Buxoro xonligidagi shayboniylar sulolasining so'nggi hukmdori kim bo'lgan?
Pir Muhammadxon II
Boqi Muhammad shayboniylardan hukmronlikni tortib olgach, ashtarxoniylarning qancha vaqtlik hukmronlik davri boshlandi?
Bir yarim asrlik
Yalangto'sh Bahodir qaysi hukmdorni taxtga o'tqazishda faol qatnashgan?
Imomqulixonni
Nadr Muhammad qaysi yillarda taxtni boshqargan?
1642-1645-yillarda
Aulfayzxon taxtni necha yil boshqargan?
36 yil (1711-1747)
Zuhrabonu qaysi hukmdorning qizi bo'lgan?
Iskandarxonning
Vali Muhammad taxtni qancha vaqt boshqargan?
6 yil
Yalangto'sh Bahodirga qanday unvon berilgan edi?
Otaliq
Nadr Muhammad qaysi shaharga ketayotganda vafot etgan?
Makka
Abulfayzxondan avvalgi hukmdor taxtni qaysi yillar orasida boshqardi?
1702-1711-yillar (Ubaydullaxon)
Xorazm, Balx, Marv kabi shaharlarni o'z izmiga solishga muvaffaqiyat bo'lgan ashtarxoniy hukmdor kim edi?
Boqi Muhammad
Boqi Muhammadxon mamlakat yaxlitligini saqlash uchun safaviylar va yana kimlar bilan kurash olib borishga majbur bo'lgan?
Qozoq xonlari bilan
1648-yil 200 000 kishilik qo'shin bilan Balxga yurish qilgan hukmdor kim bo'lgan?
Abdulazizxon
Nadr Muhammad mamlakat viloyatlarini farzandlari, nabiralari va yana kimlarga bo'lib bergan?
Jiyanlariga
Nodirshoh ixtiyoriga Buxorodan jo'natilgan 10 000 kishilik qo'shinga kim qo'mondon etib tayinlandi?
Muhammad Rahim
Joni Muhammad va Zuhrabonudan tug'ilgan farzandlar kimlar edi?
Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad
Boqi Muhammadning ota tomonidan bobosi kim bo'lgan?
Yor Muhammad
Manbalarda Yalangto'sh Bahodirning ismi Yalangto'sh ... deb yozilgan.
Nuqtalar o'rnini to'ldiring!
Biy
1645-yili Movarounnahrga qozoqlar hujum qilib, qaysi shahargacha kirib keladilar?
Xo'jandgacha
Abulfayzxon va Nodirshoh o'rtasida shartnoma imzolangan hudud - Chorbakr qo'rig'i qaysi daryo bo'yida joylashgan edi?
Zarafshon
Safaviy shoh Abbos Vali Muhammadxon huzuriga qanday taklif bilan elchilar yuboradi?
“Yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik” taklifi bilan
Boqi Muhammad davrida Andxud, Shibirgʻon, Chechaktu, Maymana, Faryob – Murgʻob daryosigacha boʻlgan yerlar, erkin , ... , ... ham oʻzbek davlati ixtiyoriga qaytariladi.
Nuqtalar o'rnidagi ikki hududni ayting!
Bag'lon va Badaxshon
1640-yil Imomqulixon Moskvaga noma yoʻllab, unda Rossiyaning kimlarga qarshi kurashida Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligida 12 amir va katta qoʻshin yuborishga tayyor ekanligini bildirgan?
Qalmiqlarga
Nadr Muhammad tomonidan qozoqlarni quvib chiqarish uchun kim jalb etilgan?
Abdulazizxon
Abulfayzxon davrida mustaqil mulklarga aylangan viloyatlar qaysilar edi? (5 ta)
Toshkent, Xo'jand, Balx, Badaxshon, Hisor