Kibermakon atamasini ommalashtirgan yozuvchi kim?
Uilyam Gibson.
Kiberterrorizm so‘zidagi «cyber» qanday ma’noni anglatadi?
Kiber, ya’ni kompyuter va axborot texnologiyalariga oid.
Missionerlik so‘zi qaysi tildan olingan?
Lotin tilidan
Prozelitizm nima?
Biror dinga e’tiqod qiluvchi kishini o‘z dinidan voz kechib, boshqa dinni qabul qilishga undash yoki majburlashga qaratilgan harakat.
O‘zbekistonda vijdon erkinligi qaysi huquqiy hujjatda kafolatlangan?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida.
Uilyam Gibsonning kibermakon tushunchasi bilan bog‘liq mashhur romani qanday nomlanadi?
Neuromancer (Neyromant).
Kiberterrorizmning asosiy maqsadi nima?
Axborot tizimlariga g‘arazli yoki siyosiy maqsadlarda hujum qilib, jamoat tinchligini buzish va qo‘rquv uyg‘otish.
Missionerlik so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Yuborish, vazifa topshirish.
Missionerlik va prozelitizmning asosiy farqi nimada?
Missionerlik boshqa dinni targ‘ib qilish, prozelitizm esa mavjud e’tiqodni o‘zgartirishga qaratilgan.
Taqdimotda keltirilgan Konstitutsiyaning qaysi moddasida vijdon erkinligi belgilangan?
35 modda
Kibermakon ijtimoiy nuqtai nazardan nimani anglatadi
Kompyuter tarmoqlari orqali bog‘langan insonlar muloqot qiladigan virtual muhitni.
Kiberterrorizm va oddiy kiberjinoyat o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Kiberterrorizm siyosiy yoki mafkuraviy maqsad va jamoatchilikka tahdid bilan bog‘liq; oddiy kiberjinoyat esa ko‘pincha shaxsiy yoki moddiy manfaatni ko‘zlaydi.
Missionerlik tushunchasiga ta’rif bering.
Biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa dinni targ‘ib qilish faoliyati.
Taqdimotda prozelitizm missionerlikning qanday qismi sifatida ko‘rsatilgan?
Taqdimotda prozelitizm missionerlikning qanday qismi sifatida ko‘rsatilgan?
Missionerlik va prozelitizmning oldini olishda yoshlarning bilim darajasi nima uchun muhim?
Chunki yetarli bilim va tanqidiy fikrlash yoshlarni yolg‘on axborot va turli manipulyatsiyalardan himoya qiladi.
Nima uchun kibermakonni faqat texnologik muhit deb hisoblash noto‘g‘ri?
Chunki u insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy, siyosiy, diniy va axborot munosabatlarini ham qamrab oladi.
Axborot urushida dezinformatsiya qanday vazifani bajaradi?
Soxta yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumot orqali odamlarni chalg‘itadi.
Taqdimotga ko‘ra, nasroniy missionerligi qaysi asrda paydo bo‘lgan?
6 asr
Nima uchun prozelitizm jamiyatdagi milliy birlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
Diniy qarama-qarshiliklar va ishonchsizlikni kuchaytirib, ijtimoiy birdamlikka putur yetkazishi mumkin.
Diniy ekstremizmga qarshi kurashda faqat jazolash choralariga tayanish nega yetarli emas?
Chunki muammoning ildiz sabablarini bartaraf etish, ma’rifiy tushuntirish va profilaktika ham zarur.
Internet bir vaqtning o‘zida ham imkoniyat, ham tahdid bo‘lishining asosiy sababi nima?
Unda foydali axborot bilan birga yolg‘on, buzg‘unchi va ekstremistik mazmundagi ma’lumotlar ham tarqalishi mumkin.
Nima uchun kiberterrorizmga qarshi kurash faqat bitta davlatning vazifasi bo‘la olmaydi?
Chunki internet chegaralarni tan olmaydi, hujumchilar, serverlar va jabrlanuvchilar turli davlatlarda bo‘lishi mumkin. Shu sababli xalqaro hamkorlik zarur.
Missionerlik tarixan qanday qilib diniy faoliyatdan tashqari siyosiy ta’sir vositasiga ham aylangan?
Ayrim imperiyalar missionerlik faoliyatidan yangi hududlarda o‘z ta’sirini kuchaytirish va siyosatini yoyishda foydalangan.
Agar inson boshqa din haqida ma’lumot olsa, bu avtomatik ravishda prozelitizm hisoblanadimi? Nima uchun?
Yo‘q. Chunki ma’lumot olish boshqa, insonni o‘z e’tiqodidan voz kechishga undash esa boshqa tushunchadir
Quyidagi vaziyatni tahlil qiling: ijtimoiy tarmoqdagi noma’lum shaxs yoshga diniy mavzudagi ma’lumot yuboradi, keyinchalik uni oilasi va jamiyatdan uzoqlashishga undaydi. Bu vaziyatda qanday xavf mavjud va unga qarshi qanday yo‘l tutish kerak?
Bu mafkuraviy manipulyatsiya va radikallashuv xavfidir. Ma’lumotni ishonchli manbalardan tekshirish, shubhali muloqotni davom ettirmaslik va ishonchli kattalar yoki mutaxassislarga murojaat qilish kerak.