Falsafa
Iqtisodiyot
Tarixiy davr
Mantiq
Sport
100

Bilish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari....

Bilish obyekti, bilish subyekti va bilish predmeti 

100

Elastiklik turlarini sanab bering

Narxga koʻra talab elastikligi; narxga koʻra taklif elastikligi; daromadga ora talab elastikligi; a punktdan b punktga koʻchiwh elastikligi 

100

"Ozodlik haykali" aslida qanday rangda boʻlgan?

Toʻq jigarrang (mis rang)

100

Bir kishi toʻsatdan boshlangan kuchli yomgʻirda qolib ketdi. Uning yonida na soyaboni, navyomir shu bor edi. U yashirinish uchun boshpana topolmadim. Uyga yetib kelganda usti-boshi hal edi. Biroq, boshidagi bitta ham sochi ham boʻlmagan. Bu qanday qilib sodir boʻldi

U butunlay kal edi

100

Tennisda hisob 40-40 boʻlsa, bu holat qanday ataladi?

Deuce

200

Inson muammoning yechimini uzoq mantiqiy tahlillarsiz, birdaniga va bevosita anglab yetishi qanday bilish jarayoni hisoblanadi

Intuitiv bilish

200

Chekli almashtirish normasini izohlab bering.

Chekli almashtirish normasi (MRS — Marginal Rate of Substitution) — iste’molchi o‘zining naflilik darajasini o‘zgartirmagan holda, bir tovarning qo‘shimcha bir birligini olish uchun ikkinchi tovardan qancha miqdorda voz kechishga tayyorligini ko‘rsatadi.

200

Coca-Cola dastlab qanday maqsadda yaratilgan?

Asabni tinchlantiruvchi va bosh ogʻrigʻiga qarshi dori-darmon maqsadida.

200

12 sonini shu<netay teng ikkiga boʻlingki, natijada 7 soni hosil boʻlsin. Buni qanday amalga oshirish mumkin?

 12 sonini Rim raqamida yozib (XII), oʻrtasidan gorizontal chiziq bilan bilish kerak. 

200

Qaysi sportda "love" soʻzi ishlatiladi? Lekin bu yerda sevgi haqida gap ketmaydi.

Tennisda. Love - 0 ochko degani.

300

Bilish haqida 4 ta'limot nomi, qaysi tildan olingani va nima ma'no anglatishi haqida aytib bering

Gnostitsizm (qadimgi yunon "bilim egasi"); agnostitsizm (qadimgi yunon "bilishga qarshi"); skeptitsizm (grekcha "shubha"); sensualism (lotincha "sezgi").

300

Qimmat, hashamatli soat narxi oshdi. Oddiy iqtisodiy mantiqqa koʻra talab kamayishi kerak. Lekin ayrim xaridorlar uchun uning qimmatligi yuqori maqomgani bildirgani sababli, unga qiziqish ortishi mumkin.

Savol bu qaysi iqtisodiy samara

Veblen samarasi: nufuz, maqom va boylik belgisi 

300

Arab xalifaligi hukmronligida Chorsu bozoridagi arab faylasufi nega Gladiatrkar jangini koʻrolmagan?

Ular vaqt jihatdan mutlaqo boshqa davrda yashagan.

300

Mashina rulini oʻnga yoki chapga burganda qaysi gʻildirak harakatlanmaydi?

Zaxira gʻildirak 

300

Olimpiya oʻyinida eng koʻp oltin medal tutgan sportchi kim va u qaysi sport turi boʻyicha yutgan?

Michael Phelps - 23 ta oltin medal. Suzish boʻyicha

400

Vaziyat: Tasavvur qiling, siz qamalgandan beri tashqi dunyoni umuman ko‘rmagan, quyosh nuri nimaligini bilmaydigan va faqat sham yorug‘ida yashaydigan bir mahbus bilan qorong‘i xonada o‘tiribsiz. U umrida geometriya yoki matematikani o‘qimagan. Siz yerga cho‘p bilan bitta kvadrat chizdingiz-da, uni diagonali bo‘ylab teng ikkiga bo‘ldingiz. So‘ng mahbusga qarab: "Mana shu hosil bo‘lgan ikkita uchburchakning kattaligi bir-biriga mutlaqo tengmi?" deb so‘radingiz. Mahbus shakllarga biroz tikilib turdi-da, hech qanday o‘lchov asbobisiz, ularni bir-birining ustiga qo‘yib tajriba qilib ko‘rmasdan: "Ha, bular mutlaqo teng!" deb to‘g‘ri javob berdi. Bu gnoseologiyadagi qaysi ta'limot?

Ratsionalizm. (Bilishda aql, tafakkur va mantiqiy fikrlashni asosiy manba deb hisoblaydigan falsafiy yo‘nalish)

400

Bir dizaynerning juda kam sonda ishlab chiqarilgan sumkasi bor. Uni faqat ozchilik ishlatadi. Xaridor aynan noyobligi uchun uni sotib olishni xohlaydi. Agar shu sumka ommaviy ishlab chiqarilgan boshlasa, uning qiziqishi kamayishi mumkin.

Savol bu< qaysi iqtisodiy samara

Snob samarasi: kamyoblik, ajralib turish

400

Leonardo da Vinchi ing "Mona Liza" asari nima sababdan bunchalar mashhur?

Mashhurlik muzey xodimi tomonidan oʻgʻirlab ketilishi bilan bogʻliq.

400

Yengil yoki ogʻir boʻlishi mumkin. Lekin vaznga ega emas. Tez va asta boʻladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas. U nima?

Musiqa

400

Futbolda tanga tashlashda gʻolib boʻlgan jamoa nimani tanlaydi?

Odatda birinchi boʻlimda qaysi darvoza tomon hujum qilishni yoki boshlangʻich zarbani tanlaydi.

500

Vaziyat: Bir olim muzning qanday hosil bo‘lishini, uning erish haroratini va suv molekulalarining qanday harakat qilishini juda yaxshi biladi. U kitoblardan muzning 0°C da erishini ham o‘rgangan. Ammo u ilgari hech qachon muzning sovuqligini qo‘li bilan his qilmagan. Bir kuni u muz bo‘lagini qo‘liga oladi. U muzning sovuqligini bevosita sezadi va nazariy bilimiga qo‘shimcha ravishda shaxsiy tajriba orqali yangi bilimga ega bo‘ladi.

Savol: Ushbu vaziyatda bilimning qaysi manbai asosiy o‘rinda turibdi?

Empirizm — bilim tajriba va sezgi orqali shakllanadi.

500

Tasavvur qiling, shahar chetida ikkita nonvoyxona bor. 1. Birinchi nonvoy: U odamlarni juda yaxshi ko‘radi. Maqsadi shaharni arzon va mazali non bilan ta’minlash. U non narxini iloji boricha arzon qiladi va kambag‘allarga tekin tarqatadi. Lekin hisob-kitobga va biznes qoidalariga unchalik usta emas.  2. Ikkinchi nonvoy: U odamlardan nafratlanadi, unga faqat pul kerak. Uning yagona maqsadi  raqibini bozordan siqib chiqarib, boyib ketish. U tunda uxlamay non pishirish texnologiyasini yaxshilaydi, un sifatini oshiradi (chunki mijozlar faqat eng yaxshi nonni sotib olishini biladi) va raqobatchisidan ko‘ra arzonroq ishlab chiqarish yo‘lini topadi. Oradan bir yil o‘tdi. Birinchi nonvoy hisob-kitobdagi xatolar tufayli kasodga uchradi va nonvoyxonasi yopildi. Ikkinchi nonvoy esa do‘konlarini ko‘paytirdi, yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratdi va shaharni har kuni sifatli non bilan ta’minlab turibdi.

Savol: Agar jamiyatga keltirgan real foydasi nuqtai nazaridan qarasak, kim ko‘proq yaxshilik qildi: odamlarni yaxshi ko‘rgan, lekin hech narsasiz qolgan birinchi nonvoymi yoki odamlarni yomon ko‘rgan, lekin ularni non va ish bilan ta’minlayotgan ochko‘z nonvoymi? Insonning axloqsiz niyati qanday qilib jamiyat uchun ijobiy natijaga aylanib qoldi? Hamda bu qaysi iqtisodiy faylasufning nazariyasi bilan bogʻliq?

Ko‘rinmas qo‘l" — shotlandiyalik faylasuf va iqtisodiyot fani asoschisi Adam Smit tomonidan fanga kiritilgan metafora bo‘lib, shaxsiy manfaatga asoslangan harakatlar jamiyat farovonligiga xizmat qilishini bildiradi. Ushbu nazariya erkin bozor sharoitida davlat aralashuvisiz talab, taklif va raqobat mexanizmlari orqali iqtisodiy muvozanatni ta'minlaydi.

500

Pomidor nega uzoq vaqt Yevropada yeyilmagan?

Uni zaharli meva deb oʻylashgan

500

Bir burchakdan qimirlamasdan holda dunyoda kezadi. U nima?

Pochta markasi. Chunki u konvertning bir burchagiga yopishtiriladi, o‘zi joyidan qimirlamaydi, lekin xat bilan dunyoning turli joylariga “sayohat qiladi”.

500

"Jahon chempionatini ham futbolchi, ham bosh murabbiy" sifatida yurgan birinchi inson kim?

Mario Zagalla. 1958 av 1961-yillarda hujumchi sifatida chempionlikka erishgan. 1970-yilda Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy boʻlgan va turnirda gʻolib boʻlgan.

M
e
n
u