Eritmalarda elektr tokini tashuvchi zarrachalar nima deb ataladi?
Ionlar
Xlorid kislotaning kimyoviy formulasi qanday?
HCl
Elektr potensialining o‘lchov birligi nima?
Volt (V).
Potensiallar farqi qaysi asbob yordamida o‘lchanadi?
Voltmetr yoki yuqori kirish qarshiligiga ega potensiometr
Potensiallar farqi qanday formula bilan ifodalanadi?
Δφ = φ₂ − φ₁.
Elektrolit eritmasi deb nimaga aytiladi?
Eritmada ionlarga dissotsilanib, elektr tokini o‘tkazadigan modda eritmasiga.
HCl suvda dissotsilanganda qanday ionlar hosil bo‘ladi?
H⁺ va Cl⁻.
Diffuzion potensialning yuzaga kelishida asosiy omil nima?
Ionlarning harakatchanligi farqi.
Tajribada nima uchun elektrodlar ishlatiladi?
Eritmadagi elektr potensialini o‘lchash tizimiga uzatish uchun.
1 volt necha millivoltga teng?
1000 mV.
Potensiallar farqi qanday fizik kattalik?
Ikki nuqta orasidagi elektr potensiallari ayirmasi.
HCl kuchli yoki kuchsiz elektrolit hisoblanadimi?
Kuchli elektrolit.
Eritmalar konsentratsiyasi o‘zgarsa, diffuzion potensial qanday o‘zgaradi?
Konsentratsiyalar nisbati o‘zgarganda diffuzion potensial ham o‘zgaradi.
Potensialni o‘lchashda nima uchun bir xil turdagi elektrodlar ishlatilishi mumkin?
Elektrodlarning o‘z potensiallari ta’sirini kamaytirish uchun.
Agar ikki nuqtaning potensiali 0,8 V va 0,3 V bo‘lsa, potensiallar farqi qancha?.
0,5 V
Elektrod potensiali nima?
Elektrod va elektrolit eritmasi chegarasida yuzaga keladigan potensiallar farqi.
HCl eritmasida qaysi ionning harakatchanligi yuqoriroq: H⁺ yoki Cl⁻?
H⁺ ionining.
HCl eritmasida H⁺ ionlarining harakatchanligi Cl⁻ ionlariga nisbatan qanday?
Ancha yuqori.
Tajriba davomida haroratni doimiy saqlash nima uchun muhim?
Harorat ionlar harakatchanligi va diffuziya tezligiga ta’sir qiladi.
25°C haroratda Nernst tenglamasining logarifmik ko‘rinishidagi doimiy koeffitsiyent taxminan qancha?
0,0591 V (bir elektronli jarayon uchun).
Diffuzion potensial qanday hosil bo‘ladi?
Turli harakatchanlikka ega ionlarning eritmalar chegarasidan turlicha tezlikda diffuziyalanishi natijasida.
Nima sababdan turli konsentratsiyali HCl eritmalari tutashganda diffuzion potensial hosil bo‘ladi?
H⁺ va Cl⁻ ionlarining harakatchanligi turlicha bo‘lgani sababli ular chegaradan turli tezlikda o‘tadi va zaryadlar vaqtincha ajraladi.
Diffuzion potensialning ishorasi nimaga bog‘liq?
Eritmalar konsentratsiyasi yo‘nalishiga va potensialni o‘lchash elektrodlarining joylashishiga.
O‘lchash natijasiga qanday omillar ta’sir qilishi mumkin?
Harorat, eritma konsentratsiyasi, elektrod turi, elektrodlarning holati va o‘lchash tizimining xususiyatlari.
25°C da HCl eritmalari orasidagi diffuzion potensialni hisoblashda qanday tenglamadan foydalanish mumkin?
Ed=(tH+ -tCl-) RT/F 1n a2/a1