Multfilmlar
1997-yil
Avstraliya
Logotiplar tarixi
Fransuzlar
10

"Nemoning izidan" (Finding Nemo) multfilmida Nemo va uning otasi Marlin qaysi turdagi baliqlar hisoblanadi?

Masxaraboz baliq (Clownfish)

10

1997-yilda rejissyor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan va dunyo tarixidagi eng kassabop filmlardan biri. Bosh rollarni Leonardo Dikaprio va Keyt Uinslet ijro etgan. Qaysi film?

Titanik

10

Sidney va Melburn shaharlari o'rtasidagi raqobatni tugatish uchun 1913-yilda maxsus loyiha asosida qurilgan shahar qaysi?

Kanberra (Canberra)

10

Ushbu dunyoga mashhur internet-do'kon logotipida pastki qismda sariq rangli "tabassum" bor. Lekin u shunchaki kulgi emas, balki "A" harfidan "Z" harfiga qarab yo'nalgan strelkadir. Bu kompaniyada hamma narsani topish mumkinligini anglatadi.

Amazon

10

"G'ariblar" (Les Misérables) va "Notr-Dam ibodatxonasi" kabi o'lmas asarlar muallifi. U nafaqat yozuvchi, balki Fransiyaning ma'naviy yetakchilaridan biri bo'lgan.

Viktor Gyugo

20

"Qirol Sher" multfilmida Simbaning do'stlari Timon va Pumbaa qaysi hayvonlar turiga kiradi?

Timon — Surikat, Pumbaa — Yovvoyi cho‘chqa (Warthog)

20

1997-yil 31-avgust kuni Parijdagi avtohalokat natijasida butun dunyo motam tutgan "Xalq malikasi" (The People's Princess) laqabi bilan mashhur bo'lgan shaxs kim edi?

Malika Diana (Princess Diana)

20

Avstraliya o'rmonlarining deyarli 75 foizini tashkil etuvchi bu daraxtlar turi o'zidan o'ta yonuvchan moy ajratib chiqaradi. Bu moy o'rmon yong'inlari paytida portlash effektini berishi mumkin, lekin daraxtning o'zi yong'indan keyin urug' sochishga moslashgan. Bu qaysi daraxt?

Evkalipt (Eucalyptus)

20

Ushbu Yaponiya avtomobil brendining logotipi ichma-ich o'tgan uchta ellipsdan iborat bo'lib, u igna ko'zidan o'tayotgan ipni eslatadi. Bu kompaniyaning o'tmishda to'quv dastgohlari ishlab chiqarganiga ishoradir.

Toyota

20

Ushbu fransuz rassomi "Taassurot" (Impression, soleil levant) asari bilan san'atdagi kutilmagan bir yo'nalishga — Impressionizmga asos solgan. Uning Giverni shahridagi bog'i va nilufar gullari tasvirlangan turkum asarlari dunyoga mashhur.

Klod Mone

30

Bu personaj suv ostida, "Bikini Bottom" shahrida istiqomat qiladi va uning uyi ananas shaklida. U kim?

SpongeBob SquarePants

30

1997-yil iyun oyida Buyuk Britaniyada J.K. Roulingning birinchi kitobi nashrdan chiqdi va butun dunyoda sehrgarlar olamiga qiziqishni uyg‘otdi. Bu qaysi kitob ekanligini aniq ayting.

Garri Potter va hikmatlar toshi (Harry Potter and the Philosopher's Stone)

30

Dunyodagi sutemizuvchilarning faqat ikki turi tuxum qo'yadi va ularning ikkalasi ham Avstraliyada yashaydi. Ulardan biri O'rdakburun bo'lsa, ikkinchisi qaysi?

Yexidna

30

Ushbu dunyoviy logistik kompaniyaning logotipida "E" va "X" harflari orasidagi bo'shliqda o'ngga qaragan oq strelka (ko'rsatkich) yashiringan. Bu kompaniyaning aniqligi va tezligini bildiradi.

FedEx

30

1799-yilda Napoleonning Misr yurishi paytida topilgan va qadimgi Misr iyerogliflarini o‘qish (shifrlash) imkonini bergan "Rozetta toshi"ni tahlil qilib, butun bir sivilizatsiya sirlarini ochgan fransuz olimi kim?

Jan-Fransua Shampolion

40

Qaysi multfilm butunlay "kompyuter grafikasi" (CGI) yordamida yaratilgan tarixdagi birinchi to'liq metrajli film hisoblanadi?

O'yinchoqlar tarixi (Toy Story)

40

1997-yilda IBM kompaniyasining "U" nomli superkompyuteri tarixda birinchi marta shaxmat bo'yicha amaldagi jahon chempionini Garri Kasparovni mag'lub etdi. O'sha superkompyuterning nomi qanday edi?

Deep Blue

40

Avstraliyadagi chorvachilikni (ayniqsa qo'ychilikni) himoya qilish maqsadida XIX asrda qurilgan va uzunligi 5 600 kilometrdan ortiq bo'lgan dunyodagi eng uzun to'siqlardan biri qanday nomlanadi?

Dingo to'sig'i (Dingo Fence)

40

Ushbu mashhur shokolad brendi logotipida Shvetsariyadagi Matterhorn tog'i tasvirlangan. Agar diqqat bilan qarasangiz, tog' tasviri ichida ayiq siluetini ko'rishingiz mumkin. Bu qaysi brend?

Toblerone 

40

Sut va ichimliklarni uzoqroq saqlash imkonini beruvchi jarayon  uning nomi bilan ataladi. Shuningdek, u quturish va kuydirgi kasalliklariga qarshi birinchi vaksinalarni yaratgan.

Lui Paster

50

Disney studiyasining logotipidagi mashhur qasr "Uyqudagi go'zal" multfilmidan olingan. Ushbu qasr hayotda qaysi davlatdagi real saroy asosida chizilgan?

Germany

50

1997-yilda olimlar sutemizuvchi hayvonni klonlashtirish bo'yicha muvaffaqiyatli tajribani e'lon qilishdi. Dunyoga mashhur bo'lib ketgan o'sha klonlashtirilgan qo'yning ismi nima edi?

Dolli (Dolly)

50

Avstraliyaning qoq markazida (cho'lda) joylashgan, quyosh nuri ostida rangini o'zgartiradigan va tubjoy aholi uchun muqaddas hisoblangan ulkan monolit qoya qanday nomlanadi?

Uluru (Ayers Rok)

50

Ushbu mashhur muzqaymoq brendining logotipiga (pushti va ko'k rangli) diqqat bilan qaralsa, o'rtadagi "B" va "R" harflarining pushti qismlari "31" raqamini hosil qiladi. Bu raqam kompaniyaning har bir kun uchun alohida ta'mi borligini bildiradi.

Baskin-Robbins

50

Fransuz ma'rifatparvarlaridan biri bo'lgan ushbu faylasuf "Jamiyat shartnomasi" asari bilan mashhur. Uning "Inson ozod bo'lib tug'iladi, biroq hamma yerda u kishanlangan" degan gapi inqilobchilar uchun shiorga aylangan.

Jan-Jak Russo

M
e
n
u