Iqtisodiy siyosat nima?
Bu iqtisodiyot sub'ektlarining o'z faoliyatiga oid yo'l-yo'riqlari va sa'y-harakatlarining majmuidir.
Pul-kredit siyosati bilan kim shug'ullanadi va hozirgi kunda asosiy foiz stavkasi qancha?
Markaziy bank
14%
Monetar siyosatning qanday turlari mavjud?
qattiq va yumshoq monetar siyosat
Fiskal so'zi qaysi tildan olingan va ma'nosi nima?
lotincha, xazina
Ijtimoiy yo'naltirilganlik deganda nimani tushunasi?
iqtisodiy rivojlanish natijalari aholining turmush darajasini yaxshilashga ximaz qilishi lozim
Iqtisodiy siyosatning qanday darajalari bor?
mikro, makro, meta
Ochiq bozor operatsiyalari nima?
qimmatli qog'ozlar orqali bank tizimidagi likvidlikni boshqarish
Fiskal siyosat nima?
davlatning soliqlar va davlat budjeti xarajatlari orqali iqtisodiyotga ta'sir ko'rsatish siyosatidir.
Barqarorlik printsipiga nimalar kiradi?
iqtisodiy o'sishning barqarorligi;
inflatsiya o'sishi sur'atining pstligi;
ishlik darajasining yuqori emasligi
Iqtisodiy siyosatning asosiy 6 ta tamoyilini sanang
baqarorlik
samaradorlik
adolat
raqobat
qonuniylik
ijtimoiy yo'naltiriliganlik
Pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlariga nimalar kiradi?
asosiy stavka, ochiq bozor operatsiyalari, majburiy zaxira talablari
Qattiq monetar siyosat nima?
Bunda pul massasi qisqartiriladi, uning emissiya (pul chiqarish) hisobidan o‘sishi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul massasi qisqarib, tovar massasiga tenglashadi. Pulning qisqarishi talabni kamaytiradi, narxlar esa o‘smaydi, pul birligining xarid qurbi barqarorlashadi. Pul topishga intilish iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat ilgari ta’kidlaganimizdek, odatda iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki inflyatsiyani keskin susaytirish uchun qo‘llaniladi.
Iqtisodiy sikl nima va uning fazalari?
Umumiy iqtisodiy faollikning vaqt o'tishi bilan davriy ravishda yuksalib va pasayib turishidir.
Fazalari: Inqiroz, Turg'unlik, Jonlanish, Yuksalish
Yumshoq monetar siyosat nima?
Bunda davlat pul massasining ortishiga to‘sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi hadeb cheklanavermaydi, natijada pul ko‘payib, uning arzonlashuvi yuz beradi. Yumshoq siyosat iqtisodiyot o‘sish pallada bo‘lganda ko‘proq qo‘llaniladi, chunki pul massasining o‘sishiga qarab tovarlar massasi ham o‘sadi. Bunda tovar- pul muvozanati pulni qisqartirish hisobidan emas, balki tovarlarning ko‘payishi tufayli ta’minlanib turadi.
Davlatning siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda ma'lum maqsadlarni ko'zlaydi. Bulardan kamida 4 tasini sanang
barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash;
milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta'minlash;
iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash;
milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta'minlash
aholi turmush farovonligini oshirish;
milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta'minlash
Subvensiya nima?
qat'iy maqsadlar uchun beriladigan dotatsiya turi bo'lib, foydalanish sharti buzilganda uni qaytarib olish mumkin
YaIM va YaMM nima?
Mamlakat hududida ma’lum bir davrda (odatda 1 yil) ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymati.
Mamlakat fuqarolari va rezidentlariga tegishli ishlab chiqarish omillari orqali ma’lum davrda yaratilgan yakuniy tovar va xizmatlar qiymati.
Mamlakatda inflyatsiya darajasi 6% dan 12% gacha oshdi. Bunga asosiy sabab — aholining iste’mol talabi keskin oshgani va iqtisodiyotda ortiqcha pul massasi shakllangani. Markaziy bank inflyatsiyani pasaytirish uchun iqtisodiy faollikni biroz sekinlashtirmoqchi.
Savol: Markaziy bank qanday pul-kredit siyosatini qo‘llashi kerak?
Qattiq (restriktiv) pul-kredit siyosati — asosiy foiz stavkasini oshirish.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish va Intensiv iqtisodiy o‘sish
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish-Ishlab chiqarish hajmi ko‘proq resurslardan foydalanish hisobiga oshadi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish-Ishlab chiqarish hajmi mavjud resurslardan samaraliroq foydalanish hisobiga oshadi.
Mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilar xorijiy avtomobillar importining keskin oshishi sababli bozor ulushini yo‘qotmoqda. Hukumat mahalliy ishlab chiqaruvchilarni vaqtincha himoya qilish va import hajmini kamaytirishni maqsad qilgan.
Savol: Hukumat import qilinadigan avtomobillarga qanday iqtisodiy siyosat vositasini qo‘llashi mumkin?
Import boji (tarif) joriy qilish yoki oshirish.