Lutfiy necha yoshida vafot etgan?
99.
Alisher Navoiyning otasi kim bo'lgan?
G'iyosiddin kichkina.
Mohlaroyimning tahalluslarini ayting.
Komila, Nodira, Maknuna.
Lutfiyning qaysi g'azali turkona ruhda yozilgan?
"Xoh inon, xoh inonma" radifli g'azali.
Nodiraning turmush o'rtog'i kim bo'lgan?
Amir Umarxon
Nima uchun Lutfiyning ismiga "Mavlono" qo'shilib aytiladi va nima uchun uni "Malik ul Kalom" deb ham atashgan?
U buyuk ustod (ustoz) bo'lgani uchun hurmat sifatida aytilgan va yana u o'z davrining eng buyuk shoirlaridan bo'lgani uchun "Malik ul Kalom" ya'ni so'z mulki sultoni degan ma'noda aytilgan.
Uning do'sti mashhur Temuriyzoda kim edi?
Husayn Boyqaro
Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat
Seli gʻamdin bu imorat boʻldi vayron oqibat.
Qaysi g'azaldan olingan parcha?
"Oqibat" radifli g'azal
Ko'p g'azallar an'anaviy ... baytdan iborat.
Yetti
Bobur uni dubaytiy deb ham atagan. U nima?
Ruboiy
Navoiyning qaysi asarlarida Lutfyning uzoq umr ko‘rgani va qabri haqida ham qimmatli ma’lumot beriladi: «...To‘qson to‘qqiz yoshida olamdin o‘tdi. Qabri Dehikanordadur, o‘z maskani erdi» deb aytiladi.
«Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» degan tasavvuf vakillari, shayx-avliyolar to‘g‘risidagi tazkirasida.
1466-1469-yillarda shoir qayerda ta'lim olgan?
Samarqandda
Umr yo'ldoshi vafotidan so'ng Nodira qanday muashshar yozib qoldirgan?
Firoqnoma
Irsoli masaldan foydalangan shoir kim?
Lutfiy
"Mantiq ut-tayr"ning muallifi kim?
Fariddin Attor
Shoir qanday janrlarda ijod qilgan?
G'azal, qit'a, ruboiy, tuyuq va fard.
1483–1485-yillari shoirning eng buyuk asari ... yaratildi.
Besh dostondan iborat «Xamsa».
Nechanchi yilda va kim Nodira va uning oilasini vahshiyona qatl etdi?
Buxoro amiri Nasrulloxon
Yuzungni tuttum ortuq oy-u kundin, «Kishining ko‘zidur, ore, tarozu». Bu bayt qaysi g'azaldan olingan?
"Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu..." radifli g'azal
Radif haqida so'zlab bering.
Arabcha «radif» so‘zi, aslida, otda suvoriyga mingashgan kishini anglatib, arab tilida «yo‘ldosh», «hamroh», «kеtma-kеt» dеgan ma’nolarda ham qo‘llanadi. Shunga ko‘ra, she’rda hamma vaqt qofiyadan kеyin, ya’ni unga «mingashib» yoki «yo‘ldosh bo‘lib» kеlgan bir so‘z yoki so‘zlar turkumining takrori «radif» dеb ataladi.
"Ayoqingg'a tushar har lahza gisu ..." g'azalini ma'nosi ayting va tahlil qiling.
Bu g'azalda shoir sevgilisini tariflab uni ko'rmoqchiligini aytadi. G'azal ishqiy tarzda yozilgan. Unda irsoli masal qo'llanilgan. G'azalhazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan.
1491/92-1498/99- yillarda shoir nima nomli yirik to'plam tuzadi?
"Xazoyin ul-maoniy"
Nodiradan nechta devon qolgan va ularning nomi?
Ikkita, Turkiy devon va "Devoni Maknuna"
U aruzning nisbatan murakkab turlaridan biri bo‘lmish hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf (yoki maqsur), ya’ni maf’uvlu – mafoiylu –mafoiylu – faulun (yoki mafoiyl) vaznida bitilgan. Taqte’si: – – V / V – – V / V – – V / V – – (yoki V – ~). Bu qaysi g'azal?
"Xoh inon, xoh inonma" radifli g'azal
G'azal haqida so'zlab bering.
G‘azal – musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko‘p tarqalgan lirik janr. U dastlab arab shе’riyatida milodiy VI–VII asrlarda paydo bo‘lib, kеyinchalik boshqa Sharq xalqlari so‘z san’atiga ham o‘tgan. XIII–XIV asrlarga kеlib shе’rning bu turi to‘la shakllangan va mukammal holga yеtgan. G‘azalning tuzilishi, mazmun-mavzusi va badiiy jihatlari bo‘yicha bir nеcha talab va o‘ziga xoslik bor. Avvalo, g‘azallar ko‘pincha ishqiy mavzuda bitiladi. Ammo ma’no-mazmun jihatidan Allohni maqtashga (hamd), Muhammad payg‘ambar(s. a. v.)ni ta’riflashga (na’t) bag‘ishlangan, rindona (may va mayxona bilan bog‘liq tasvirlarga asoslangan), orifona (pand-nasihat ruhidagi), tabiat go‘zalliklaridan zavqlanish asosidagi (pеyzaj) va boshqa g‘azallar ham yoziladi.