Futbolda “offside” qoidasi qaysi holat bilan bog‘liq?
Hujumchi to‘p uzatilgan paytda raqib darvozasiga to‘pdan ham, ikkinchi oxirgi himoyachidan ham yaqinroq bo‘lishi bilan.
Falsafa so‘zi yunon tilidan tarjima qilinganda qanday ma’noni anglatadi?
Donolikni sevish.
“Titanic” filmida Jack Dawson rolini qaysi aktyor ijro etgan?
Leonardo DiCaprio.
CPU qisqartmasi nimani anglatadi?
Central Processing Unit.
Amir Temur davlatining poytaxti bo‘lgan shahar qaysi?
Samarqand.
Basketbolda bir o‘yinchi ketma-ket nechta shaxsiy fol qilsa, NBAda o‘yindan chetlatiladi?
6 ta fol.
“Men fikrlayapman, demak mavjudman” degan mashhur fikr kimga tegishli?
René Descartes.
“Harry Potter” filmlarida Harry Potter obrazini kim ijro etgan?
Daniel Radcliffe.
Android operatsion tizimini rivojlantiruvchi kompaniya qaysi?
Mirzo Ulug‘bek Samarqandda mashhur rasadxonasini qaysi asrda qurdirdi?
XV asrda.
Formula-1 tarixida eng ko‘p jahon chempionligi unvonini qo‘lga kiritgan ikki haydovchi kim?
Michael Schumacher va Lewis Hamilton — 7 tadan.
Aristotel qaysi qadimgi yunon faylasufining shogirdi bo‘lgan?
Platon.
“The Dark Knight” filmida Joker rolini ijro etgan aktyor kim?
Heath Ledger.
Wi-Fi texnologiyasi qurilmalarni asosan nima bilan ta’minlaydi?
Simsiz tarmoq va internetga ulanish imkoniyati.
1220-yilda Chingizxon qo‘shinlari tomonidan Movarounnahrdagi qaysi yirik shahar bosib olinganidan so‘ng hududdagi mo‘g‘ullar istilosi yanada kuchaydi?
Buxoro
Futbol tarixida bir kalendar yilida eng ko‘p gol urgan futbolchi kim?
Lionel Messi — 2012-yilda 91 ta gol.
Insonning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarini, axloqiy xatti-harakatlarini o‘rganuvchi falsafa sohasi nima?
Etika.
“Inception” filmining rejissyori kim?
Christopher Nolan.
QR koddagi “QR” qisqartmasi nimani anglatadi?
Quick Response.
Berlin devori qaysi yilda qulagan?
1989-yilda
100 metrga yugurishda erkaklar o‘rtasidagi jahon rekordini kim o‘rnatgan va rekord vaqti qancha?
Usain Bolt — 9,58 soniya.
Borliq, mavjudlik va “nima mavjud?” degan savollarni o‘rganuvchi falsafa bo‘limi nima deyiladi?
Ontologiya.
“Parasite” filmi qaysi davlat kinosiga tegishli va u 2020-yilda “Eng yaxshi film” Oscarini olgan birinchi ingliz tilida bo‘lmagan film bo‘lgan. Qaysi davlat?
Janubiy Koreya
Qubit deb ataladigan birlik qaysi turdagi kompyuterlarda ishlatiladi?
Kvant kompyuterlarida.
1453-yilda Konstantinopolning Usmonlilar tomonidan egallanishi qaysi imperiyaning tugashiga sabab bo'lgan
Vizantiya imperiyasining