Insonning eng katta organi qaysi?
Teri
Prezident vakolatlari tugaganidan keyin uning moddiy ta’minoti (pensiya miqdori) qanday hisoblanadi va bu mablag‘ qaysi manbadan moliyalashtiriladi?
Eks-Prezidentga amaldagi Prezidentning oylik ish haqining 70 foizi miqdorida umrbod oylik pensiya tayinlanadi. Ushbu xarajatlar va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa barcha imtiyozlar (aloqa, transport, tibbiy xizmat) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Islom huquqi tizimida Ijmo va Qiyos tushunchalari qanday vazifani bajaradi?
Ijmo- Islom huquqshunoslarining bir ovozdan bergan fatvosi
Qiyos- Qur'on va Sunnadagi hukmlarni o'xshashlik asosida yangi masalalarga tatbiq etish
Ko'rgazmali prezentatsiyalar nechiga bolinadi va ular qaysilar?
3ga bolinadi (oddiy, animatsiyali, multimediali)
Bir jinoyat ustida ikki kishi ushlandi. Biri aybdor deb topildi, ikkinchisi esa aybsiz. Lekin ikkalası ham bir xil muddatga qamaldi. Nima uchun?
Chunki ular egizak (Siam egizaklari)
Xitoy nechta DAVLAT bilan chegaradosh?
14
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining belgisi va shtandarti (bayrogʻi) tavsifi, ulardan rasmiy foydalanish tartibi kim(qaysi organ) tomonidan belgilanadi.
Prezident
Boshqaruvning u yoki bu sohasidagi muayyan idora, vazirlik va tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi normalarni o'zida aks ettiruvchi kodekslashtirilgan akt bu...
Ustav
Xronofoglar va prokrastinatsiya so'zlari nima ma'nolarni anglatadi
Xronofoglar - vaqt ogrilari, vaqtni behuda sarflashga sabab boladigan omillar, prokrastinatsiya - kerakli ishni keyinga qoldirish
Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz?
Quyosh
Xalqaro huquqqa ko‘ra, ochiq okeanda biror kemada jinoyat sodir etilsa, aybdor qaysi davlat qonunlari bo‘yicha jazolanadi?
Kema qaysi davlat bayrog‘i ostida suzayotgan bo‘lsa, o‘sha davlat qonunlari bo‘yicha.
Eks-Prezident va uning oilasi foydalanadigan xizmat transporti (haydovchilar soni) borasidagi talab qanday?
Eks-Prezidentga davlat hisobidan ikkita haydovchisi bo‘lgan avtomobil birkitib qo‘yiladi
Huquqiy ongning Huquqiy niglizm va Huquqiy idealizm kabi deformatsiyalari o'rtasidagi fundamental farq nimada
Niglizm - Qonunlarni mensimaslik, inkor etish. Idealizm - Qonun hamma muammolarni hal etadi deb unga sig'inish(lekin amalda bajarmaslik)
SWOT tahlilining 4ta elementlari (S, W, O, T) haqida ma'lumot bering
strengths-kuchli tomonimiz, weaknes-zaif tomonimiz, opportunities-imkoniyatlar, threats-xavf xatar
Advokatning o'g'li bor, lekin o'g'ilning otasi advokat emas. Bu qanday bo'lishi mumkin?
Advokat ayol edi
Qaysi davlat rasmiy poytaxtga ega bo`lmagan yagona davlat hisoblanadi?
Nauru
Advokatning daxlsizlik kafolatiga ko‘ra, uning turar joyi yoki xizmat xonasiga kirish, ko‘zdan kechirish va hujjatlarini olib qo‘yish qanday protsessual tartibda amalga oshiriladi?
Bunday harakatlar faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurori, viloyat yoki Toshkent shahar prokurorining (va ulardan yuqori turuvchi prokurorlarning) sanksiyasi (ruxsati) bilan amalga oshirilishi shart.
Huquqiy normalarni interpretatsiya qilishda Teleologik talqin usuli nima va u qonunning so'zma so'z matnidan qanday farq qiladi
Qonun chiqaruvchi ushbu qonunni qabul qilishdan ko'zlangan maqsadini aniqlash. Bu matndan ko'ra qonunning ruhiga e'tibor berishini anglatadi
Vaqtni samarali boshqarish uchun eng muhim asoslar qaysilari
Qaror, intizom, qat'iyatlik
Stol ustida ikkita tanga turibdi. Ularning jami qiymati 3 so’m. Lekin ularning biri 1 so’mlik tanga emas.
Tangalar necha so’mlik?
1 va 2 so'mlik (Ulardan biri aniq 1 so’mlik emas, lekin ikkinchisi 1 so’mlik)
Xiva xoni geografiyani mukammal bilgan kishiga qanday lavozim bergan?
Mirob
Advokat o‘z faoliyatini to‘xtatib turgan davrda (masalan, saylanadigan lavozimga o‘tganda) uning daxlsizlik kafolatlari va advokatlik guvohnomasi taqdiri nima bo‘ladi?
Faoliyat to‘xtatib turilgan davrda advokatning daxlsizlik kafolatlari to‘xtatiladi, advokatlik guvohnomasi esa litsenziyalovchi organga (adliya boshqarmasiga) topshirib qo‘yiladi.
Qaysi so'z yunonchadan olingan bo'lib "davlatni boshqarish san'ati, davlat ishlari" degan ma'nolarni anglatadi
Siyosat
Nutq turkumlarini sanab bering hamda ilmiy nutq va ilmiy axborot qaysi nutq turkumiga kirishini toping
Ijtimoiy -siyosiy notiqlik, akademik notiqlik, sud notiqligi, ijtimoiy-maishiy notiqlik, diniy notiqlik. Ilmiy nutq va ilmiy axborot - akademik notiqlikka kiradi
Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas. Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
Musiqa