Ochil buva necha yoshda edi?
93 yoshda.Qovun pishig'ida 94 ga kirar edi
Bektemir Akbaralining otasiga kim bo‘lgan?
Uning urushdagi o‘rtog‘i bo‘lgan.
Akbaralining familiyasi nima va u qayerda ishlaydi?
Familiyasi — G‘oziyev. U konda ishlaydi.
Akbarobod avval qanday nomlangan?
Shodasoy
Ochil buva safarga chiqishidan oldin nima bilan xayrlashadi?
Qishlog‘idagi qadimiy chinor bilan xayrlashadi.
Bektemirning tinch hayot haqidagi orzularidan ikkitasini ayting.
Ishga kirib mehnat qilish, oilasi bilan birga yashash, uy-joyli bo‘lish.
Kon falokati paytida Akbarali Bektemirga nima deydi va o‘zi qanday yo‘l tutadi?
Bektemirga qochishni aytadi, o‘zi vahimaga berilib qochadi.
Asarda o‘tmish va bugun qanday usulda bog‘lanadi?
Xotiralar orqali
Ochil buva chinor bilan yuzma-yuz turgan sahnada vaqt va joy qanday tasvirlangan?
Oppoq tong. Guzar va qishloq ko‘chalari kimsasiz. Ochil buva katta oq toshsupada tik turadi.
Bektemir transformatorni o‘chirishga yaqinlashish uchun Akbaralidan qanday amaliy yordam so‘raydi?
Yo‘lini to‘sib turgan og‘ir qutini ko‘tarish yoki siljitishga yordam berishini so‘raydi.
Akbaralining keyingi ruhiy iztirobiga sabab bo‘lgan ikki holatni ayting.
Birinchisi — yordam so‘ragan Bektemirni yolg‘iz qoldirgani. Ikkinchisi — Bektemirning jasorati o‘zining nomiga yozilgani.
Asarda ko‘proq qaysi tasvir usuli kuchli?
Psixologik tasvir
Nima uchun chinor Ochil buvaga oddiy daraxtdan ko‘ra qadrdon suhbatdoshdek tuyuladi?
Chinor uning umri, xotiralari va ajdodlar bilan bog‘liqligini eslatadi.
Bektemir nega xavfli joydan darhol qochib ketmaydi?
Ichkaridagi konchilarni o‘ylaydi. Transformator portlashi va yong‘in xavfining oldini olish uchun uni o‘chirishga urinadi.
Akbarali tirik bo‘lsa ham, nima sababdan uning nomiga yodgorlik qo‘yiladi?
Halok bo‘lgan Bektemir kiygan pidjakdan Akbaralining hujjatlari topiladi. Shu sabab odamlar halok bo‘lgan qahramonni Akbarali deb o‘ylaydilar.
Voqealarni sodir bo‘lish tartibida joylashtiring:
A) Akbarali qochadi.
B) Bektemir Akbaralining oldiga keladi.
C) Konda falokat xavfi tug‘iladi.
D) Akbarali pidjagini Bektemirga beradi.
B → D → C → A.
Ochil buvaning safari romanning tuzilishida qanday vazifa bajaradi?
Uning safari turli joylardagi avlodlar va insonlar taqdiri haqidagi qissalarni o‘zaro bog‘laydi.
Bektemirning fidoyiligi uning shaxsiy orzulari bilan qiyoslanganda qanday ma’no kasb etadi?
Uning ham yashash, ishlash va oilasi bilan baxtli bo‘lish orzulari bor edi. Shunga qaramay, xavfli vaziyatda boshqalarning hayotini saqlashni ustun qo‘yishi fidoyiligini yanada yaqqol ochadi.
Akbarali qanday xarakterli inson sifatida tasvirlanadi?
Irodasiz
Odam deb yashagan odam doimo tirik jumlasiga Akbarali qanday javob yozib qoldiradi?
O'zini deb yashagan - o'lik