Oddiy fuqarolarning nohaq, korrupsiyalashgan va samarasiz qonunlarga nisbatan o‘z-o‘zini himoya qilish reaksiyasidir. — «Boshqa yo‘l»
Savol: nimaga ta`rif berilgan
Xufyona iqtisodiyot
Ertaga "kecha" bo'lib qoladigan kun qaysi?
Bugun
Jahon futboli tarixida eng qimmat transfer rekordi kimga tegishli va qaysi klub uni qo'lga kiritish uchun 222 million yevro tovon pulini to'liq to'lagan?
Fransiyaning Paris Saint-Germain (PSG) klubi Neymarni Ispaniyaning Barcelona jamoasidan 222 million yevro tovon pulini to'liq to'lagan holda sotib olgan.
YaIM (yalpi ichki mahsulot) nimani ifodalaydi?
Mamlakat hududida bir yil davomida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatini.
_____ - nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish va qanday narxda sotish masalalari talab va taklif, raqobat hamda erkin narxlar asosida, bozor mexanizmi orqali hal etiladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor iqtisodiyoti
Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarini chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o`rnatilgan bo`lib, unda 3 raqam yo`lovchilarga ko`rsatilib turadi:
1. Aniq vaqt - ya`ni soat
2. Salondagi harorat - ya`ni temperatura
Savol: Xo`sh 3 raqam nimani ko`rsatib turadi?
Avtobus tezligini (spidometr)
Dunyodagi eng katta orol qaysi?
Grenlandiya
Talab qonuniga ko'ra, boshqa sharoitlar o'zgarmaganda narx oshsa, talab hajmi nima bo'ladi?
Kamayadi (narx va talab hajmi o'rtasida teskari bog'liqlik bor).
1937-yilda "Firma tabiati" asarida "tranzaksion xarajatlar" tushunchasini kiritgan olim kim?
Ronald Coase.
Fransuzlar uchun ovqatning sifati muhim, inglizlar uchun odamning ovqatlanish paytida o`zini tuta bilishi muhim.
Savol: Bu borada nemislarni nima qiziqtiradi?
Dasturxonga tortilgan taomlarning soni
Qadimda bir mashhur do`ppido`z ayol bo`lgan ekan va ayolni 3 ta qizi ham bo`lgan ekan. Uchta qiziga 3 xil do`ppi tikar ekan. Bodom gulli kattasiga, oddiyrog`i kenjasiga, qalampirli do`ppini o`rtanchasiga atab tikar ekan.
Savol: nega o`rtancha qiziga doim qalampirli do`ppi tikkan?
Qizlarni kattasi aqlli ekan, kenjasi esa mehnatkash ekan. Onalar doim chiroyli qizlarni ehtiyot qilishadi.
o`rtanchasi eng chiroylisi va unga ko`z tegmasligi uchun qalampirli do`ppi tikib beradi.
Adam Smitning "ko'rinmas qo'l" iborasi nimani anglatadi?
Har kim o'z manfaati uchun harakat qilib, bilmagan holda butun jamiyat manfaatiga xizmat qiladi va bozor o'z-o'zini tartibga soladi.
Ikkinchi qo'l avtomobil sotayotgan sotuvchi mashinaning barcha nuqsonlarini biladi, lekin xaridor buni bilmaydi.
savol: bu qaysi nazariyaga misol bo`la oladi
Asimmetrik axborot nazariyasi. Bitim taraflaridan biri ikkinchi tarafga qaraganda ko'proq yoki aniqroq axborotga ega bo'ladi.
KOBOL dasturlash tilida boshqa tillardan farqli o`laroq dasturlashda juda ko`p buyruqlar, izohlar va maxsus so`zlarni ishlatishga to`g`ri keladi. Lekin shunday bo`lsada ushbu til AQSHlik dasturchilar orasida juda mashhur bo`lgan
savol: Nima uchun?
Amerikalik dasturchilarning maoshlari dasturlash tilidan qat`iy nazar ular yozgan kodning so`zlari soni bilan belgilangan. Ya`ni qancha ko`p kod kiritsa, shuncha ko`p haq olgan.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi qachon va qayerda o‘z tarixida birinchi marta Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
2022-yil (Hindiston, Chennay)
Mahsulotning yana bir birligini ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajat.
Marginal xarajat (Chekli xarajat):