Davlat shakli nima bilan bevosita bog'liq?
davlatning mohiyati bilan
Konstitutsiyaviy monarxiya qanday yuzaga kelgan?
o'rta asrlarda Yevropada ro'y bergan burjua inqilloblari natijasida
Aynan nima davlat shaklini belgilab beradi?
Xalqning jonli huquqiy ongi.
Noan'anaviy monarxiyaning respublika boshqaruv shakliga oid jihati qaysi?
Oliy amir saylov yo'li bilan belgilanib, u muayyan davrgacha vakolatli hisoblanishi.
Konfederatsiyaning federarsiyadan farqi nima?
federatsiya alohida davlatlarning yagona davlatga birlashish borasidagi ittifoqi bo'lsa, konfederatsiya mustaqil davlatlarning cheklangan sohalardagi ittifoqidir.
Germaniya, Italiya va Isroil kabi davlatlarda hukumat qanday shakllantiriladi?
Bunday parlamentar respublika shaklidagi davlatlarda hukumat parlamentga o'tkazilgan saylovlarda ko'pchilik o'rin olgan partiyalarga tegishli deputatlar tomonidan shakllantiriladi.
Qanday demokratik rejimda davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan kam ta'minlangan shaxslarga nisbatan kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshiriladi?
Sotsial-demokatik rejimda.
Davlat shakli eng avvalo nimalarga bog'liq bo'ladi?
Xalqning huquqiy ongi darajasiga, uning to'plagan tarixiy-siyosiy tajribasiga, iroda kuchi va milliy xususiyatiga.
Noan'anaviy monarxiya davlatiga 2 ta misol ayting
Aristokratiyaning eng muhim xususiyati nimada?
Aristokratiyaning eng muhim xususiyati unda insonlarning jamiyatdagi mavqeyi uning ijtimoiy kelib chiqishi bilan belgilanadi.
Konfederatsiya nima uchun suverenitetga ega bo'lmaydi?
Chunki ushbu tuzilma to'la ichki va tashqi suverenitetga ega bo'gan mustaqil davlatlarning ittifoqi hisoblanadi.
Nima natijasida davlat shakllari o'zgarib turadi va takomillashib boradi?
Jamiyatning rivojlanishi va aholi ongining o'sishi natijasida.
Davlatni boshqarishda monarxning real hokomiyatga ega emasligi qaysi monarxiyaga xos xususiyatdir?
Parlamentar monarxiyaga.
Qaysi federatsiyada federatsiyaga birlashgan millatlar o'z taqdirini o'zi begilash huquqiga ega bo'ladi?
Milliy federatsiyada.
Oligarxiyaning o'ziga xos jihati nimada?
unda insonning jamiyatdagi mavqeyi uning boyligi bila belgilanadi.
Parlamentar respublika davlatlariga misol ayting.(4 ta)
Germaniya, Avstriya, Hindiston, Italiya, Isroil
Avtonom hududli unitar davlatga misol ayting. (3 ta)
Xitoy, Daniya, Ispaniya.
Hududiy federatsiyaga misol ayting (3 ta)
AQSH, Braziliya, Meksika.
Demokratik siyosiy rejim doirasida qanday rejim turlari farqlanadi?
Liberal va liberal-demokratik.
Aralash respublika shakliga qaysi davlatlardagi boshqaruv shakli misol bo'ladi?
Fransiya va Armaniston.
Bu davlatda davlat boshlig'i xudoning yerdagi vakili hisoblanadi. Barcha ma'muriy-hududiy tuzilmalar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliya, kredit va soliq tizimi bo'ladi. Yagona partiya diktaturasi o'rnatiladi. Ushbu davlatning boshqaruv shakli, hududiy, tuzilishi va siyosiy rejimiga ko'ra turini toping
Mutlaq monarxiya;
Unitar;
Nodemokratik ( totalitar rejimda).
Ushbu davlatda hukumat parlament oldida javobgar bo'ladi. Suverenitetga ega bo'lmaydi. Siyosiy partiyalarning muxolifatda bo'lish erkinligi ta'minanadi. Ushbu davlatning boshqaruv shakli, hududiy, tuzilishi va siyosiy rejimiga ko'ra turini toping.
Parlamentar respublika
Konfederatsiya
Demokratik davlat.
Ushbu davlatda davlat boshlig'i maxsus tartibda xalq yoki saylovchilar hay'ati tomonidan saylanadi. Uning hududi subyektlar hududi yig'indisidan iborat bo'ladi. Hokomiyat odatda zo'ravonlik, bosib olish va qonuniy hokimiyatni ag'darib tashlash natijasida qaror topadi. Ushbu davlatning boshqaruv shakli, hududiy, tuzilishi va siyosiy rejimiga ko'ra turini toping
Prezidentlik respublikasi;
Federatsiya;
Nodemokratik (Tiraniya rejimi).
Federatsiya va uning subyektlari vakolatlari qanday hujjatlarda belgilab qo'yiladi?
Konstitutsiyasida, Ittifoq shartnomasi va o'zaro vakolatlarni chegaralash to'g'risidagi ikki tomonlama shartnomlarda.
O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning " O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" risolasida yosh va suveren davlat rivojlanishining qanday asosiy1 5 tamoyili sanab o'tilgan?
1. Iqtisodning siyosatdan ustunligi.
2. Davlat - bosh islohatchi ekanligi.
3. Qonun ustuvorligi.
4. Islohatlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
5. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi.