aylanma kassa mablagʻi
moliya yilida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori;
birinchi darajali budjet mablag'larini taqsimlovchi
O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs;
Budjet tizimi budjetlari
O'zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlaridan budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul mablagʻlari;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalari
qonunchilikda nazarda tutilgan manbalar hisobidan budjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag'lar;
Davlat budjetining birlamchi taqchilligi
muayyan davr uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlaridan davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha foiz toʻlovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat budjeti taqchilligi;
umumiy fiskal balans
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan ajratiladigan depozit, budjet ssudalari va kredit liniyalari hamda ularning qaytarilishi oʻrtasidagi farqni oʻz ichiga olgan jamlanma balans;
oʻtkazib beriladigan daromadlar
tegishli maʼmuriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi budjetga oʻtkaziladigan, ular qayerda shakllangan boʻlsa, keyinchalik oʻsha maʼmuriy-hududiy birlik budjetiga oʻtkazib beriladigan daromadlar;
oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya
oʻrta muddatli davr uchun soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi hujjat.
Budjet tashkilotiga tarif bering.
Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga koʻra tashkil etilgan, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot budjet tashkilotidir.
Budjet tizimi prinsiplari 5 ta
budjet tizimining yagonaligi;
budjet tizimining Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
budjet tizimi budjetlarining balansliligi va oʻzaro bogʻliqligi;
budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning aniq yoʻnaltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
ochiqlik.
Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va oʻzaro bogʻliqligi prinsipi
Budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yigʻindisining hajmiga muvofiq boʻlishi kerak.
Budjet tasnifining asosiy prinsiplari
toʻliqlik, yagonalik va oʻzaro muvofiqlik
Budjet tasnifining oʻzaro muvofiqligi prinsipi
budjet tasnifining kodlari bir vaqtning oʻzida budjet jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun qoʻllanilmasligini anglatadi.
Budjet tasnifining yagonalik prinsipi
budjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona budjet tasnifi qoʻllanilishini anglatadi.
Budjet tasnifi tushunchasi
Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat boʻlib, budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari boʻyicha kodlashdan iborat boʻladi.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi nimalardan iborat:
budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi;
daromadlarning turlari;
tashkiliy tasnif;
hududiy tasnif.
Daromadlar paragrafi nimalardan iborat boladi
soliqlarni, yigʻimlarni va davlat bojini, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlarni ularni undirish bazasi boʻyicha kodlashdan iborat boʻladi.
Tashkiliy tasnif nima maqsadda qo'llaniladi
kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni maʼmuriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qoʻllaniladi.
Hududiy tasnif nima maqsadda qo'llaniladi
kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud oʻtkazib berilayotgan tegishli maʼmuriy-hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qoʻllaniladi.
Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi nimadan iborat
ularni ichki va tashqi manbalar boʻyicha guruhlashdan iborat boʻladi.
Xarajatlarning dasturiy tasnifi
davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun mablagʻlar yoʻnalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdan iboratdir.
budjet jarayoni ishtirokchilari uchun budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yoʻqotishlarni baholash;
fiskal tavakkalchiliklar
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida ochiladigan, budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bog'liq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan tahliliy hisob registrlari;
shaxsiy g'azna hisobvaraqlari
Bonus
..