Kichik kantselyariya xarajatlari uchun naqd pul to'landi. Qaysi kitob?
Mayda naqd pul kitobi (Petty Cash)
Aktivlar ko'payganda hisobvaraqning qaysi tomoniga yoziladi?
Debet
Operatsiya butunlay yozilmay qolsa, bu qanday xato deyiladi?
O'tkazib yuborish xatosi (Error of omission)
Birinchi kelgan tovar, birinchi sotiladi deb hisoblaydigan usul qaysi?
FIFO
Korxonaning ma'lum bir sanadagi aktivlari, majburiyatlari va kapitalini ko'rsatuvchi hisobot?
Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot (Balance sheet)
Mijoz tovarning bir qismini qaytardi. Biz qaysi kitobga yozamiz?
Sotuvlar qaytimi kitobi
Majburiyatlar va Kapital ko'payganda qaysi tomonga yoziladi?
Kredit
Sinov balansi teng chiqsa, bu buxgalteriyada hech qanday xato yo'qligini anglatadimi?
Yo'q (Ba'zi xatolar balansga ta'sir qilmaydi)
Inventarlarning o'rtacha qiymatini hisoblaydigan usul qanday nomlanadi?
AVECO (Average Cost)
Bir yildan ortiq vaqt davomida foydalaniladigan aktivlar nima deyiladi?
Uzoq muddatli aktivlar
Kreditga olingan asosiy vositani qayerda qayd etamiz?
Umumiy jurnal (Journal)
Bankdan naqd pul olib kassa (Cash) to'ldirildi. Provodka qanday bo'ladi?
D-t Kassa, K-t Bank
Barcha debet va kredit qoldiqlari ro'yxati nima deb ataladi?
Sinov balansi (Trial balance)
Kompaniya sotish yoki ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun saqlab turgan tovarlar, xom ashyo va tayyor mahsulotlar to'plami qanday ataladi?
Inventory (Zaxiralar)
Korxonaning xususiy kapitalini hisoblash formulasi?
Xususiy kapital=Aktivlar - Majburiyatlar
Buxgalteriya hisobi registrlari (MBooks of prime entry)larni sanang
1.Sales day book (Sotuvlar kitobi)
2. Purchases day book (Xaridlar kitobi)
3. Sales return day book (Sotuvlar qaytuvi kitobi)
4. Purchases return day book (Xaridlar qaytuvi kitobi)
5. Cash book (Kassa kitobi)
6. Petty cash book (Kichik kassa kitobi)
7. The journal (Bosh kitob)
Yetkazib beruvchidan (Supplier) qarzga tovar sotib olindi. Provodka?
D-t Inventory, K-t Kreditorlik qarz
Trial (Sinov) balansda bo'lishi mumkin bo'lgan xatolarni sanang (kamida 4 ta)
1. Error of Omission
2. Error of Commission
3. Error of Principle
4. Transposition Error
5. Addition Error
6. Posting to Wrong Side
Gross Profit (Yalpi foyda) qanday topiladi?
Gross Profit = Revenue − Cost of Goods Sold (COGS)
"Oldindan to'langan ijara" (Prepaid rent) aktivmi yoki majburiyat?
Joriy Aktiv
Faqat qarzga (nasiyaga) asosidagi tovar sotuvlarini qayd etish uchun mo‘ljallangan kitob qanday ataladi?
Sales Day Book (Savdo kitobi)
Egasi biznesga o'zining shaxsiy avtomobilini kiritdi. Provodka?
D-t Avtomobil, K-t Kapital
Xato: Mashina ta'mirlash xarajati (Repair) "Mashina" (Asset) hisobiga yozilgan. Bu qanday xato?
Error of principal (Xarajatni aktiv sifatida aks ettirildi, foyda noto'g'ri chiqadi)
Narxlar doimiy o'sib borayotgan (inflyatsiya) davrda qaysi usul eng kam foyda ko'rsatadi?
LIFO
Amortizatsiya (Depreciation) nima uchun hisoblanadi?
Aktiv tannarxini uning foydalanish muddati bo'yicha taqsimlash uchun