Davlat funksiyalari tushunchasi
Davlat funksiyasining davlat maqsadi va vazifalari bilan o’zoro nisbati
Davlat funksiyalarini turli asoslarga ko’ra tasniflash
Davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllari
Davlat funksiyalarining rivojlanishi va o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
100

Davlat funksiyalari nima?

Bu davlatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy(bosh) yo’nalishlaridir.

100

Davlat funksiyalari nimaga asoslanadi?

Davlatning maqsad va vazifalariga.

100

Davlat funksiyalari necha guruhga tasniflanishini ko’rsatib o’tish mumkin?

Davlat funksiyalarini asosan quyidagu to’rt asosiy guruhga tasniflanishini ko’rsatib o’tish mumkun:

a) faoliyat doiradi bo’yicha;

b) amal qilishining davomiyligi bo’yicha;

d) ijtimoiy ahamiyatu bo’yicha;

e) amalga oshirish shakllari bo’yicha.

100

Davlat funksiyalarining amalga oshirishning huquqiy shakllari bo’yicha nimalarga bo’lunish mumkin?

-huquq ijodkorligi;

-ijro etish;

-huquqni muhofaza qilish.

100

Davlat funksiyalari doim bir xil bo‘lib qoladimi?

Yo‘q, ular jamiyat rivojiga qarab o‘zgaradi.

200

Funksiya nima?

Falsafada funksiya deganda biron-bir obyekt xususiyatlarini ma’lum munosabatlar tizimidagi tashqi ifodasi tushuniladi.Funksuya - vakolat doirasidan kelib chiquvchi faoliyatdir.Chunki <<funksiya>> lotin tilidan olingan bo’lib, << faoliyat>> degan ma’noni anglatadi

200

Davlatning maqsadi bu nima?

Maqsad: bu muayyan davlatning taraqqiytidagi keyingi bosqichda erishmoqchi bo’lgan holati bo’lsa(masalan: fuqarolik jamiyatini shakillantirish, huquqiy demokratik davlat barpo etish), vazifa esa ushbu maqsadga erishish uchun hal etilishi lozim bo’lgan masalalar, funksiya - vazifalar yechimiga yo’naltirilgan faoliyat yo’nalishidir.

200

Davlat funksiyalari faoliyat doirasi bo’yicha qanday funksiyalarga bo’linadi?

Davlat funksiyalari faoliyat doirasi bo’yicha ichki va tashqi funksiyalarga bo’linadi.

200

Huquq ijodkorligi nima?

Huquq ijodkorligi bu normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ularni qabul qilish bo’lib, mazkur faoliyatsiz davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirib bo’lmaydi

200

Davlat funksiyalarining o‘zgarishiga nima ta’sir qiladi?

Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa omillar.


300

Davlat funksiyalaring vazifasi nima?

Davlat funksiyalarining asosiy vazifasi — davlat oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, jamiyat hayotini tartibga solish va mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash.

300

Davlat maqsadining qanday  xususiyatlarini ko’rsatib o’tish mumkin?

Davlat faoliyatini yo’nalturuvchi va tartibga soluvchi, uning bajarishi lozum bo’lgan vazifalari ketma-ketligi va xarakterini belgilab beruvchi bevosita motivi bo’lib maydonga chiqadi;

Muayyan vazifalarni bajargandan keyin kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan davlatning obrazi va modrli sifatida namoyon bo’ladi;

Davlat faoliyatini rejalashtirish va taraqqiyotning muqobil yo’nalishlarini tanlash imkonini berad;

Davlat faoliyatini mantiqiylik va tizimlilik asosida amalga oshishini ta’minlaydi;

Maqsadga erishish amaldagi hayotiy vaziyat va maqsad o’rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish jarayoni hisoblanadi.

300

Ichki va tashqi funksiya nima?

Ichki funksiya: davlatning ichki vazifalarini yechishga yo’naltirilgan bo’lib, davlafning jamiyat hayoti ustidan rahbarligini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo’nalishlarini namoyon qiladi.

Tashiqi funksiya: esa xalqaro-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida ishtirok etayotgan davlatning davlatlararo miqyosdagi vazifalarni hal qilishi bilan bog’liqdir.

300

Huquqni ijro etish bu nima?

Huquqni ijro etish funksiyasi normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo’yilgan qoidalarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. Bunda qonunchilikda belgilangan talablarnu kundalik hayotda bajarishga va boshqaruv xarakteriga ega bo’lgan turlu xil masalalarni hal qilishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi.

300

Jamiyatdagi o‘zgarishlar davlat funksiyalariga qanday ta’sir qiladi?

Yangi funksiyalar paydo bo‘lishi yoki ayrimlari o‘zgarishi mumkin.


400

Davlat funksiyalarining qanday xususiyatlarini ko’rsatib o’tish mumkin? 

Davlat funksiyalarida mamlakat ichki va xalqaro maydondagi amaliy faoliyati namoyon bo’ladi; davlat funksiyalari uning tarixiy taraqqiyotdagi maqsad va vazifalariga mos ravishda yuzaga keladi va rivojlanib boradi; davlat funksiyalarida jamiyat hayotida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalardagi o’zgarishlar va islohotlar aks etadi.

400

Davlatning vazifalari qanday xususiyatga ega?

-funksiyaning mavjud bo’lishi ( amalga oshishi)ni taqozo etadi;

-uning amalga oshishidan oldun yuzga keladi;

-funksiyaga nisbatan obyektiv xarakterga ega;

-funksiyaning mazmunini belgilab beradi;

-funksiyaning shakl va metodlariga ta’sir qiladi; 

-funksiyasiz davlatning birorta ham vazifasi hal etilmaydi;

-bitta funksiya orqali davlatning bir qator vazifalarini bajarilishi yoki aksincha bo’lishi mumkin.

400

Davlatning asosiy ichki funksiyalariga nimalarni kiritish mumkin?

-iqtisodiy funksiya;

-ijtimoiy funksiya;

-siyosiy funksiya;

-huquq-tartibotni ta’minlash funksiyasi;

-tinchlikni ta’minlash funksiyasi;

-ekologik funksiya va boshqa funksiyalar.

400

Davlat funksiyalari qanday usullarni qo’llash orqalu amalga oshiriladi?

Ushbu usullar sifatida <<ishontirish>> va <<majburlov>>,<< tavsiya>> va <<rag’batlantirishlarni>> ko’rsatib o’tish mumkin.

400

Ilm-fan va texnologiya rivoji davlat funksiyalariga ta’sir qiladimi?

Ha, davlat oldida yangi vazifalarni yuzaga keltiradi.

500

Davlat funksiyalari nima sababdan o‘zgarishi mumkin?

Jamiyat va davlat oldidagi vazifalar o‘zgarishi sababli.

500

Davlat maqsadi va vazifalari o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Vazifalar davlat maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi.

500

Davlatning asosiy tashqi funksiyalariga nimalarni kiritish mumkin?

-boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funksiyasi;

-mudofaa funksiyasi.

500

Huquqiy shakllar davlat faoliyatida nima uchun muhim?

Davlat funksiyalarini qonuniy asosda amalga oshirish uchun.

500

Davlat funksiyalarining rivojlanishidagi asosiy omil nima?

Jamiyatning ehtiyojlari va davlat oldidagi vazifalarning o‘zgarishi.

M
e
n
u