A
B
C
D
E
100

Gipoteza turlari nimalardan iborat va misol keltiring 

Oddiy , murakkab va alternativ

100

Huquq normasi nima?

Davlat tomonidan oʻrnatilgan yoki ma'qullangan  , muayyan shaklda ifodalanadigan , ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xulq-atvor qoidasi

100

Kumulyativ sanksiyali nima degani

Huquq normalari oʻzida asosiy jazodan tashqari qoʻshimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi.

100

Qaysi huquq normasida belgilangan qoida qay sharoitda va qay holatda hamda kim tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatiladi?

Gipotezada

200

Ifodalash shakliga koʻra normalar qanday normalarga ajratiladi?

Vakolat beruvchi, majburlovchi , taqiqlovchi

200

Dispozitsiya xulq atvor qoidalaring bayon qilishning toʻlaligi boʻyicha  nimalarga boʻlinadi?

Oddiy , murakkab , muqobil , tavsiflovchi , blanket , havola etuvchi dispozitsiyalarga

200

Huquq normasining asosiy belgilari nimalardan iborat?

Irodaviy xarakteri egaligi , normativligi, davlat bilan oʻzaro bogʻliqligi , umummajburiyligi , rasmiy va shaklan aniqlikka egaligi , tizimliligi 

200

Bola , agar uning ota-onasi u tugʻilishi paytida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan boʻlsalar, bola qayerda tugʻilishidan qat'i nazar ,Oʻzbekiston fuqarosi boʻladi.

Savol:Huquq normasining qaysi elementiga oid ? Va qaysi turiga

Oddiy gipoteza

300

Definitiv normalar nima ?

Ular huquqiy kategoriya va tushunchalarning tavsifini oʻzida mujassamlashtiradi. Bulardan masalan, jinoyat qonunida -jinoyat ta'rifini , ma'muriy qonunda - ma'muriy huquqbuzarlik harakati ta'rifini, fuqarolik qonunida- bitimlarning ayrim turlari ta'rifini va hokazolarni koʻrsatish mumkin.

300

Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish usuli boʻyicha huquqiy normalarning turini aytib bering?

1-Dispotiv , 2-imperativ,3-ragʻbatlantiruvchi,4- tavsiya beruvchi normalar

M
e
n
u