Hindustan (हिंदुस्तान)
Bharat (भरत)
Aryavarta​ (आर्यवर्त)
Zakovat savollari (बौद्धिकप्रश्ना)
100

Hindistonning poytaxti-...

Nuqtalarni to'ldiring.

Nyu Dehli 

Dehli qabul qilinmasin.

100

Hindiston BMT ning qaysi Kengashining doimiy a'zosi bo'lish uchun harakat qilmoqda?

Xavfsizlik Kengashi

100

Devalvatsiya (pulning) nima degani?

bu qat'iy xalqaro valutaga nisbatan milliy valutaning rasmiy kursini pasaytirish

100

Hindistonda sigirni muqaddas jonzot deb ehtirom ko’rsatishadi. Ular masofani o’lchashda ham sigirdan foydalanishar ekan. Savol: hindlar masofani o’lchashda sigirdan qanday qilib foydalanishi mumkin?

Hindlar uchun sigirni ovozi yetadigan joy 1 “Mu” ga teng ekan.

200

Narendra Modi nechanchi yilda Hindiston bosh vaziri etib saylandi?

2014-yil

200

Atal Bixari o'tkazgan islohotlar qanday muammoni olib keldi? (1 ta kifoya)

1. Yoshlar orasida ishsizlikning oshishi

2. qashshoqlik muammosining keskinlashuvi

200

Hindiston kompyuter dasturlarini yaratish sohasidagi yuqori malakali kadrlar soni bo'yicha dunyoda ... dan so'ng ...-o'rinda, ilmiy-texnik xodimlar soni bo'yicha ...-o'rinda turadi.  

Nuqtalarni to'ldiring.

AQSh, 2, 3

200

Hindiston aholisini 10 foizini X lar tashkil etadi. Hindiston X lar bo'yicha AQSH dan keyin 2-o'rinda turadi. X ni 3 ta so'z bilan ayting.

Ingliz tilida so'zlashuvchilar

300

2006-yilda Hindiston bosh vaziri kim edi?

A) Manmoxan Singh

B) Chandra Shekhar

C) Narasimxa Rao

D) Atal Bixari Vajpai


A

300

Hindistonda musulmonlar soni qanchadan oshib ketgan? (A) 

Musulmonlar Hindiston aholisining necha foizini tashkil etadi? (B)

(A)- 160 mln

(B)- 11.8 %-12 % (160/1350)

300

Nechanchi yilda (X) Hindistonning qaysi qismida (Y) uchta shtat tashkil qilindi?

(X)- 2000-yil

(Y)- shimoli-g'arbida

300

Dunyodagi 20 ta "bunday" shaharlarning 13 tasi Hindistonda joylashgan (2018-yil holatiga ko'ra). Bunday so'zi bilan almashtirilgan 2 ta so'zni toping.

(Eng) Iflos shaharlar

400

!990-yillardagi iqtisodiy tanazzuldan Hindiston qanday qilib chiqib ketdi? (Kamida 3 ta islohot va sabab kerak)

1. Davlat sektori qisqartirildi

2. Yirik korxonalar xususiylashtirildi

3. Davlatning iqtisodga aralashuvi kamaytirildi

4. Rupiya devalvatsiya qilindi

5. Soliq islohoti o'tkazildi

6. Davlatning valuta zaxirasi to'ldirildi

400

Manmoxan Singh boshchiligidagi hukumat qanday iqtisodiy islohotlar o'tkazishni va'da berishdi? (Kamida 3 ta islohot nomi kerak)

1.Mayda ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash

2.Ishsizlikni kamaytirish

3.Aholining kamdaromad qismini oziq-ovqat bilan ta'minlashni yaxshilash

4.Inson manfaatlari yo'lida islohotlar

400

1998-yil mart oyida bo'lib o'tgan parlament saylovlarida g'olib bo'lgan Xalq-demokratik alyansi yetakchisi Atal Bixari qo'l ostidagi hukumat qanday islohotlar o'tkazdi? (Kamida 3 ta islohot kerak)

1. Shimoli-g'arbiy Hindistonning rivojlantirish uchun birinchi marta maxsus vazirlik tuzildi

2. Saylov islohotlari (Moliyaviy ochiqlik va ovoz berishning erkinligi)

3. Xo'jalik faoliyatiga hukumatning bevosita aralashuvini kamaytirish

4. Davlat monopoliyalari bekor qilindi

5. Tadbirkorlar va firmalar ustidan nazorat kamaytirildi

6. Soliqlar pasaytirildi

400

Qo’qon xonligi davrida mashhur Qo’qon bozoriga vodiy bo’ylab turli tomonlardan kishilar to’planar edi. Qizig’I bir xil mahsulotni bir xil miqdorda olib kelgan bo’lsa ham sharq tomondan kelgan sotuvchiga 100 tanga, g’arb tomonidan kelgan sotuvchiga esa 50 tanga soliq solingan. Savol: nega g’arb tomondan kelgan sotuvchilarga ikki barobar kam soliq solingan?

G’arb tomondan kelgan sotuvchilarga kelayotganlarida ham, ketayotganlarida ham ko’zlariga quyosh tushib turishini hisobga olib ulardan kam haq olingan.

500

Hindiston bosh vaziri Rajiv Gandi X-yilda Y tomonidan o'ldirildi. Y bir millatga mansub bo'lib, bu millat vakillari asosan Z hududda yashaydilar. X, Y, Z ni toping.

X-1991

Y-tamil terrorchisi

Z-Janubiy Hindiston

500

Hindistonning eng asosiy muammo- demografik muammo. 2017-yil oxiriga kelib, Hindistonda aholi soni A kishidan oshib ketdi. Mamlakatda B qashshoqlar mavjud, aholining deyarli D qismi savodsiz. A, B, D harflari o'rniga sonlar yozing.

A-1 mlrd 350 mln

B- 400 mln

D- 1/3

500

Hindistonda etnik mojarolar bo'layotgan joylar: P da sikxlar, Q da bengallar, O da Pokiston bilan.

P, Q, O larni toping.

P- Panjob

Q- Assam

O- Kashmir

500

Hindiston aholisining 40 foizi Y lardir. Dunyodagi eng ko'p Y lar aynan Hindistonda. Y ni toping.

Vegetarianlar

M
e
n
u