Meni tanla
Meni tanla
Meni tanla
Meni tanla
Meni tanla
1

⏰ Darsga 15 daqiqa kechikdingiz. Eshik oldida turibsiz, dars allaqachon boshlangan.

Shovqin qilmasdan, o‘qituvchidan ruxsat so‘rab kirish. Keyingi safar vaqtida kelish. 

Qoida:

Talaba darslarga o‘z vaqtida kelishi va sababsiz kechikmasligi kerak.

1

🗣️ Guruhdoshingiz sizga qo‘pol gapirdi. Siz ham unga javoban haqorat qilmoqchisiz.

Vaziyatni janjalga aylantirmaslik, xotirjam muloqot qilish.

Qoida:

Haqorat, qo‘pollik, tahdid, masxara va shaxsiyatga tegishga yo‘l qo‘yilmaydi.

1

🔊 Darsdan chiqib yo‘lakda do‘stlaringiz bilan juda baland ovozda gaplashyapsiz. Yaqin xonalarda dars davom etmoqda.

Ovoz balandligini pasaytirish va boshqalarga xalaqit bermaslik.

Qoida:

Yo‘laklarda baland ovozda gaplashmaslik va boshqalarga xalaqit bermaslik kerak. Dars vaqtida karidorda behuda yurmaslik.

1

🎰 Guruhdagi talabalar universitet hududida pul tikib o‘yin o‘ynashni taklif qilishdi. “Shunchaki hazil-ku”, deyishmoqda.

Ishtirok etmaslik va bunday o‘yinni tashkil etmaslik.

Qoida:

Universitet hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish yoki o‘ynash taqiqlanadi.

1

🤝 Guruhdoshingiz sizdan yordam so‘radi.

Lekin u:

“Menga tayyor javobni yubor. O‘zim yozgandek topshiraman.”

YORDAM BERASIZMI?

❌ Tayyor ishni o‘z nomidan topshirishiga yordam bermaysiz.

Yordam berish mumkin. Lekin akademik halollik buzilmasligi kerak.

Qoida:📌 Akademik xulq-atvor qoidalari

Akademik topshiriqlar mustaqil va halol bajarilishi kerak. Ko‘chirish, plagiat, soxta ma’lumot va akademik firibgarlikka yo‘l qo‘yilmaydi.

2

📝 Imtihonda yoningizdagi talabaning javoblari ko‘rinib turibdi. O‘zingiz esa ayrim savollarga javob bilmaysiz.

Ko‘chirmaslik va mustaqil javob berish.

Qoida:

Akademik topshiriqlarni mustaqil va halol bajarish, ko‘chirish va akademik firibgarlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak.

2

📸 Guruhdoshingiz darsda uxlab qolgan. Siz uni suratga olib, guruh chatiga tashlamoqchisiz.

Suratni roziligisiz tarqatmaslik.

Qoida:

Boshqa shaxsning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlar va foto-video materiallarni roziligisiz noo‘rin tarqatish taqiqlanadi.

2

🙋‍♀️ Universitetda o‘qituvchingizga duch keldingiz. U bilan oddiy do‘stingizdek “Salom, nima gap?” deb gaplashmoqchisiz.

Rasmiy muhitda hurmat bilan, “Siz” deb murojaat qilish.

Qoida:

Rasmiy muhitda “Siz” deb murojaat qilish odob me’yorining asosiy shakli hisoblanadi.

2

👥 Dekanat oldida navbat.

Siz shoshilyapsiz. Oldingizda 5 nafar talaba turibdi.

Do‘stingiz esa:

“Kel, oldinga o‘tib olamiz.”

SIZ NIMA QILASIZ?

Shoshilish — boshqalarning huquqini chetlab o‘tish uchun sabab emas. 

Qoida:

Umumiy foydalanish joylarida navbat va tartibga rioya qilish, boshqalarning huquqlarini hurmat qilish talab etiladi.

2

❗ Sizda universitetdagi bir muammo bo‘yicha e’tiroz bor.

Do‘stingiz:

“Telegram guruhiga yozib tashla!”

Boshqa biri:

“O‘qituvchini hammaga yomonlab chiq!”

ENG TO‘G‘RI YO‘L QAYSI?

✅ Belgilangan tartibda murojaat qilish.

Muammoni omma oldida kuchaytirishdan ko‘ra, muloqot va rasmiy murojaat yo‘lidan foydalanish to‘g‘ri.

Qoida:📌 18-band

Nizoli vaziyatlarda dialog, tushuntirish va belgilangan tartibda murojaat qilish ustuvor hisoblanadi.

3

📱 Dars paytida telefoningizga xabar keldi. Juda muhimdek tuyuldi.

Telefonni o‘zboshimchalik bilan ishlatmaslik; zarur va uzrli holat bo‘lsa, o‘qituvchidan ruxsat so‘rash.

Qoida:

Dars, imtihon va rasmiy tadbirlarda ruxsatsiz telefon ishlatish taqiqlanadi.

3

📲 Universitet yoki o‘qituvchi haqida ijtimoiy tarmoqda sizga yoqmagan holat yuz berdi. Siz hissiyot bilan keskin va haqoratli post yozmoqchisiz.

Hissiyot bilan noto‘g‘ri yoki sha’niga zarar yetkazuvchi ma’lumot tarqatmaslik. Muammoni belgilangan tartibda bildirish.

Qoida:

Universitet, xodim yoki talabalar haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, chalg‘ituvchi yoki sha’niga zarar yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatilmaydi.

3

🎤 Tadbirda boshqa talaba gapiryapti. Siz esa do‘stingiz bilan gaplashib, kulib o‘tiribsiz.

Suhbatni to‘xtatish, so‘zga chiquvchini tinglash va osoyishtalikni saqlash.

Qoida:

Majlis va tadbirlarda so‘zga chiquvchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va tinchlikni saqlash shart.

3

🙋‍♀️ Darsda o‘qituvchi tushuntiryapti.

Sizning fikringiz bor va uni darhol aytmoqchisiz.

QANDAY YO‘l TUTASIZ?

Fikr bildirish huquqi bor. Ammo boshqalarning so‘zini bo‘lmasdan.

Qoida:📌 16–18-bandlar

Muloqot hurmat, xushmuomalalik va professional madaniyat asosida olib boriladi. Haqorat, qo‘pollik, masxara va shaxsiyatga tegishga yo‘l qo‘yilmaydi.

3

⚖️ Siz o‘qituvchining qaroridan norozi bo‘ldingiz.

Lekin sizning oldingizda ikki yo‘l bor:

1️⃣ Jahlingiz bilan bahslashish
2️⃣ Hurmat bilan o‘z fikringizni tushuntirish

QAYSINI TANLAYSIZ?

O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi munosabat o‘zaro hurmat, halollik va adolat tamoyillariga asoslanadi.

Qoida:📌 19-band

Talaba o‘qituvchiga hurmat bilan murojaat qilishi va akademik intizomga rioya qilishi kerak.

O‘qituvchi esa talabaning qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilishi, baholashda xolis bo‘lishi lozim.

4

💻 Referat tayyorlayapsiz yoki mustaqil ta'lim topshirig'i berildi. Internetdan tayyor material topdingiz va uni ism-sharifingiz bilan topshirishingiz mumkin. Yoki AI assistentingizga murojaat qilasizmi?

Manbani ko‘rsatish, o‘z fikringiz va tahlilingizni berish. AI dan faqat yordamchi sifatida foydalanish mumkin, o'rniga bajarib berishni so'rash kerak emas.

Qoida:

Plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi, o‘zganing intellektual mulki va mualliflik huquqi hurmat qilinadi.

4

👗 Universitetga kiyinish masalasi: tadbirga juda norasmiy kiyimda kelmoqchisiz.

Ta’lim muhitiga mos, ozoda va orasta kiyinish; rasmiy tadbirda klassik/rasmiy uslubni tanlash.

Qoida: Kiyim o‘qish va kasbiy muhitga mos, ozoda va vaziyatga muvofiq bo‘lishi kerak.

4

🪑 Auditoriyadagi parta yoki texnik jihozdan foydalanayotib, uni shikastlab qo‘ydingiz. “Hech kim ko‘rmadi”, deb ketishingiz mumkin.

Holatni yashirmaslik va mas’ul shaxsga xabar berish; universitet mulkiga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish.

Qoida:

Universitet binosi, mebel, texnika va boshqa mulkka ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish majburiy.

4

💡 Xonadan chiqyapsiz.

Chiroqlar yonib turibdi, konditsioner ishlayapti.

Xonada esa boshqa hech kim yo‘q.

SIZ NIMA QILASIZ?

✅ Resurslardan oqilona foydalanasiz.

Elektr, suv va boshqa resurslarni tejash — universitet madaniyatining bir qismi.

Qoida:📌 30-band

Tadbirlar va universitet hududida elektr energiyasi, suv va boshqa resurslardan oqilona foydalanish talab etiladi.

4

🪑 Auditoriyada stolga yozib qo‘yilgan yozuvni ko‘rdingiz.

Do‘stingiz:

“Qo‘yaver, baribir hech kim tekshirmaydi.”

SIZNINGCHA, BU MUAMMOMI?

✅ Ha, bu universitet mulkiga munosabat masalasi.

“Hech kim ko‘rmaydi” degan fikr mas’uliyatni bekor qilmaydi.

Haqiqiy madaniyat — nazorat bo‘lmaganda ham to‘g‘ri ish qilish.

Qoida:📌 Universitet mulkini asrash qoidalari

Universitet mulki va jihozlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ularni asrash talab etiladi. Qoidalarni namunali bajarish esa rag‘batlantirilishi mumkin.

5

👩‍🏫 O‘qituvchi bilan fikringiz to‘g‘ri kelmadi. Sizningcha, baholashda xato bor.

Bahslashib, ovoz ko‘tarmasdan, hurmat bilan fikringizni tushuntirish va belgilangan tartibda murojaat qilish.

Qoida:

Muammoli vaziyatda nizoni kuchaytirish emas, muloqot, tushuntirish va belgilangan tartibda murojaat qilish ustuvor.

5

🗑️ Universitet hovlisida qo‘lingizdagi chiqindi uchun axlat qutisi uzoqda. “Keyin kimdir yig‘ib oladi”, deb tashlab ketmoqchisiz.

Chiqindini belgilangan joyga tashlash.

Qoida:Universitet hududini toza saqlash va chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash kerak.

5

💰 Kimdir sizga bahoni yaxshilash uchun o‘qituvchiga “sovg‘a” qilishni taklif qildi.

Bunday taklifni qabul qilmaslik va korrupsion holatga qarshi turish.

Qoida:

Pora berish/olish, noqonuniy manfaatdorlik va xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5

🚪 Universitet binosida xavfsizlik qoidalarini buzayotgan holatni ko‘rdingiz.

Do‘stingiz:

“Aralashma, senga nima?”

SIZ NIMA QILASIZ?

✅ Xavfsizlik va kirish-chiqish tartiblariga rioya qilasiz.

Zarur holatda mas’ul shaxsga xabar berish — mas’uliyatli yondashuv.

Qoida:📌 Universitet hududida yurish-turish qoidalari

Universitet hududida xavfsizlik va kirish-chiqish tartiblariga rioya qilish majburiy.

5

TALABALARNING UNIVERSITETHUDUDIDAGI MAJBURIYATLARINI SANAB BERING.


tozalik va sanitariya qoidalariga rioya qilish;

·o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida sababsiz yurib ketmaslik;

·universitet mulki va jihozlarini asrash;

·o‘zaro suhbat va muomala odobiga rioya qilish;

·navbat va umumiy foydalanish joylaridagi tartibni saqlash;

·kutubxona yoki axborot-resurs hududlarida osoyishtalikni ta’minlash;

·sport va tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda belgilangan tartibga rioya qilish.


M
e
n
u