2020-yilda boshlangan va butun dunyoda iqtisodiy faoliyatning to'xtashiga sabab bo'lgan global kasallik qanday nomlanadi
COVID-19
Karantinlar paytida butun dunyo bo'ylab eng ko'p taqchilligi sezilgan va zavodlar ishini to'xtatishga majbur qilgan asosiy texnologik detal nima edi?
Yarim o'tkazgichlar
Pandemiyadan keyin iqtisodiyot jonlanganda iste'mol tovarlari narxining keskin oshishi jarayoni qanday ataladi?
Inflyatsiya.
Naqd pul ishlatmasdan smartfonlar va internet orqali to'lov qilish tizimining ommalashishi qaysi sohaning jadal rivojlanishiga olib keldi?
FinTech (Moliyaviy texnologiyalar).
Pandemiya davrida iqtisodiyotni saqlab qolish uchun hukumatlar tomonidan qo'llanilgan, aholiga to'g'ridan-to'g'ri naqd pul tarqatish siyosati qanday ataladi?
Fiskal rag'batlantirish
Ofislar yopilgandan keyin xodimlarning uydan turib ishlashi uchun qaysi mashhur ish tartibi ommalashdi?
Masofaviy ish
Postpandemiya davrida AQShda inflyatsiya darajasi so'nggi 40 yildagi rekord ko'rsatkich – necha foizga yetdi?
9.1%
2023-yilda yuqori foiz stavkalari va qarz muammolari sababli bankrot bo'lgan mashhur Amerika banki qaysi?
Silicon Valley Bank (SVB).
2020-yilda karantin cheklovlari tufayli qaysi soha eng katta moliyaviy zarar ko'rdi va qulash darajasiga keldi?
Turizm, transport va umumiy ovqatlanish
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) ma'lumotiga ko'ra, 2020-yilda butun dunyoda qancha to'liq stavkali ish o'rni yo'qotilgan edi?
255 million ish o'rni.
2021–2022 yillarda energetika bozorida qaysi xomashyo narxi bir barrel uchun 120 dollardan oshib ketdi?
Brent nefti.
Pandemiya va inqirozlar davrida to'plangan global qarz hajmi butun dunyo bo'yicha qancha miqdorga (trillion dollarda) yetdi?
$307 Trillion
XVF (Xalqaro valyuta jamg'armasi) ma'lumotiga ko'ra, 2020-yilgi "Buyuk lokdaun" davrida global YaIM necha foizga qisqargan edi?
-3.1%
Dengiz orqali yuk tashishda ishlatiladigan konteynerlarning yetishmovchiligi sababli yuk tashish narxlari necha baravardan ziyod qimmatlashib ketdi?
7 baravardan ziyod
Inflyatsiyani to'xtatish uchun AQSh Federal zaxira tizimi (FED) asosiy foiz stavkasini necha foizgacha keskin oshirdi?
5.50%
Shveysariyaning qadimiy va yirik banklaridan biri bo'lib, inqiroz vaqtida inqirozga uchrab, boshqa bankka sotib yuborilgan muassasa nomi nima?
Credit Suisse.
Pandemiya davridagi inqiroz an'anaviy inqirozlardan farqli o'laroq, moliyaviy tizimdan emas, balki nimadan kelib chiqqan edi?
Sog'liqni saqlash muammolari va ekzogen (tashqi) shokdan.
Korporatsiyalar kelajakda xavfni kamaytirish uchun uzoqdagi zavodlarni o'z davlatiga yoki qo'shni hududlarga ko'chirish jarayoni qanday ataladi?
"Nearshoring" va "Reshoring".
Markaziy banklarning inflyatsiyani jilovlash uchun iqtisodiyotdagi ortiqcha pulni (likvidlikni) qaytarib olish siyosati qanday nomlanadi?
Miqdoriy qisqarish
Kelajakda shunga o'xshash global moliyaviy inqirozlarning oldini olish uchun banklar ustidan o'rnatiladigan qat'iy xalqaro nazorat standarti qanday ataladi?
Makroprudensial nazorat