"Mihna" nima va u qaysi masala bilan bog'liq edi?
Abbosiylar davrida muhaddislar ustidan o'tkazilgan imtihon; "Qur'on maxluqmi yoki emas?" masalasi bilan bog'liq.
Muhaddislar hadislarni qanday ikki qismga bo'lib o'rganganlar?
"Sanad" (isnod) va "matn" qismlariga.
Imom Muslim muan'an hadisni qabul qilishda qanday shartni yetarli deb hisoblagan?
Roviylar zamondosh bo'lib, uchrashishlari mumkin bo'lsa yetarli, deb hisoblagan.
Ahmad ibn Hanbal necha nafar roviydan nechta hadis jamlagan?
700 roviydan 40 000 dan ortiq hadis.
Imom Buxoriy qaysi laqab bilan mashhur?
"Muhaddislar imomi."
Imom Dorimiy mihna davrida qanday yo'l tutdi?
Xato javob berishdan qochdi va imtihonga bardosh berdi.
Abdulloh ibn Muborak isnod haqida nima degan?
"Isnod — dinning bir bo'lagidir. Agar isnod bo'lmaganda edi, kim nimani xohlasa gapiraverardi."
Musnad uslubi qanday tartibda tuzilgan?
Har bir sahobaning barcha hadislari ketma-ket keltirilib, so'ngra ikkinchi sahobaga o'tilgan.
Ahmad ibn Hanbalning "Musnad" asari qanday tartibda tuzilgan?
Asharai mubashshara → Badr jangchilari → Hudaybiya qatnashchilari → Makka fathi islomga kirganlar → kichik sahobalar → roviya ayollar.
Imom Muslim qachon va qayerda tug'ilgan?
821-yilda Nisopurda tug'ilgan; 12 yoshida hadis ilmini o'rganishga kirishgan.
"Qissachilar" (qussos) kimlar edi?
O'zini ahli hadisga mansub biluvchi, lekin shariat hukmlaridan bexabar bo'lgan firibgar shaxslar.
Muhammad ibn Sirin hadis to'plash haqida nimani ta'kidlagan?
"Sizlar to'playotgan narsalaringiz bu dindir — kimdan olayotganingizni o'ylab ko'ring!"
''Musannaf" nima va u qachon rivojlangan?
Hadislarni mavzuli boblarga bo'lib tasnif qilgan to'plam; IX asrda rivojlangan.
Imom Buxoriy va Imom Muslim qanday umumiy laqab bilan atalgan?
"Ikki shayx" (ash-shayxani).
Abu Dovud o'zining "Sunan" asarini nechta hadisdan tuzgan?
500 000 ta yozib olingan hadisdan 4800 tasini tanlab olgan.
Qissachilarga nisbatan qanday ibora ishlatilgan?
"O'tin ortilgan eshaklar."
Hadis ilmlari nechta yo'nalishda rivojlangan?
7 yo'nalishda.
"Sunan" to'plamida qanday hadislar keltiriladi?
Sahih va hasan hadislar ham keltiriladi; fiqhiy boblarga ajratiladi.
Sahih hadislar faqat Buxoriy va Muslimning "Sahih"lari bilan cheklanadimi?
Yo'q. Sahih hadislar ushbu ikki asar bilan cheklanmagan; ular ham o'z shartlariga mos barcha sahih hadislarni kiritishmagan.
Imom Termiziy qayerda tug'ilgan?
Termiz yaqinidagi Bug' qishlog'ida.
Muhaddislar qussoslardan qanday farq qilganlar?
Sahoba va tobiiylar yo'lida yurib, hadis rivoyat qilganda ehtiyotkor va sobit bo'lganlar.
Ilm ar-rijol" nima?
Hadis roviylarini — ularning hayoti va ishonchliligini o'rganuvchi ilm.
"Sulosiyot" asarlari nima?
Muallif va Rasululloh (s.a.v.) o'rtasida faqat uch roviy bo'lgan hadislar to'plami.
Imom Buxoriy o'z asarini qanday nomlagan
"al-Jome' al-musnad as-sahih al-muxtasar min umur Rasulillah (s.a.v.) va sunanihi va ayyamihi" — qisqacha "al-Jome' as-sahih".
Ibn Mojaning "Sunan" asari qanday tuzilgan?
32 bo'lim, 1500 bob, jami 4000 ta hadis.