Nega o‘rta asrlarda shifokorlar juda kam bo‘lgan?
Ta’lim tizimi rivojlanmagan, ilmiy metod hali shakllanmagan, tibbiyot ko‘proq diniy va qadimiy qarashlarga tayanardi.
Salerno maktabining universitetga aylanishi nimani ko‘rsatadi?
Tibbiyot asta-sekin kasb emas, ilmiy yo‘nalishga aylanayotganini.
Nega Yevropa shifokorlari Gippokrat va Galen asarlariga tayanishda davom etgan?
Ular alternativ ilmiy manbalarga ega emas edi, tajriba va eksperiment yetishmasdi
Abu Ali ibn Sinoning asarlari lotin tiliga tarjima qilinishi Yevropaga nima berdi?
Tibbiy bilimlarning sakrashini — nazariya va amaliyot boyidi.
Karantin tushunchasi paydo bo‘lishi jamiyatning qaysi bosqichga o‘tganini ko‘rsatadi?
Kasallik yuqumli ekanini tushunish bosqichiga.
Nega operatsiya asboblari tozalanmagan?
Mikroblar mavjudligi haqida tushuncha yo‘q edi.
Nega badavlat va kambag‘al bemorlar turlicha davolangan?
Tibbiyot ham ijtimoiy tengsizlikdan mustasno emas edi
Lotin tilining cherkov va rasmiy hujjatlardagi roli nimani bildiradi?
Nega Sharqiy Yevropada slavyan tillari saqlanib qoldi?
Rim ta’siri kamroq bo‘lgan va mahalliy madaniyat mustahkam edi.
Cherkovning maktab va kasalxonalarni boshqarishi yaxshi holatmi yoki xavfli?
Ikkalasi ham. Tashkiliy tizim berdi, lekin ilm erkinligini cheklashi mumkin edi.
Nega oddiy xalqning asosiy taomi non bo‘lgan?
Dehqonchilik iqtisodiyoti ustun, go‘sht esa qimmat resurs edi.
Lord o‘rmonida ov qilishning taqiqlanishi nimani ko‘rsatadi?
Resurslar ustidan hukmronlik va ijtimoiy tabaqalanish.
Ritsar bo‘lish uchun 16 yosh yetarlimi?
Jismoniy tayyorgarlik bo‘lishi mumkin, lekin axloqiy yetuklik savol ostida.
Ritsarlik kodeksi nega kerak edi?
Zo‘ravon kuchni axloqiy qoidalarga bo‘ysundirish uchun
Turnirlar aslida mashqmi yoki siyosiy propaganda?
Ikkalasi ham. Harbiy tayyorgarlik va nufuz namoyishi
Ritsarlar ayollarga hurmat ko‘rsatishi haqiqiymi yoki ideal obrazmi?
Ko‘proq ideal obraz; real hayot murakkabroq bo‘lgan
Nega yakshanba kuni ommaviy ibodat muhim edi?
Jamiyatni birlashtiruvchi ijtimoiy mexanizm bo‘lgan
O‘rta asrlarda tibbiyot va din birga yurishi taraqqiyotga to‘sqinlik qilganmi?
Ba’zan ha, chunki savol berish cheklangan; ba’zan yo‘q
Agar mikroblar nazariyasi o‘rta asrlarda kashf etilganida nima o‘zgarardi?
O‘lim darajasi keskin kamayishi mumkin edi, lekin bu faqat nazariya — ijtimoiy qabul ham kerak bo‘lardi
O‘rta asr jamiyati ko‘proq qo‘rquv asosida yashaganmi yoki tartib asosidami ?
Ikkalasi aralash. Qo‘rquv — kasallik va urushdan; tartib — din va feodal tizimdan
Lotin tili qayerlarda ishlatilgan?
Rasmiy hujjatlar, cherkov va ibodatlarda.
Ritsarlik kodeksi nimani talab qilgan?
Jasurlik, halollik, ayollarga va cherkovga hurmat, adolatli jang.
Karantin nimani anglatadi?
Odam va tovarlarni 40 kun ajratib turish tartibi.
Karantin qayerda birinchi joriy qilingan?
XIV asrda Italiya port shaharlarida
O‘rta asrlarda kasalliklar qanday davolangan?
Dorivor giyohlar, qon olish, oddiy jarrohlik orqali.