Xristianlikning muqaddas kitobi nima?
bibliya
Yahudiylik qaysi xalqning milliy dini hisoblanadi?
Yahudiy xalqining
Milliy dinlar nima?
Muayyan xalq yoki millat bilan bog‘liq dinlardir
Dunyo dinlari nima?
Turli millat va xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardir
Xristianlar asosiy ibodatxonasi nima deb ataladi?
cherkov
Yahudiylikning muqaddas kitobi nima?
tavrot
Milliy dinlarga qaysi dinlar kiradi?
Yahudiylik, hinduizm, sintoizm va konfutsiylik kabi dinlar
Asosiy dunyo dinlari qaysilar?
Islom, xristianlik va buddaviylik
Xristianlikda Uchlik (Trinity) ta’limoti nimani anglatadi?
Yagona Xudo Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruhdan iboratligini anglatadi
Yahudiylarning ibodatxonasi nima deb ataladi?
Sinagoga
Hinduizm qaysi xalq bilan bog‘liq?
Hind xalqi bilan
Islom dinining muqaddas kitobi nima?
Qur’oni Karim
Xristianlikning asosiy yo'nalishlari qaysilar?
Katoliklik,pravoslavlik va protestantlik
Yahudiylikda yagona Xudoning nomi qanday?
Yahve
Sintoizm qaysi davlatning milliy dini?
Yaponiyaning
Buddaviylikning asoschisi kim?
Siddhartha Gautama — Budda
Xristianlik qachon va qaysi asrda shakllana boshlagan?
Milodiy I asrda, Falastin hududida shakllana boshlagan
Yahudiylik qayerda shakllangan?
qadimgi Falastinda
Konfutsiylik qaysi mamlakatda vujudga kelgan?
Xitoyning
Nima uchun islom, xristianlik va buddaviylik dunyo dinlari deb ataladi?
Chunki ular ma’lum bir millat bilan cheklanib qolmay, turli xalqlar va mamlakatlar orasida keng tarqalgan