Oʻzbekiston choʻllarida yashovchi zaharli oʻrgimchak turi qaysi?
Javob:Qoraqurt
Togʻlarda keng tarqalgan ignabargli daraxt qaysi?
Javob:Archa
Oʻzbekistonning eng baland choʻqqisi qaysi togʻ tizmasida joylashgan?
Javob: Hisor togʻ tizmasi
Oʻzbekiston hududidagi eng sersuv daryo qaysi?
Javob:Amudaryo
Oʻzbekiston iqlimi asosan qaysi iqlim turiga kiradi?
Javob: Keskin kontinental iqlim.
Oʻzbekistonda eng tez yuguradigan yovvoyi hayvon qaysi hisoblanadi
Javob:Jayron
Fargʻona vodiysida koʻp uchraydigan mevali daraxt qaysi?
Javob: Yongʻoq daraxti.
Qaysi togʻ tizmasi Fargʻona vodiysini shimol tomondan oʻrab turadi?
Javob: Qurama va Chatqol togʻlari
Sirdaryo daryosi qaysi ikki daryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi?
Javob: Norin va Qoradaryo daryolarining qoʻshilishidan.
Iqlimning quruq boʻlishiga asosiy tabiiy sabab nima?
Javob: Okean va dengizlardan uzoqda joylashgani.
Oʻzbekistonda uchraydigan eng katta yirtqich qushlardan biri qaysi?
Javob:Burgut
Orolboʻyi hududida koʻp uchraydigan shoʻrga chidamli oʻsimlik qaysi?
Javob:Yulgʻun
.
Nurota togʻlari qaysi ikki viloyat oraligʻida joylashgan?
Javob: Jizzax va Navoiy viloyatlari oraligʻida.
Qaysi daryo Toshkent viloyati hududidan oqib oʻtadi va elektr energiyasi olishda muhim ahamiyatga ega?
Javob: Chirchiq daryosi.
Oʻzbekistonda eng issiq hududlardan biri qaysi?
Javob:Termiz
Orolboʻyi hududida uchraydigan, suvda ham quruqlikda ham yashovchi sudralib yuruvchi hayvon qaysi?
Javob: Oʻrta Osiyo toshbaqasi
Oʻzbekistonda dorivor oʻsimlik sifatida mashhur boʻlgan oʻsimlik qaysi?
Javob : Isiriq
Oʻzbekiston togʻlarida muzliklar asosan qaysi hududlarda uchraydi
Javob: Hisor va Chatqol togʻlarining baland qismlarida.
Oʻzbekistondagi eng uzun ichki daryolardan biri boʻlgan Zarafshon daryosi qayerga borib quyiladi?
Javob: Choʻl hududlarida yoʻqolib ketadi.
Qaysi shamol turi bahorda sovuq havo olib kirib, ekinlarga zarar yetkazishi mumkin?
Javob: Sovuq Arktika havo oqimlari.
Qizilqum choʻlida yashovchi, qum rangiga moslashgan kaltakesak turi qanday ataladi?
Javob: Agama kaltakesagi
Oʻzbekiston choʻllarida eng koʻp uchraydigan daraxtsimon oʻsimlik qaysi?
Javob:Saksavul
Tyan-Shan togʻ tizmasining Oʻzbekiston qismida muzliklarning saqlanib qolishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil nima?
Javob: Yuqori balandlik, past harorat va doimiy qor chizigʻining mavjudligi
Oʻzbekistondagi eng yirik sunʼiy kanal qaysi daryo suvidan foydalanadi?
Javob: Amudaryo suvidan foydalanadigan Amu–Buxoro kanali.
Respublikada yoz oylarida havo haroratining juda yuqori boʻlishiga asosiy sabab nima?
Javob: Havo namligining kamligi va quyosh radiatsiyasining kuchliligi