Boshqaruv hisobi nima?
Korxona rahbariyatini boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborot bilan ta'minlaydigan hisob tizimi.
Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi nima?
Korxona faoliyatini samarali boshqarish va foydani oshirish.
Boshqaruv hisobi kimlar uchun yuritiladi?
Korxona rahbarlari, menejerlar va bo‘lim boshliqlari uchun.
Boshqaruv hisobining asosiy vazifasi nima?
Rejalashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va qaror qabul qilish.
Boshqaruv hisobi moliyaviy hisobdan nimasi bilan farq qiladi?
Boshqaruv hisobi ichki foydalanuvchilarga, moliyaviy hisob esa ichki va tashqi foydalanuvchilarga axborot beradi.
Boshqaruv hisobining maxfiylik tamoyili nimani anglatadi?
Korxonaning ichki ma'lumotlarini begona shaxslarga oshkor qilmaslik.
Ishonchlilik tamoyili nimani bildiradi?
Hisob ma'lumotlari aniq va haqqoniy bo‘lishini.
Uzluksizlik tamoyili nima?
Boshqaruv hisobi korxona faoliyati davomida muntazam yuritilishini.