A sektor
B sektor
D sektor
E sektor
F sektor
100

Qaysi talaffuz to’g’ri: «oq rangdagi tuxum sarig’ini ko’rmayapman» yoki «tuxumning oq rangli sarig’ini ko’rmayapman»?

Ikkinchisi, tuxumning sarig’i oq rangda bo’lmaydi. 

100

Beshta yigit bir etikda qolishi uchun nima qilish kerak?

Ularning har birining bittadan etigini yechib olish.

100

Uning balandligi ham, bo’yi ham, eni ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?

Harorat, vaqt.

100

Ikki marta tugʻiladi, bir marta oʻladi

Joʻja. Birinchi marta (Tuxum shaklida): Tovuq tuxum qoʻyganida, joʻja embrion (tirik hujayra) sifatida birinchi marta dunyoga keladi, yaʼni tuxum ichida hayot boshlanadi. Ikkinchi marta (Tuxumdan chiqishi): tayyor joʻja tuxum poʻchogʻini yorib, yorugʻ dunyoga chiqadi. Bu uning ikkinchi marta tugʻilishi hisoblanadi.

100

Odamzod o’rgimchakka qarab, osma ko’priq qurishni o’rgandi, mushuklarni kuzatib, fotoapparat diafragmasi va nur qaytargichlarni kashf qildi. Qaysi hayvonni kuzatib shpritsni ixtiro qilishgan?

Ilon. U oʻz oʻljasini chaqqanda, uning ichi boʻsh naychasimon tishlari dori yuboradigan igna vazifasini bajaradi.

200

Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun moʻljallanmagan. Lekin butun dunyodagi ularning yurgan “yoʻli”ni hisoblasak, avtomobil va samolyot bosib oʻtgan masofadan ham ortib ketadi. Bu nima?

Soat

200

Eng koʻp haqorat eshitadigan kishilar kimlar?

Futbol hakamlari

200

Ingliz tilidagi "almost" soʻzi tilshunoslikda oʻzining noyob rekordi bilan mashhur. Gap shundaki, maʼlum bir yashirin qoidaga koʻra, bu soʻz ingliz tilidagi eng uzun soʻz hisoblanadi. Ushbu rekord qanday shart asosida oʻrnatilganini aniqlang.

Bu soʻzning barcha harflari alifbo tartibida (A-L-M-O-S-T) ketma-ket joylashgan. "Almost" — harflari alifbo tartibida joylashgan eng uzun inglizcha soʻzdir! 

200

Bu roʻyxatda it birinchi oʻrinni egallaydi. Ot esa ushbu roʻyxatda oxirgi oʻrinlardan birida turadi.

SAVOL: Bu qanday roʻyxat boʻlishi mumkin?

Xonakilashtirilgan hayvonlar roʻyxati (Inson tomonidan it birinchi boʻlib xonakilashtirilgan, ot esa deyarli oxirgi xonakilashtirilgan hayvon hisoblanadi).

200

Hatto eng katta kastryulkaga ham uni solib bo’lmaydi. U nima?

O’sha kastryulkaning qopqog’i.

300

Bu shaxmat donasi sababli oʻrta asrlarda arab shohlari bu oʻyinni oʻynashni istashmagan.

Ot, sababi islom dinida hayvon tasviri mumkin emas.

300

Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?

Qaynatilgan tuxumni.

300

1943-yil 27-noyabrda militsiya xodimlari soni kamayib ketgani sababli bir qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror tufayli militsiya safi yana toʻldiriladi. Bu qanday qaror edi?

Oʻsha kundan boshlab ayollar ham militsiya organlariga ishga qabul qilina boshlandi.

300

 Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy taʼsiri toʻgʻrisida tajribalar oʻtkazdi. Ularning aniqlashicha, televizor yonida koʻp oʻtirish koʻz kasalliklarini keltirib chiqarar ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos boʻlgan kasallikni keltirib chiqarmoqda, deya maʼlumot berishdi.Bu qanday kasallik? 

Semizlik

300

Bir boyvachcha honim xizmatkoriga: “Men oʻlsam, boyligimni senga xatlab beraman”, – deydi. Keyin yana bir gap aytadiki, xizmatkor uning uzoq umr koʻrishini xohlaydi. Savol: Xizmatkor nega honimning uzoq yashashini istagan?

Chunki honim “Qancha yashasam, boyligimning shuncha foizi seniki boʻladi”, – degan.

400

Nemis kimyogarlari Frans Fisher va Gans Tropsh 1924-yilda uglerod oksidi va vodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqyosida olishning yangi usulini ochdilar. Nimani olishning yangi usulini topdilar?

Benzin (Sintetik yoqilgʻi)

400

Eronning yoqimli shahri Yazd choʻl bilan oʻralgan boʻlishiga qaramay, oʻzining anorlari bilan mashhur. Yazdliklar anorlarini qadimiy usulda yeyishadi: anorni erta maydalab (ezib), keyin yuqori qismidan teshik ochib, suvini ichishadi.Ayting-chi, nega yazdliklar anorni bunaqa usulda isteʼmol qilishadi? 

Katta Yazd anorining sharbati oʻtkir boʻlib, undan qolgan dogʻni olib tashlash uchun koʻp suv kerak boʻladi. Choʻl aholisi uchun esa bir tomchi suv ham oltin bilan tengdir. Suvni isrof qilmaslik (kiyimlarni yuvishga suv sarflamaslik) uchun anorni mana shunday usulda ichishadi.

400

 Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz kishilar ovozi”, deya taʼriflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi, degan aqida bor. SAVOL: Gap nima haqida ketmoqda?

Hushtak chalish (Uydan baraka qochadi yoki yomonlik chaqiradi degan irimlar nazarda tutilgan).

400

Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.

Sigir burchakdan boshining yarimini chiqarib poylamoqda.

400

U savol emas, lekin unga javob berish kerak. 

Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi. 

500

Siz qamoqdasiz va qarshingizda ikkita eshik bor.Birinchi eshik ozodlikka olib chiqadi, ikkinchisi esa o‘limga. Qaysi biri qayerga olib borishini bilmaysiz.Har bir eshik oldida bittadan eshikbon turibdi. Ulardan biri doimo haqiqatni gapiradi, ikkinchisi esa doimo yolg‘on gapiradi. Siz ulardan qaysi biri to‘g‘ri, qaysi biri yolg‘onchiligini ham bilmaysiz.Siz ozodlikka chiqish uchun eshikbonlarning faqat bittasiga va faqatgina bitta savol berish huquqiga egasiz. Ozodlik eshigini aniq topish uchun qanday savol bergan bo‘lardingiz?

Eshikbonlarning ixtiyoriy bittasiga borib: "Agar men sherigingizdan 'Ozodlik eshigi qaysi?' deb soʻrasam, u menga qaysi eshikni koʻrsatgan boʻlardi?" deb savol berasiz.Har ikki holatda ham (haqiqatgoʻy ham, yolgʻonchi ham) sizga oʻlim eshigini koʻrsatadi.Siz esa shunchaki ular koʻrsatgan eshikning narigisiga (teskarisiga) kirib, ozodlikka chiqasiz.

500

Bir podshoh oʻzining ikki oʻgʻliga shunday shart qoʻydi: "Ikkalangiz sahro boʻylab ot poygasi qilasiz. Kimning oti marraga eng oxirgi boʻlib yetib kelsa, butun boyligim va taxt oʻshaniki boʻladi". Akalar sahroda otlarini toʻxtatib, bir necha kun kutib oʻtirishdi, chunki hech kim birinchi yurishni istamasdi. Keyin ular bir donishmand oldiga borib maslahat soʻrashdi. Donishmand ularga birgina gap aytdi va akalar darhol otlariga sakrab minib, marra sari bor tezlikda chopib ketishdi.Savol: Donishmand ularga nima degan edi?

Donishmand ularga "Otlarigizni almashtiring", deb aytgan. Chunki shartga koʻra, kimning oti oxirgi kelsa, oʻsha yutadi. Bir-birining otiga minib marraga birinchi boʻlib yetib borsa, oʻzining oti ortda qolib, poygada gʻolib chiqadi.

500

Yurishning yugurishdan farqi nimada. Javob berishdan oldin bir joyda yugurish ham mavjudligini inobatga oling. Ba’zan esa yugurishda yurishdan sekinroq harakatlanish ham mumkin

Farqi tezlikda emas. Yurishda u yoki bu oyoq doimo yer bilan aloqa qilib turadi, yugurishda esa qisqa muddatga ikkala oyoq ham yerdan uzilishida.

500

Yer yuzida shunday bir oʻsimlik borki, uni yetishtiruvchi dehqonlar ham, uni qayta ishlovchi zavodlar ham hosilni asrab-avaylaydi. Biroq, yakunda bu oʻsimlikning 90 foizi (yoki asosiy qismi) ataylab kulga aylantiriladi, qolgan kichik bir qismi esa shunchaki axlatga otiladi. Bu qanday o`simlik 

Tamaki.

500

Ilk bor Amsterdam aeroportining kutish zalida oʻrnatilgan ushbu noodatiy avtomat atigi 5–10 dollar evaziga sizning birgina maxsus buyurtmangizni bir necha soniyada tayyorlab beradi. Savol: Kutish zalida turgan yoʻlovchilar ushbu avtomatga asosan nima buyurtma qilishadi?

Kutib olish bannerini (plakatini).
Agar siz aeroportda umringizda umuman koʻrmagan insoningizni kutib olayotgan boʻlsangiz, ushbu avtomatga uning ismi-sharifi va kasbini yozasiz. Qurilma esa sizga qoʻlingizda ushlab turish uchun chiroyli banner chop etib beradi.

M
e
n
u