ↑ ⇒ kreditlar qimmatlashib, investitsiya I ↓ ⇒ talab qilinadigan Y ↓. Shu sababli AD egri chizig'i pastga qiyalikda. Qolgan ikki samara: real boylik samarasi va sof eksport samarasi.

200

SRAS nima uchun qisqa muddatda ko'tarilib boradi?

Nominal qotishqoqlik. Ish haqi va kontrakt narxlari tez o'zgarmaydi. Sotish narxi oshsa, birlik foyda ko'payib, firmalar vaqtincha ko'proq ishlab chiqaradi. Ikkinchi sabab: firmalar umumiy narx o'zgarishini darhol to'liq anglamaydi, kutilmalar vaqt o'tib moslashadi. 

200

Salbiy taklif shokida P va Y qanday o'zgaradi? Bu holat qanday nomlanadi?

SRAS chapga siljiydi: P ↑, Y ↓. Bu stagflyatsiya: narx bosimi kuchayishi va ishlab chiqarish susayishi bir vaqtda yuz beradi. 

200

Energiya tariflari korxonalarning xarajatini ham oshirsa, AD–AS da qaysi mexanizm ishga tushadi?

SRAS chapga siljiydi. Xarajat ↑ ⇒ SRAS ← ⇒ P ↑, Y ↓. Lekin ikki INI raqamidan (aprel 8,1%, may 10,6%) real YaIM yoki SRAS siljishining hajmini aniqlab bo'lmaydi.

300

Davlat yangi yo'l qurilishi uchun xaridlarni ko'paytirdi. Bu AD bo'ylab harakatmi yoki AD siljishimi? Nega?

AD o'ngga siljiydi. G umumiy narx P dan emas, narxdan mustaqil omildan o'zgardi. U har bir berilgan P da rejalashtirilgan xarajatni oshiradi. P o'zgarganda esa AD bo'ylab harakat bo'ladi.

300

Firmalarning energiya xarajatlari pasaydi. Qaysi egri chiziq qaysi tomonga siljiydi? P va Y ga ta'siri?

Xarajat pasaydi, shuning uchun SRAS o'ngga (pastga) siljiydi. Birlik xarajat kamayib, firmalar har bir narxda ko'proq taklif qiladi. Natija: P ↓, Y ↑. Bu ijobiy taklif shoki.

300

Ikki holatda (talab shoki va xarajat shoki) narxlar oshdi, lekin real YaIM yo'nalishi har xil. Nega? 

Talab shokida AD o'ngga siljib, firmalar ko'proq ishlab chiqaradi: Y ↑. Xarajat shokida SRAS chapga siljib, ishlab chiqarish qimmatlashadi: Y ↓. Narx o'sishining sababi har xil, shuning uchun Y yo'nalishi ham farq qiladi. 


300

Talab yetishmasligi yuz berdi (AD chapga). P, Y va narx bosimi qanday o'zgaradi? Qanday siyosat ko'rib chiqilishi mumkin?

Y ↓, P ↓, ya'ni narx bosimi pasayadi. Talabni qo'llab-quvvatlash siyosatini ko'rish mumkin (inflyatsiya va fiskal cheklovlarga bog'liq holda).

400

YaIM xarajatlar ayniyati (Y ≡ C + I + G + NX) bilan AD ning farqi nimada?

Ayniyat amalga oshgan xarajatlar hisobi, doim bajariladi. AD esa berilgan narx darajasida rejalashtirilgan xarajatlarni ifodalaydi va narxga qarab o'zgaradi. 

400

Savdo hamkorlarida daromad oshdi, mahalliy firmalar eksport buyurtmalarini ko'paytirdi. X, NX, AD, P va Y ga ta'sir?

X ↑ ⇒ NX ↑ ⇒ AD o'ngga siljiydi. SRAS ijobiy qiyalikda bo'lsa: P ↑, Y ↑. Cheklov: eksport boshqa import, kurs va taklif omillari bilan birga o'zgarishi mumkin.

400

Iqtisodiyot Y = Y* da edi, AD o'ngga siljidi. Uzoq muddatda nima bo'ladi?

Qisqa muddatda P ↑, Y ↑ (Y > Y*). Ortiqcha talab ish haqi va narx kutilmalarini oshiradi, SRAS chapga siljiydi. Y yana Y* ga qaytadi, narxlar esa yuqoriroq darajada qoladi. (Faraz: LRAS o'zgarmaydi, boshqa shok yo'q.)

400

Nima sababdan salbiy taklif shoki bir vaqtning o‘zida inflyatsiya va ishlab chiqarish pasayishiga olib keladi?

SRAS chapga siljiydi, natijada narxlar oshadi, real ishlab chiqarish kamayadi.

500

Savdo hamkorida retsessiya boshlandi va firmalar uchun kredit shartlari yomonlashdi. AD ga ta'siri va qisqa muddatli P, Y?

Hamkordagi retsessiya xorijiy talabni susaytirib NX ↓ qiladi. Kredit shartlarining yomonlashuvi (moliyalashtirish qimmatlashishi) I ↓ qiladi. Ikkalasi ham AD ni chapga siljitadi. SRAS o'zgarmasa: P ↓, Y ↓.

500

Yangi texnologiya mehnat unumdorligini barqaror oshirdi. Qaysi egri chiziqlar siljiydi va nega?

LRAS ham, SRAS ham o'ngga siljiydi. Barqaror unumdorlik o'sishi potensial ishlab chiqarishni (Y*) oshiradi, birlik xarajatni ham kamaytiradi. Natija: Y ortadi, narx bosimi pasayishi mumkin. Bir martalik energiya shoki esa ko'proq faqat SRAS ga ta'sir qiladi.

500

"Foiz stavkasini tushirish" talab yetishmasligida ham, salbiy taklif shokida ham bir xil samarali bo'ladimi?

Yo'q. Talab yetishmasligida (AD ←) stavkani tushirish AD ni qo'llab, Y ni tiklaydi. Salbiy taklif shokida (SRAS ←) muammo xarajatda, talabni kuchaytirish Y ni vaqtincha qo'llashi mumkin, lekin narx bosimini yanada oshiradi. 

500

2025-yilda real YaIM o'sishi 7,8%, narxlar o'sishi (INI) 7,3% bo'ldi. Shu ikki raqam AD yoki AS qaysi tomonga qancha siljiganini aniqlashga yetarlimi?

Yetarli emas. Ikkala raqam birga oshgani talab shokiga mos kelishi mumkin, lekin AS ning o'ngga siljishi ham shunday natija berishi mumkin. Aniqlash uchun YaIM komponentlari (C, I, G, NX), xarajat va ish haqi dinamikasi, eksport/import, siyosat qarorlari kabi qo'shimcha ma'lumot kerak.

M
e
n
u