Python dasturlash tilida ekranga ma'lumot chiqaruvchi buyruqni ayting.
Javob: print()
Veb-sahifaning asosiy mazmuni (matnlar, rasmlar) qaysi teg ichida yoziladi?
Javob: <body>
Bir bino ichidagi kompyuterlarni bog‘lovchi tarmoq qanday ataladi?
Javob: LAN yoki Mahalliy tarmoq
Video sekundiga necha kadr ekanligini bildiruvchi o‘lchov birligi?
Javob: FPS - Frames Per Second
Brauzer nima?
Javob: Veb-sahifalarni ko‘rish uchun xizmat qiluvchi dastur
Foydalanuvchidan ma'lumot olish uchun qaysi funksiya ishlatiladi?
Javob: input()
Veb-sahifaga rasm joylashtirish uchun ishlatiladigan tegni ayting.
Javob: <img>
Kompyuterning tarmoqdagi o‘ziga xos manzili nima deyiladi?
Javob: IP-manzil
Videolarni montaj qilish yoki animatsiya yaratish uchun ishlatiladigan bitta dastur nomini ayting.
Javob: Blender, Adobe Premiere, Shotcut, CapCut va h.k.
"Kiberbulling" nima?
Javob: Internet tarmog‘ida insonni kamsitish yoki haqorat qilish
Dasturda biror shart bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab ishlaydigan operator qaysi?
Javob: if-else
Veb-sahifani bezatish, ranglar berish va ko‘rinishini chiroyli qilish uchun qaysi tildan foydalaniladi?
Javob: CSS
Internet tarmog‘iga ulanish xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniya nima deyiladi?
Javob: Provayder
Tasvirlarning tez almashishi natijasida hosil bo‘ladigan harakat nima deyiladi?
Javob: Animatsiya
Ma'lumotlarni bulutli saqlash xizmatiga misol keltiring.
Javob: Google Drive, iCloud, OneDrive
Ro‘yxatning (list) eng oxiriga yangi element qo‘shish uchun qaysi metoddan foydalaniladi?
Javob: .append()
Boshqa veb-sahifaga o‘tish uchun ishlatiladigan giperhavola (link) tegi qaysi?
Javob: <a>
"World Wide Web" (WWW) tushunchasining o‘zbekcha ma'nosi nima?
Javob: Butunjahon o‘rgimchak to‘ri
Videoning eng keng tarqalgan formati qaysi?
Javob: MP4
Saytning internetdagi "nomi" yoki "manzili" nima deyiladi?
Javob: Domen yoki URL
Python’da range(1, 11) funksiyasi nechanchi sonlarni o‘z ichiga oladi?
Javob: 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar, 11 kirmaydi
HTML-da tartiblangan (raqamlangan) ro‘yxat yaratish uchun qaysi teg ishlatiladi?
Javob: <ol>
Ma’lumotlarni uzatishda xavfsizlikni ta’minlovchi protokolni ayting.
Javob: HTTPS
"Xromakey" (Chroma key) nima va u video montajda nima uchun kerak?
Javob: Orqa fondagi rangni (odatda yashil) o‘chirib, o‘rniga boshqa tasvir qo‘yish texnikasi
Dasturiy ta'minot (Software) va apparat ta'minoti (Hardware) o‘rtasidagi farqni ayting.
avob: Apparat - bu jismoniy qurilmalar, dasturiy - bu kompyuter ishini boshqaruvchi kodlar va ilovalar