Jismoniy shaxslar
Jismoniy shaxslar
yuridik shaxslar
yuridik shaxslar
100

huquq layoqati subyekti sifatida mavjudlik qachon boshlanadi?

chaqaloq tirik tug‘ilishi bilan

100

14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz qanday fuqarolik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli?

1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;

2) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish;

3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf etish;

4) mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.

100

yuridik shaxs tushunchasi

Oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan ham oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy-nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi

100

Davlat korxonasining mol-mulki yetarli boʻlmaganida qaysi tashkilot  uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar (qoʻshimcha) javobgar boʻladi

davlat

200

emansipatsiya shartlari?

1. 16 yoshga to’lgan

2. mehnat shartnomasi asosida ishlash

3. Ota-onasi roziligi bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish

200

Kishini o‘simlik hayotida bo‘lishi huquq layoqatini bekor bo‘lishiga______.

olib kelmaydi

200

Yuridik shaxslar oʻz majburiyatlari boʻyicha qanday  javob beradi?

oʻzlariga qarashli butun mol-mulki

200

Yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati turlari

umumiy (universal) va maxsus huquq

300

______ - qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat bo‘lib hisoblanadi

Tadbirkorlik

300

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning muomala layoqatining qanday jihatlarida o‘ziga xosliklar mavjud?

hajmi va mazmunida

300

Yuridik shaxsning huquq layoqati qachon vujudga keladi

 uning ta’sis hujjati tasdiqlangan paytdan boshlab yoxud tegishli vakolatli idora ushbu yuridik shaxsni tashkil etish haqida qaror chiqargandan keyin

300

____ -mulkdor yoki ishtirokchilar umumiy yigʻilishida tasdiqlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi

ustav

400

muomala layoqati cheklangan fuqaro tuzgan bitimlar bo‘yicha va yetkazgan zarari uchun ________ javobgar bo‘ladi.

mustaqil ravishda mulkiy

400

Fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish to'g'risida sudga ____ bilan murojaat etiladi

Ariza

400

Yuridik shaxslarni ta’sis etish jarayoni qanday bosqichlarni o'z ichiga oladi?

tayyorlov bosqichi (davlat roʻyxatidan oʻtgungacha boʻlgan jarayon) va davlat roʻyxatidan oʻtkazish bosqichi

400

Buyruq (farmoyish) orqali yuridik shaxslarning vujudga kelishini tushuntirib bering

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki boshqa vakolatli davlat organlarining qarorga muvofiq tashkil etiladigan korxonalarning vujudga kelishiga mazkur imperativ xarakterdagi farmoyish (qaror, buyruq) korxonani tashkil etish uchun asos boʻladi.

500

Fuqaroning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi to'g'risidagi bitimlar qanday tartibda tuziladi?

bunday bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir

500

geologlar, dengizchilar, baliqchilar, asalarichilar va boshqa kasb-kor kishilari o‘z hayotini ko‘p qismini o‘z uyidan chetda-ekspeditsiyalarda, dengizda, tog‘larda o‘tkazadi. Bunday hollarda fuqarolik yashash joyi bo‘lib ________ hisoblanadi

asosan yashaydigan joyi

500

yuridik shaxsni qayta tashkil etish qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin?

qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, tashkiliy huquqiy shaklini oʻzgartirish

500

Yuridik shaxs qacon tugatilgan hisoblanadi?

yagona davlat reyestridan chiqarilgandan soʻng

M
e
n
u