Islom dini qaysi asrda paydo bo‘lgan?
Javob: VII asr
Islomda nechta asosiy sunniy mazhab bor?
Javob: 4 ta
Islom dinining eng asosiy va muqaddas manbasi nima?
Javob: Qur’oni Karim
Musulmonlar kuniga nechta mahal namoz o‘qiydi?
Javob: 5 mahal
“Islom” so‘zining ma’nosi nima?
Javob: Tinchlik, bo‘ysunish
Hijrat qaysi shahardan qaysi shaharga bo‘lgan?
Javob: Makkadan Madinaga
Hanafiya mazhabining asoschisi kim?
Javob: Abu Hanifa
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlari va amallari qaysi manbaga kiradi?
Javob: Sunnat (Hadis)
Ramazon oyida musulmonlar nima qiladilar?
Javob: Ro‘za tutadilar
“Hadis” nima?
Javob: Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning so‘z va amallari
Islomdan oldingi Arabiston davri nima deb ataladi?
Javob: Johiliya davri
Shofe’iy mazhabiga kim asos solgan?
Javob: Al-Shafi‘i
Qur’on va Sunnatda aniq hukm bo‘lmagan masalalarda qaysi manbalar ishlatiladi?
Javob: Ijmo’ va Qiyos
Zakot nima?
Mol-mulkdan kambag‘allarga beriladigan sadaqa
“Umma” nima degani?
Javob: Musulmonlar jamoasi
Islom dini asoschisi va so‘nggi payg‘ambar kim?
Javob: Muhammad (s.a.v.)
1.Molikiya mazhabining asoschisi va 2.Hanbaliya mazhabining asoschisi kim?
1-Javob: Malik ibn Anas
2-Javob: Ahmad ibn Hanbal
Ijmo’ nima degani?
Javob: Ilmiy va diniy masalalarda musulmon olimlarning fikr birligi
Haj ibodati qayerda ado etiladi?
Javob: Makka
Fiqh nimani o‘rganadi?
Javob: Islom huquqi va amaliy masalalar
Islom tarixidagi birinchi xalifa kim bo‘lgan?
Javob: Abu Bakr
Fiqh ilmining asosiy manbalari qaysilar?
Javob: Qur’on, Sunnat, Ijmo’, Qiyos
Qiyos qanday vaziyatlarda qo‘llaniladi?
Javob: Qur’on va Sunnatda hukm ko‘rsatilmagan yangi masalalarni yechish uchun
Shahodat kalimasi nima vazifani bajaradi?
Javob: Musulmon bo‘lishni va Allohga ishonishni tasdiqlaydi
Allohning yagonaligiga ishonish qanday ataladi?
Javob: Tavhid