Milliy gvardiya kimga bo‘ysunadi va hisobdor?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga.
Davlat ob’ektlarini kim qo‘riqlaydi?
Milliy gvardiya (Qo‘riqlash bosh boshqarmasi).
Xodimlar xizmat vazifasini bajarishda jamoat transportidan tekin foydalana oladimi?
Ha (belgilangan tartibda).
Homilador ayollarga nisbatan maxsus vositalarni qo‘llash mumkinmi?
Yo‘q (ochiq qurolli hujum holatlaridan tashqari).
Xizmat davrida turar joy bilan kim ta’minlaydi?
Davlat (ijara kompensatsiyasi yoki xizmat uyi).
Milliy gvardiya qanday tuzilma hisoblanadi?
Mustaqil harbiy tuzilma
Milliy gvardiya terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etadimi?
.
Ha, ishtirok etadi
Turar joylarga ruxsatsiz kirishga qachon ruxsat beriladi?
Inson hayotini saqlash yoki jinoyatchini quvlashda.
Qurol qo‘llanilganligi haqida kimga xabar beriladi?
Prokurorga (zudlik bilan).
Milliy gvardiya xodimlarining kiyim-bosh shaklini kim tasdiqlaydi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari soni nechta?
4 ta (Qonuniylik, yagona markazlashgan rahbarlik, inson huquqlariga rioya etish, ochiqlik).
Favqulodda vaziyatlar rejimini ta’minlashda kim qatnashadi?
Milliy gvardiya bo‘linmalari.
Xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida daxlsizlik huquqiga egami?
Ha, daxlsizdir.
"Zaruriy mudofaa" holatida qurol qo‘llash mumkinmi?
Ha, mumkin.
Harbiy xizmatchining sog‘lig‘iga zarar yetsa, kim qoplaydi?
Davlat (sug‘urta va nafaqalar orqali).
Milliy gvardiya to‘g‘risidagi Qonun qachon qabul qilingan?
2020-yil 18-noyabrda
Ov qurollari va pnevmatik qurollar aylanishini nazorat qilish kimning vazifasi?
.
Milliy gvardiyaning
Qurol qo‘llashdan oldin nima qilish shart?
Ogohlantirish berish (hayotga xavf bo‘lgan hollar mustasno).
Milliy gvardiya xizmatchisiga qanday unvonlar beriladi?
Harbiy unvonlar.
Maxsus vositalarga nimalar kiradi?
Qo‘l kishanlari, rezina tayoq, ko‘zdan yosh oqizuvchi vositalar va boshqalar.
Milliy gvardiyaning asosiy vazifalaridan biri nima?
Jamoat xavfsizligini ta’minlash.
Xodim fuqarodan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni talab qila oladimi?
Ha, huquqbuzarlik sodir etishda shubha qilinganda.
Qachon jismoniy kuch ishlatish mumkin?
Qarshilikni qaytarish va jinoyatchini ushlash uchun.
Xizmatchilar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lishi mumkinmi?
Yo‘q, a’zolik to‘xtatiladi.
Xodim xizmat guvohnomasini qachon ko‘rsatishi shart?
Fuqarolar talab qilganda yoki o‘zini tanishtirish zarur bo‘lganda.