O'quvchi va o'qituvchi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri mezonli aloqa o'rnatilmagan, o'quvchi ma'lumotni oddiy ma'ruza va orqali olib tinglab o'qituvchi o'qituvchisi qanday yordam beradi?
Passiv ta'lim usuli.
Interfaol darslarni tashkil etishda o'quvchilar faolligini oshirish uchun sinfda ishlaydigan kichik guruhda necha kishidan oshmasligi tavsiya etiladi?
30 kishidan oshmasligi kerak (guruh ichidagi kichik guruhlar esa 4-6 kishilik qilib tuziladi).
Interfaol usullarning o'quvchilar ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishdagi eng asosiy tarbiyaviy va emotsional samaradorligi nimada?
O'quvchilarda jamoada ishlash, bir-birini eshitish, o'zaro hurmat, do'stona munosabat va o'z fikrini erkin bildirish ko'nikmalarini shakllantiradi.
Qaysi ta'lim usulida o'qituvchi o'quvchilar bilan mavzu nima orqali fikr almashadi va bilimlarni mustahkamlaydi?
Ko'rgazmali qurol, didaktik tarqatma materiallar, ijodiy ishlar va tajriba orqali.
Interfaol metodlardan kamida 4 tasini nomlang.
Aqliy hujum, Karusel, Akvarium, Braun harakati, Daraxt yechimi, Muxokama, Debatlar, Rolli o'yinlar, Tugallanmagan gaplar va h.k.
Interfaol usulda dars o'tmoqchi bo'lgan o'qituvchi uchun faqat maqola va adabiyotlar o'qish yetarli emas. U amalda nima qilishi kerak?
O'qituvchi o'zi shaxsan ishchanlik o'yinlari, aqliy hujum, munozara va debatlarda qatnashib, jarayonni tajribadan o'tkazishi kerak.
An'anaviy va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim tizimlarining tub farqi nimada?
An'anaviy ta'lim asosida "Tushuntirish" (monolog), shaxsga yo'naltirilgan ta'limda esa "Tushunish va o'zaro tushunish" (muloqot/dialog) yotadi.
Interfaol o'qitishning 4 ta asosiy prinsipini sanab bering.
Dialogli hamkorlik;
Kichik guruhlarda ishlash (kooperatsiya);
Faol-rolli (o'yinli) faoliyat;
O'qishni trening tarzida tashkil etish.
Interfaol daraslarni tashkil etishdagi 2 ta asosiy kamchilik yoki qiyinchilikni ayting.
O'quv-biluv jarayoni ko'p vaqt sarfini talab qiladi;
Barcha o'quvchilarni yetarlicha nazorat qilish imkoni cheklangan;
Murakkab mavzularda o'quvchilar muammoni mustaqil to'liq yecholmasligi;
Guruhdagi kuchsiz o'quvchi sababli kuchli o mezonli o'quvchilar ham past ball olishi.
Interfaol o'qitishda o'qituvchining asosiy roli qanday o'zgaradi va jarayonda kimlar markaziy o'rinni egallaydi?
O'qituvchi axborot manbalaridan biriga va yordamchiga aylanadi; markazda esa alohida o'quvchi emas, o'zaro hamkorlikda ishlayotgan o'quvchilar guruhi turadi.
Interfaol metodlar texnologiyasi bo'yicha dars jarayoni qanday 4 ta asosiy bosqichga bo'linadi?
Chaqiriq bosqichi;
Aqliy hujum;
Anglash bosqichi;
Fikrlash bosqichi.
Interfaol guruh topshiriqlarini bajarishda o'quvchilarni guruhlarga bo'lishda va tartibni saqlashda qanday 3 ta muhim qoidaga amal qilish kerak?
Guruhlarga ajratish o'qituvchi tomonidan amalga oshirilishi va har bir guruhga rahbar tayinlanishi;
Guruhlardagi o'quvchilarning bilim darajasi teng bo'lishiga erishish;
Guruhlar doira shaklida (bir-biriga qarata) o'tirishi va qat'iy reglamentga rioya qilinishi.