Moliyaviy risk nima va u qanday holatlarda yuzaga keladi?
Moliyaviy risk — pul mablag‘lari yoki investitsiyalar bilan bog‘liq zarar ko‘rish ehtimolidir. U iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor beqarorligi yoki noto‘g‘ri boshqaruv sabab yuzaga keladi.
Foiz stavkasi riski nima?
Foiz stavkalarining o‘zgarishi natijasida moliyaviy yo‘qotish yuzaga kelish ehtimoli foiz stavkasi riski deyiladi.
Diversifikatsiya moliyaviy riskni kamaytirishda qanday rol o‘ynaydi?
Mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash orqali ehtimoliy zarar kamaytiriladi.
Korxonaning moliyaviy barqarorligi risklarga qanday bog‘liq?
Risklar oshsa korxonaning to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligi pasayadi.
Yomgʻirda qargʻa qanday daraxtga qoʻnadi
Nam boʻlgan daraxtga
Moliyaviy risklarning asosiy turlari qaysilar?
Kredit riski, bozor riski, likvidlilik riski, valyuta riski, foiz stavkasi riski va operatsion risk asosiy turlar hisoblanadi.
Investitsiya riski qanday omillarga bog‘liq?
U bozor holati, inflyatsiya, siyosiy vaziyat va iqtisodiy barqarorlikka bog‘liq.
Hedjirlash (hedging) usuli nima
Hedjirlash — kelajakdagi zarar xavfini kamaytirish uchun maxsus moliyaviy vositalardan foydalanish usulidir.
Kredit reytingi moliyaviy riskni baholashda qanday ahamiyatga
Kredit reytingi qarz oluvchining ishonchlilik darajasini ko‘rsatadi va riskni aniqlashga yordam beradi
Mashina rulni oʻngga burganda qaysi gʻildiragi burilmaydi
Zaxira gʻildirak
Kredit riski deganda nima tushuniladi?
Kredit riski — qarz oluvchining kreditni o‘z vaqtida qaytarmaslik ehtimolidir.
Operatsion risk tushunchasini izohlang.
Operatsion risk — xodim xatosi, texnik nosozlik yoki ichki tizimdagi muammolar tufayli zarar yuzaga kelish xavfidir.
Sug‘urtalash moliyaviy risklarni kamaytirishda qanday yordam beradi?
Sug‘urta ehtimoliy zararlarni qoplash orqali moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytiradi.
Moliyaviy leverage risk darajasiga qanday ta’sir qiladi?
Qarzdorlik oshgani sari foyda imkoniyati ham, zarar xavfi ham ortadi.
Tungi 12 da yomgʻir yogʻsa yana 72 soatdan keyin quyoshli ob havo boʻlishi mumkinmi
Yoʻq 72 soatdan keyin yana tun boʻladi
Likvidlilik riski qanday paydo bo‘ladi?
Korxona yoki bankning qisqa muddatli majburiyatlarini bajarish uchun yetarli pul mablag‘i bo‘lmaganda yuzaga keladi.
Bozor riski nima va u qanday baholanadi?
Bozor riski — aktivlar narxining o‘zgarishi tufayli zarar ko‘rish ehtimoli. U statistik tahlil va prognozlash orqali baholanadi.
Banklarda risklarni boshqarish tizimi qanday tashkil etiladi?
Risklar aniqlanadi, tahlil qilinadi, baholanadi va ularni kamaytirish choralari ishlab chiqiladi
Risk va daromadlilik o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiring
Odatda yuqori risk yuqori daromad imkoniyatini beradi, past risk esa kamroq daromad keltiradi
Mantiqan oʻylab ayting kartoshka dastlab qayerda paydo boʻlgan
Tuproqda
Valyuta riski korxona faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?
Valyuta kursining o‘zgarishi eksport-import operatsiyalaridan keladigan foyda yoki zarar miqdoriga ta’sir qiladi.
Inflyatsiya moliyaviy risklarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Inflyatsiya pulning xarid qobiliyatini pasaytiradi va investitsiya daromadini kamaytiradi.
Ochiq valyuta pozitsiyasi nima va uning xavfi nimada?
Ochiq valyuta pozitsiyasi — aktiv va majburiyatlar o‘rtasidagi valyuta farqidir. Kurs o‘zgarishi zarar keltirishi mumkin.
Moliyaviy risklarni kamaytirishning zamonaviy usullarini sanab bering
Diversifikatsiya, sug‘urtalash, hedjirlash, monitoring, tahlil va zamonaviy risk-menejment tizimlari qo‘llaniladi
Bir necha soniya va kunlarda uni topish mumkin, ammo yillar va asrlarda uni topib boʻlmaydi. Bu nima
N harfi