Najmiddin Kubroning mashhur so'zi qanday edi?
"Yo Vatan, Yo sharafli o'lim"
Jaloliddin Niso yaqinida o'zining necha nafar askari bilan mo'g'ullarning 700 kishilik pistirmadagi otryadini tor-mor etdi
300 ta askari bilan
Xoramshohga maktub yo'llagan Dehli sultoni kim edi?
Shamsuddin Eltutmish
Chig'atoy Ulusining poytaxti qayshi shahar edi?
Olmaliq ( hozirgi Xitoy hududida joylashgan qadimiy shahar)
Chig'atoy Ulusining sharqiy qismi nima deb yuritilgan?
Sharqiy Turkiston va Yettisuv Mo'g'iliston
Temur Malik qaysi shahar hokimi edi?
Xo'jand
Jaloliddin Manguberdi hamda Mo'g'ullar o'rtasidagi Sind daryosi bo'yidagi jang qachon bo'lib o'tdi?
1221-yilning 25-noyabrida
Jaloliddin Manguberdi Xalifa Nosir yuborgan 20 minglik qo'shinni qaysi jangda tor-mor keltirdi?
Basra yaqinidagi jangda
Chingizxonning to'rtinchi o'g'li Tuluga qayerlar ulus sifatida bo'lib berilgan?
Eron va Xuroson
Kimning vafoti bilan Chig'atoy xonadoni a'zolarining Movarounnahrdagi hukmronligi amalda tugaydi?
Qozonxon
Chingizxon qo'shinining uchinchi qismdagi 5000 chog'li qo'shinga kimlar bosh qilinib, Xo'jand va Banokatni egallash vazifasi topshirildi?
Uloq no'yon va Suketu Cherbi
Parvon dashtidagi g'alabadan so'ng qo'lga kiritilgan o'ljalarni taqsimlashda Jaloliddin Manguberdi lashkarboshilari o'rtasida o'zaro kelishmovchilik yuzaga keldi, Bu kelishmovchilik natijasida lashkarboshilardan kimlar qo'shindan ajrab ketdilar?
Sayfuddin Ag'roq, A'zam Malik va Muzaffar Maliklar
1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi qaysi shaharni jangsiz qo'lga kiritadi?
Marog'a shahrini
1309-yili Kebekxonning tashabbusi bilan o'tqazilgan qurultoyda taxtga kim chiqarildi?
Esan Buqa
Amir Qazag'onning o'g'li amirzoda Abdullohni kimlar taxtdan ag'darishdi?
Barlos urug'idan Amir Hoji Barlos boshchiligidagi bir guruh amaldorlar
Chingizxon o'zi bosh bo'lgan to'rtinchi asosiy qism qayerlarni istilo qilish uchun yo'l oldi?
Zarafshon vohasi tomon- Buxoro hamda Samarqand
Jaloliddin Manguberdi sakragan Sind daryosi hozirgi paytda nima deb ataladi?
Bir tomoni- "Ot sakrash" narigi tomoni- "Cho'li Jaloliy"
Jaloliddin Manguberdining jangdagi mardligiga qoyil qolib: "Zamonasining haqiqiy bahodiri, o'z tengqurlarini sarvari ekan" degan so'zlarni kim aytgan edi?
Taynol no'yon
Kebekxon zarb etgan yangi tangalar xalq orasida qanday nomni oladi?
"Kepaki"
Tug'luq Temur qachon Chig'atoy ulusining sharqiy qismida hukmdor bo'ldi?
1348-yil
Chingizxon Najmiddin Kubroga nimani taklif qildi?
Oilasi va shogirtlari bilan shaharni tark etishni
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi kimni 45 minglik qo'shin bilan jo'natdi?
Shixi Xutuxu no'yonni
Jaloliddin Manguberdining o'limini ko'pchilik mutaxasislar qanday omil sifatida baholashadi?
Arab xalifaligi tugatilishini tezlatgan omil sifatida
"Dorug'achi" so'zining ma'nosi nima
Mo'g'ul tilida biror hudud noibi, turkiyda "bosqoq' deb yuritilgan
Samarqanddagi qaysi madrasada talabalarning darsni o'zlashtirishiga qarab oylik maosh belgilangan?
Tamg'achxon madrasasida