G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi asosiy mashg`ulotini ayting?
o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq
Xoqon o‘z noiblari – kimlar yordamida mustaqil hokimliklar ustidan nazoratni kuchaytirgan?
tudunlar
Turk xoqonligi tarkibidagi turli xalqlarning yashash tarzi ham turlicha edi. Shahar aholisi qanday ishlar bilan shug‘ullangan?
hunarmandchilik va savdo-sotiq
Turon zaminida turkiy yozuv bilan bir qatorda yana qanday yozuvlar ham keng qo‘llanilgan.
Sug‘d va Xorazm yozuvlari
Qaysi jinoyat uchun G'arbiy Turk xoqonligida mol-mulk tarzida tovon to‘lashdan iborat edi?
Shaxsga qarshi qaratilgan boshqa jinoyatlar uchun yetkazilgan zararni o‘n barobar qilib to‘lash, jarohat yetkazgani yoxud mayib qilgani uchun
Qachon G‘arbiy xoqonlik taraqqiy etadi.
VII asrning birinchi choragiga kelib
Davlat boshqaruvida xoqonlikning barcha bog‘inlarida lavozim egalari qanday unvonga ega bo‘lishi shart hisoblangan.
harbiy unvonga
Qaysi hudud mulklardagi boshqaruv tartibi asosan mahalliy sulolalar qo‘lida bo‘lgan.
Farg‘ona, Sug‘d, Choch, Toxariston, Xorazm
Qanday namunalar turk yozma madaniyatining qadimiyligi va rang-barangligidan guvohlik beradi?
Turk-runiy, Urxun-Yenisey yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga xoqon yodnomasi
Turk xoqonligida sodir etilgan jinoyat uchun jazoning asosiy turlari
qatl еtish, odam a’zolarini kesib tashlash, zararni to‘lash, mol-mulk tarzida tovon to‘lashdan iborat edi.
Qaysi kasb sohalari taraqqiy etgan edi?
Kulolchilik, to‘qimachilik, sarrojlik, misgarlik, chilangarlik, temirchilik va zargarlik
Nima uchun maxsus ma’muriy va harbiy-siyosiy boshqaruv tizimi joriy etilgan.
Xoqonlikda qabila va еlatlarni birlashtirish va bosh qarish, soliqlar va o‘lponlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish uchun
Turk xoqonligi davrida Sug‘dga qayerlar kirgan.
hozirgi Panjikentdan Karmanagacha bo‘lgan yerlar
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» (XI asr) asarida qanday ma'lumot qayd etib o‘tilgan?
Shaharlarda so‘g‘d-turk ikki tilliligi rasmiy odat bo‘lganligi
Yana shu narsa diqqatga sazovorki, o‘sha davrlarda ajdodlarimiz o‘z avlodlari to‘g‘risida ham muttasil qayg‘urganlar. Shu boisdan jumlani davom ettirng?
bola 5 yoshga to‘lishi bilan uni bilim olishga yo‘llab, dastavval, xat-savod va hisob-kitobni o‘rganishga jalb etganlar.
Nima maqsadda mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning «yabg‘u» unvoni beriladi.
Viloyat hokimarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish
Xoqonlik o‘z ehtiyoji va hayotiy zaruratidan kelib chiqib, qanday islohotlarni amalga oshirgan?
«o‘nlik» tizimni yaratish;
vassal hokimliklar hududida o‘z qarorgohlarini barpo etish;
davlat bosh qaruvini takomillashtirish va boshqalar.
Moslashtiring. Hukmdorlar qayerda qanday atalgan?
1. Toxariston A. ixshid
2. Sug‘d va Farg‘ona B. xorazmshoh
3. Ustrushona C. malikshoh
4. Xorazm D. afshin
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
Bir yilning o‘zida qaysi hududlardan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi.
Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushona
Afrosiyob xona devorlaridagi rasmlarda qanday rasmlar ifodalangan.
shoh a’yonlari, Chag‘oniyon, Toxariston, Sharqiy Turkiston, Choch, Chinu Mochin, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan elchilar, olib kelingan ot-ulov, sovg‘alar va ov sahnasi
Hunarmandlar yasagan qanday buyumlar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajralib turgan.
zeb-ziynatlar va qurol-yarog‘lar
G‘arbiy Turk xoqonligining qaysi shaharlari xoqonlikda qarorgoh vazifasini bajargan.
Suyab (Oq Bishim), Beshbaliq (Turfan), Ek-tog‘ (Sharqiy Turkiston)
Turk xoqonligi aholi hunarmandchilik mahsulotlarini yasash uchun oltinni qaysi hududlardan qazib olgan?
Farg‘ona va Sug‘d, Iloq
Bu tasvir qaysi rassom tamonidan chizilgan va asar nomi?
Abruy qo‘zg‘oloni, rassom V. S. Kaydalov
«Bu ko‘hna shahar dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgani uchun YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va unda: «Samarqand -madaniyatlar uchrashadigan makon», – degan so‘zlar yozib qo‘yilgan».
Ushbu so'zlar kimga tegishli?
Xubert Gizen, YUNESKO bosh direktori o‘rinbosari, 2016-yil.