Davlat apparati tushunchasiga tarif bering
Davlatga o‘z hokimiyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliy moddiy kuch – bu davlat apparati(mexanizmi)dir. Bu apparat (mexanizm) davlatning nimadan tashkil topganligini anglatadi. Davlat apparati – davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar tizimi. U davlat oldida turgan maqsad va vazifalarni bajarishga qaratilgan asosiy funksiyalarni ado etadi. Apparat – jamiyatda boshqaruvni amalga oshiruvchi lavozimli xodimlar va boshqaruv organlari yig‘indisidir.
Davlat mexanizmining Iyerarxik tizimga asoslanishi haqida tushuntirib bering.
Bunda yuqori turuvchi organlar quyi turuvchi organ larga nisbatan ko‘proq huquqiy vakolatlarga ega bo‘ladi va ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsata oladi, quyi turuvchi organlar esa, yuqori turuvchi organlarning qarorlarini bajarishga majburdirlar. Masalan, Vazirlar Mahkamasining qarorini vazirliklar va davlat qo‘mitalari, joylardagi mahalliy organlar, hokimliklar ba jarishi majburiy hisoblanadi.
Maqsad va vazifalarning umumiylik prinsipi haqida malumot bering,
Barcha davlat organlari umu miy maqsad va vazifalarni bajaradi, ya’ni davlat funksiyasini amalga oshirish uchun yagona tizimga birlashadi. Asosiy maqsad – jamiyat va xalq manfaatini qondirish. Demokratiya sharoitida davlat va davlat organlari xalq irodasini ifoda etadi, uning manfaatlari uchun xizmat qiladi.
Davlat organ'' tashkiloti'' va muassasalari'' qanday tushuncha va farqi nimada?
Davlat organi- davlat funksiyasini amalga oshirishda,hokimyat vakolatiga ega bo'lgan davlat mexanizmi asosiy bogini.
davlat tashkiloti-bevosita ishlab chiqarish va taminot bilan shugullnuvchi davlat idorasi hisoblanadi
davlat muassasalari- hokimyat vakolatiga ega emas, davlat oldida turgan umumijtimoiy vazifalarni amalga oshiruvchi idoralar.
Oshkoralik prinsipi haqida malumot ber.
Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar o‘z faoliyatini oshkoralik tamoyili asosida amalga oshiradilar. Qonun chiqaruvchi organ – parlament faoliyati jarayonida qabul qilinayotgan qonunlar loyihasini yoki qabul qilgan qonunlar matnini ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa e’lon qilinishi hamda xalqning qonunlardan xabardor etilishi oshkoralikning ifodasidir.
Davlat organlari mazmun va mezonlariga kp'ra qanday guruhlarga ajratiladi?
1. Davlat faoliyatini amalga oshirish shakli bo‘yicha. 2(iyerarxiyaga) ko‘ra. 3 Vakolat muddatiga ko‘ra/ 4 Shakllanish manbayiga ko‘ra/ 5. Vakolatni amalga oshirish tartibiga ko‘ra.
Davlat mexanizmi tashkil etishda 'Demokratizm ' va 'Qonuniylik' prinsiplari ni farqlang va tushuntiring.
Demokratizm prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati) tashkil etili shi demokratik prinsip asosida amalga oshiriladi. Chunki, davlatning qonun chiqaruvchi organlari xalq tomonidan saylash orqali tashkil etiladi.
Qonuniylik prinsipi. Davlat mexanizmining tashkil etilishi qonun yo‘li bilan amalga oshiriladi.Mamlakatimizdagi barcha davlat organlari qonun asosida tashkil etilib, qonun asosida faoliyat yuritadi. Har qanday davlat organlari ning qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlardan chetga chiqishi mumkin emas.
Hokimyat taqsimlanishining qanday darajalari mavjud?
ular haqida malumot bering.
3 darjasi mavjud.
1funksional- bu davlat organlari bajaradigan vazifa va funksiyalar aniq chegaralab qoyilgan boladi va bir organ boshqan organ funksiyalarinbi bajarmaydi.
2 institutsiyaviy -har bir hokimyat tashkiliy jihatdan,alohida davlatorganlari tizimi sifatda bolinadi.
3. shaxsiy bolinish- bunda bir shaxs bir vaqtning ozida bir necha hokimyat tarmogida mansab egallashi taqiqlanadi. bu hokiyat aynan bir shaxs qolida toplanb qolmasligi uchun tashkil etilgan
Davlat organlarining belgilarini sanang.
1 Ommaviy mulkka egalik
2Davlat nomidan uning funksiyasini amalga oshirish
3Hokimyat vakolatlariga egalik
4Tarkibiy tuzilishga egaligi
5 Hududiy faoliyat miqyosiga egalik
6 Qonun vositasida tashkil etiladi.
Davlat organlari belgilaridan - 'Hududiy faoliyat miqyosiga egalik' va 'tarkibiy tuzilishga egalik' belgilarini farqlang.
Tarkibiy tuzilishga egaligi. Davlat organlari xizmat turlari va tarkibiy miqdoriga ko‘ra muayyan tuzilishga ega. Masalan, ijro etuvchi hokimiyat or anlari vazirlik va davlat qo‘mitalaridan iborat; vazirlik (qo‘mita) tarkibi esa, bosh boshqarma, boshqarmalar, bo‘lim, bo‘linmalar tarzida tashkil etiladi. Ma salan, Adliya vazirligida Qonunchilik bosh boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligida Tergov bosh boshqarmasi, Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi va boshqa tuzil malar mavjud. Hududiy faoliyat miqyosiga egaligi. O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat organlarining faoliyat ko‘lami butun O‘zbekiston hududini qamrab oladi, mahalliy davlat organlarining faoliyati esa, faqatgina tegishli viloyat, shahar, tuman hududi miqyosida amalga oshiriladi.
''Davlat apparati" va "davlat mexanizmi" bir xil tushunchami? izohlang.
Bu tushunchalar asosan bir xil ma’no va maz munga ega. Lekin «davlat mexanizmi» kengroq tushuncha bo‘lib, unga davlat organlaridan tashqari, davlat apparati ishini tashkil qiluvchi va unga yordam beruvchi bo‘limlar, muassasalar ham kiradi. Ularga tayanib, davlat apparati o‘z faoliyati – davlat funksiyalarini amalga oshiradi. davlat apparati» iborasi orqali davlatning strukturasi, tarkibiy tuzilishi izohlansa, «davlat mexanizmi» iborasi ko‘magida davlat idoralari tizimining funksional jihati (xususiyatlari) tavsiflanadi.
Davlat organlarii davlatt faoliyatini amalga oshirish shakli bo'yicha tushuntiring va malumot bering.
vakillik, ijroiya, sud organlari va prokuratura organlariga ajratiladi. Davlat organla rini tasniflashning dastlabki asosi – ularning konstitutsiyaviy bo‘linishidir. Yagona davlat hokimiyati Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi va demokra tizm prinsiplari asosida tarkibiy-funksional belgiga ko‘ra alohida organlarga bo‘linadi...
Davlat organlarini vakolat muddatiga ko'ra bolinish shaklini tushuntiring.
bunda doimiy va vaqtinchalik organlarga bolinadi.
1 Doimiy organlar – faoliyat muddati cheklanmagan, doimiy faoliyat olib boruvchi davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarni doimiy faoliyat olib boruvchi organlar sifatida ko‘rsatish mumkin. Masalan, prokuratura, ichki ishlar, soliq, bojxona organlari va boshqalar.
2.Vaqtichalik organlar – jamiyat oldida turgan biron-bir muhim vazifani muayyan muddat davomida amalga oshiruvchi va mazkur ishlar yakun topi shi bilan o‘z faoliyatini to‘xtatuvchi organlar hisoblanadi.
Birlamchi va ikkilamchi davlat organlarini tushuntiring.
Birlamchi davlat organlari – xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash yo‘li bilan tashkil etiladigan organlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham xalq tomonidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining raislari va sudyalari Senat tomonidan saylanadi.
2lamchi-xalq tomonidan saylangan, tashkil etil gan yoki shaxslar tomonidan shakllantiriladigan davlat organlari. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xalq saylagan Prezident va Oliy Majlis tomonidan shakllantiriladi.
BONUS+ Davlat va huquq fanining predmetini ayting..
Davlat va huquq nazariyasining predmetini ushbu fan o‘rganadigan ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Bunday masalalar jumlasiga – davlatning jamiyat bilan bo‘ladigan serqirra va murakkab aloqalari, davlat va huquqning jamiyat siyosiy tizimidagi roli va o‘rni, shuningdek ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga oid masalalar kiradi.
Hokimyatning taqsimlanishi tushunchasi va tarixi haqida malumot bering.
Hokimiyatning taqsimlanishi – de mokratik huquqiy davlatning zaruriy sharti dir. Mazkur prinsipning qo‘llanilishi hokimi yatning suiiste’mol qilinishiga to‘siq qo‘yadi, davlat idoralari faoliyatining samarali bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi. Hokimiyatlar taqsim lanishi nazariyasining vujudga kelishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ammo uning mustaqil va bir butun siyosiy-huquqiy ta’limot sifatida shakllanishi XVII–XVIII asrdagi burjua inqiloblari davriga to‘g‘ri keldi. Davlat organlari faoliyatining (vakolatlarining) chegaralanishi g‘oyasi eng umumiy ko‘rinishda antik davr donishmandlari – Platon, Aristotel, Polibiy, Likurg va boshqalar tomonidan ifoda etilgan.
Saylanish va tayinlash uygunligi tushunchasi haqida malumot bering.
Davlat mexanizmi (appa rati)ning tashkil etilishi saylanish va tayinlanish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida oliy vakillik organlari Qonunchilik palatasi depu tatlarining barchasi, Senat a’zolarining aksariyat qismi, Oliy sud organlarining rais va o‘rinbosarlari saylash orqali tegishli vakolatga ega bo‘ladilar. Ijro etuvchi or ganlarning barchasi tayinlash tartibida shakllantiriladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti vazirlar va hokimlarni lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Davlat organlari qanday jihatlari bilan ajralib turadi?
Davlat organlari tuzilishi jihatidan alohida va mustaqil tashkilot ekanligi, doimiy personallar – davlat xizmatchilarining mavjudligi, faoliyatining moddiy-moliyaviy jihatdan barqaror ta’minlanganligi bilan ajralib turadi.
Hokimyat vakolatlarining konstitutsiyaviy bo'linishining bosh manosi nima?
ijtmoiy-siyosiy kuchlar orasida hokimiyat vakolatlarining oqilona taqsimlanishidir. yani hokimiyatni suiiste’mol qilishning oldini olish, hokimi yatlarning bir-birlarini muayyan muvozanatda ushlab va cheklab turishidir. Bunda hokimiyat tarmoqlarining o‘zaro bir-birini tiyib turishi va qarama-qarshi ta’sir etishi mexanizmini qaror toptirish o‘ta muhim vazifa hisoblanadi.
Fuqarolar davlat tomonidan o'rnatilgan qoidalarga o'z xohishlari bilan rioya etmasalar, qonunlarni bajarilishuni taminlash uchun, qaysi usuldan foydalanadi va qaysi organlar?
Bunda majburlash usulidan foydalaniladi. quyidagi organlar orqali bo'lishi mumkin: prokuratura, ichki ishlar organlari, bojxona, milliy xavfsizlik xizmati, jinoiy jazoni ijro etish muassasalari, moliya organlari, armiya va boshqalar.
1-kurs talabalari o'rtasida bahs kelib chiqdi. Talaba Sardorova davlat hokimiyatining bo'linishida davlat aynan "o'zaro tiyib turish" va "qarama-qarshi ta'sir ko'rsatish" tizimi asosida taqsimlanishi kerakligi to'g'risidagi nazariyani ilgari surdi. Lekin kursdoshi Hakimov bu fikrga e'tiroz bildirib, ushbu nazariya noto'g'ri ekanligini ta'kidladi. Hakimovning fikricha, har bir hokimiyat organi mutlaq mustaqil bo'lishi kerak, ammo barcha organlar qonun chiqaruvchi hokimiyatga bo'ysunishi lozimligini chunki u qonunlar chiqara oladigan yagona oliy organ ekanligini takidladi. ushbu vaziyatni tahlil qiling va davlat hokimyaatidan misol keltiring.
ushbu vaziyatda Sardorova takidlagan nazariya davlat hokimyatini taqsimlashda va boshqaruvda togri hisoblanadi. chunki, hokimiyatlarning muvozanati, tengligi hamda ularning «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etish sistemasi» haqidagi nazariya, hokimiyatlar o‘rtasida shunday munosabat o‘rnatilmog‘i lozimki, bunda ularning har biri davlat vazifalarini mustaqil o‘tash bilan birgalikda, o‘z huquqiy vositalari yor damida bir-birlarini muvozanatda ushlab turadilar, hokimiyat vakolatlarining birgina muassasa tomonidan qonunsiz ravishda tortib olinishi (uzurpatsiya qilinishi)ni bartaraf etadilar.
qonun chiqaruvchi organ qonunlarning ijro etuvchi organ tomonidan qanday bajarilayotganligi ustidan nazorat qilish vakolatlariga ega, hukumat esa, parlamentga hisob berishga majbur.
Davlat mexanizmi mavzusida bolib o'tgan seminar mashgulotida 2 ta guruh o'rtasida 2 xil argument paydo boladi: birinchi guruh- davlat mexanizmi aloohida tashkil etilgan organlardan iborat va ular mustaqil bo'lgani uchun "davlat mexanizmining yagonaligi' asosi notogri ekanligini takidladilar. 2- guruh vakillai esa davlat organlari ozaro farq qilishiga qaramay bir butun qism ekanligini takidladilar.
ushbu vaziyatni tahlil qiling.
vaziyatda 1 chi guruh argumenti qisman togri hisoblanadi: yani davlat mexanizmi mustaqil organlardan tashkil topgan , ammo Davlat organlari o‘zaro farq qilishiga qaramay, bir butunning qismlari hisoblanadi va o‘zaro chambarchas bog‘liq. Masalan, parlament va hukumat turli vakolatlarga ega, har xil mazmundagi ishlarni bajaradi, lekin har ikkisi ham birgalikda yagona davlat hokimiyatini amalga oshiradi, ya’ni ikkalasining faoliyati ham fuqarolarning munosib hayot kechirishi uchun shart sharoit yaratib berishdan iborat. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va aloqador likda faoliyat yuritadi.
Fuqaro Salomov xorijdan qaytmoqda. Qaytishda u bojxona qonunchiligida belgilangan meyordan ortiq bolgan qimmatbaho mollarni olib kirishga urindi. Natijada bojxona organi xodimlari tovarni joyida olib qo'ymoqchi bo'lishdi. Ammo salomov, faol qarshilik ko'rsatib, uni majburlab tovarini xodimlar olishga haqqi yo'qligi, mol mulkian faqat sud qarori asosia mahrum etilishi mumkinligini takidladi.
ushbu vaziyatga Davlat mexanizmida Majburlov apparatining mavjudligi nazariyasidan kelib chiqb sharhlang.
Taassufki, jamiyatda gi barcha fuqarolar ham davlat tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardagi qoidalarga so‘zsiz rioya qilavermaydilar, chunki insonlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati bir xilda shakllanmaydi. Shu bois, fuqa rolar davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga o‘z xohishlariga ko‘ra rioya etmaydigan bo‘lsa, davlat o‘zining majburlov kuchi orqali qonunlarning bajarilishini ta’minlaydi. ushbu vaziyaatda ham Bojxona organlari bojxona togrisida qonunchilikni buzayotgan shaxsga nisbatan majburlov usuli qollashi mumkin.
Tuman hududida yangi xususiy muassasa hisoblangan HEALTHY FUTURE kasalxonasi faoliyat yurita boshladi. Keyinroq Vazirlar Mahkamasi aholining ijtimoiy salomatligini mustahkamlash maqsadida tumandagi barcha kasalxonalar , hududdagi barcha 60 yoshdan oshgan fuqarolarni bepul 1 martalik tibbiy ko'rikdan o'tkazish togrisida qaror qabul qildi. Ammo HEALTHY FUTURE kasalxonasi ko'rikka kelgan bemorlarni rad etdi va ular xususiy muassasa ekanligini Vazirlar Mahkamsi qarori ijrosi ularnuchun majburiy emasligini bildirishdi.
Ushbu vaziyatda muassasa togri vaj keltirdimi?
aslida ushbu vaziyatda xususiy kasalxona haq. Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi quyi organlar va davlat tashkilotlari va davlat muassasalari tomonidan taminlashi shart hisoblanadi. Agar davlat muassasi rad etganda huquqbuzarlik mavjud bo'lar edi. Lekin xususiy sektor o'z hisobidan yoki zararga tekin xizmat ko'rsatishga majbur emas.
fuqaro A ning qoshnisi Fuqaro B xonadonida 15 aprel kuni janjal boldi. Keyinchalik 21 aprel kuni, Fuqaro A qoshnisi B ushbu janjal yuzasidansud qilinganidan xabar topdi. Vaziyat tafsilotlariga qanday jazo berilganiga qiziqqan Fuqaro A sud bayonnomasi va hukm bilan tanishish uchun sudga murojaat qildi va rad javobini oldi. Natijada Fuqaro A sud ustidan shikoyat qildi va Davlat mexanizmida OSHKORALIK prinsipi mavjudligi va davlat organlari chiqargan qarorlar xalq uchun ochiq bolishi kerakligini takidladi.
ushbu vaziyatda sud haqiqatan ham oshkorolik prinsipini buzganmi?
Yo'q. ushbu vaziyatda Fuqaro a keltiran ARGUMENT qisman togri yani davlat organ qarorlari xalq uchun ochiqligi oshkorlaik prinsipi taminlangani belgisi hisoblnadi. Lekin shaxsning shaxsiy daxlsizligi, oilaviy sirlar va davlat siri bilan bogliq bolgan holatlar bundan mustasno hisoblanadi.