Kim Temurga nog‘ora va bayroq, ya’ni hokimiyat, saltanat ramzlarini topshirib, uning buyuk kelajagi haqida bashorat qildi?
Mir Sayyid Baraka
Amir Temurni yevropada nima deb ulug`lashgan?
Yevropaning xaloskori
Grinlo Amir Temurga bag`ishlab qanday asar yozgan?
“Temur va uning saroyiga oid xotiralar”
Amir Temurning 3 ustozini ayting?
Shayx Zayniddin Toyobodiy
Sayyid Kulol,
Sayyid Baraka
Amir Temur tomonidan Ozarbayjondagi qaysi shaharda 12 ta bog‘ barpo etildi?
Mug'on
Qaysi voqea Amir Husayin va Amir Temur o`rtasidagi eng so‘nggi rishtaning ham uzilishiga olib keldi?
1366-yili Amir Temurning xotini, Husaynning singlisi O‘ljoy Turkon og‘oning to‘satdan vafot etishi ikki amir o‘rtasidagi eng so‘nggi rishtaning ham uzilishiga olib keldi
Amir Temur kimni Ispaniyaga elchi qilib yuboradi.
Muhammadqozini
Qachon italiyalik olim Perondinoning “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” asari bosilib chiqdi?
1533-yil
Eronga qilingan besh yillik yurish natijasida qaysi sulolaga barxam beriladi?
muzaffariylar sulolasiga
1378-yilda Sohibqiron Samarqandning g‘arbida kimga atab Bog‘i Behisht nomli bog' qurdirgan?
suyukli xotini Xayrunnisoga
1370-yilgi Qurultoyda Shiburg‘on hokimi kimdan tashqari barcha amir va qabila
boshliqlari Amir Temur hokimiyatini tan oldilar?
Zinda Chashm
1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning qayerdagi qarorgohiga yuborildi?
Kichik Osiyodagi
"Esdaliklar" asari qachon va qayerda nashir qilingan?
1582-yil Sevilyada
Balx, Shiburg‘on va Bodhiz Amir Temur farmoni bilan kimga mulk qilib beriladi?
Mironshohga
1397-yilda Amir Temurning xotinlaridan biri Tukal xonim sharafiga qurilgan bog' nomini aniqlang?
Bog‘i Dilkusho.
Amir Temur davlatida kimlar “qo‘g‘irchoq” xonlar bo‘lib“ faolyat olib borgan?
Suyurg‘atmishxon va Sulton Mahmudxon
G‘arbda kim “katolik oqimining homiysi” sifatida shuhrat qozondi?
Mironshoh
2014-yil 22-avgustda qaysi shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi?
Termiz
Kimningning tug‘ilishi Mordin ahlini jazodan saqlab qolgan?
Mirzo Ulug`bekning
Temur qanday hunar yoki kasb bo‘lmasin, agar unda biron fazilat va foyda bo‘lsa, shu kasb egalariga g‘oyatda mehr qo‘yar edi. U munajjim u tabiblarni (o‘ziga) yaqin tutib, ularning gaplariga e’tibor qilar va so‘zlarini tinglardi... ushbu fikirlar kim tomonidan aytilgan?
ibn Arabshoh
1372-yilda Amir Temurga nisbatan suiqasd qayerda ro`y berdi?
O‘tror yaqinidagi Qarosomon mavzeyida
“Yaqinda Jerar Valter va Marsel Brion Amir Temurni o‘zlarining “Asrlar yodgorligi” asarlariga qahramon qilib tanlashdi va Sohibqironni “XV asr taqdirini hal qilgan inson” deb atashdi” ushbu fikir kimga tegishli?
Lyusen Keren
Germaniyaning Potsdam shahridagi qirol Fridrix saroyida ham Sohibqironning surati osilgan turibdi. Bu zal “Amir Temur zali” deyiladi ushbu ma'lumot qaysi asardan olingan?
“Amir Temur – Turon sultoni” asaridan
Uch yillik yurish davrida Amir Temur qayerlarni bo‘ysundirdi?
Ozarbayjon, Mozandaron, G‘ilonni
Amir Temur tomonidan qayerdan imoratsozlar va naqqoshlar olib kelindi?
Tabriz va Xorazmdan